Va axborot texnologiyalari 11-sinf toshkent – 2021


I BOB.  MA’LUMOTLAR BAZASI VA MBBT HAQIDA TUSHUNCHA



Yüklə 49,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə214/265
tarix02.10.2023
ölçüsü49,29 Mb.
#151515
1   ...   210   211   212   213   214   215   216   217   ...   265
Informatika 11-sinf UZ (1)

I BOB. 
MA’LUMOTLAR BAZASI VA MBBT HAQIDA TUSHUNCHA
283
3. Ma’lumotlarni bulutli xizmatlar 
yordamida zaxiralash
Aksariyat odamlar texnik jihatdan bulut 
texnologiyalari zaxira vazifasini bajara 
olmaydi, deb hisoblaydi. Biroq Dropbox, 
Google Drive, Microsoft OneDrive kabi 
xizmatlardan foydalanish tashqi xotira 
qurilmalaridan ko‘ra samaraliroqdir. Tizim 
yoki qurilmada qandaydir muammo 
yuzaga kelsa, fayl nusxalari bulutli zaxirada 
saqlanaveradi.
Afzalliklari. 
Bu – oddiy, tez va ko‘p hollarda bepul xizmat. Shaxsiy fayllarni onlayn saqlash 
ularni har qanday xavfdan himoya qiladi.
Kamchiliklari. 
Ko‘pgina bulutli xizmatlar faqat bir necha gigabaytli bepul xotirani taklif qiladi. 
Ular faqat qo‘shimcha to‘lov evaziga ko‘paytirilishi mumkin.
Yo‘qotmaslik uchun siz doimo fayllarni bulutli xizmat yoki tashqi drayverlarga zaxiralashingiz 
lozim.
AMALIY FAOLIYAT

Topshiriqlar
1-topshiriq. Test savollariga javob bering.
1.
Ma’lumotni mustaqil ravishda yaratgan yoki uni qonunga binoan qo‘lga kiritgan 
shaxs – … .
a) 
axborot manbayi;
b) 
axborot iste’molchisi;
c) 
axborot tashuvchisi;
d) 
axborot egasi.


I BOB. 
MA’LUMOTLAR BAZASI VA MBBT HAQIDA TUSHUNCHA
284
2.
Axborot xavfsizligining asosiy xatarlari – … .
a) 
buzilish, tovushni pasaytirish, ma’lumotlarni qayta kodlash;
b) 
texnik aralashuv, tarmoq uskunalarini o‘chirish;
c) 
ma’lumotni yo‘qotish, buzish, yoqish.
2-topshiriq.
Microsoft Word dasturlarida yaratilgan shaxsiy faylingizni bulutli xizmatlar 
yordamida zaxiralang.
3-topshiriq.
Windows 10 operatsion tizimida yangi foydalanuvchi hisobi (foydalanuvchini 
ro‘yxatdan o‘tkazish)ni qo‘shing va unga kirish uchun login va parol o‘rnating.
Eslatma!
https://dr.rtm.uz/ saytidagi elektron ta’lim resurslarida joylashtirilgan 
videomaterial bilan tanishib chiqishingiz mumkin.
Buning uchun:
 
“Пуск”? “Параметры” “Учетные записи” buyruqlarini tanlang. 
 
Hosil bo‘lgan oynadan “Семья и другие пользователи” (Windows ayrim 
versiyalarida bu buyruq “Другие пользователи” tarzida keladi) bandini 
faollashtiring.
 
“Добавить пользователя для этого компьютера” buyrug‘i yordamida hosil 
qilingan oynadan “У меня нет учетных данных этого пользователя” bandini 
tanlang. 
 
Keyingi sahifadan “Добавить пользователя без учетной записи Microsoft” 
banfini tanlang. 
 
Foydalanuvchi nomi-logini, paroli, parolni yodga solish uchun eslatma matni yoki 
xavfsizlik savollarini kiriting va “Далее” tugmachasini bosing.
4-topshiriq.
3-topshiriqda ro‘yxatdan o‘tkazilgan yangi foydalanuvchi hisobini tizimdan 
o‘chiring.
Buning uchun:
 
“Пуск” “Параметры” “Учетные записи” “Семья и другие пользователи” 
buyruqlarini tanlang. 
 
Foydalanuvchi nomi yoki elektron pochta manzilini tanlang (o‘ta e’tiborli bo‘ling! 
Boshqa foydalanuvchi hisobini tanlab qo‘ymang!) va “Удалить” buyrug‘ini bosing. 
Yodingizda bo‘lsin, bu foydalanuvchi Microsoft hisob qaydnomasini o‘chirmaydi. 
Faqat sizning kompyuteringizdagi uning kirish ma’lumotlari o‘chiriladi.



Yüklə 49,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   210   211   212   213   214   215   216   217   ...   265




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin