DIQQAT!
I BOB.
BIG DATA VA DATA MINING
68
Data Mining
Raqamli texnologiylarning rivolanishi va katta hajmdagi axborotlarning paydo
bo‘lishi ulardan samarali foydalanish zaruratini yuzaga keltirdi. Masalan,
biznes sohasining rivojlanishi mavjud ma’lumotlar tahlili va ehtimoliy bashorat
bilan uzviy bog‘liqlikni kashf etdi. Ya’ni ma’lumotlarning noto‘g‘ri tahlil va bashorat qilinishi
bugungi axborotlashgan davrda juda katta talafotga olib kelishi mumkin. Bu jarayonlarni to‘g‘ri
tashkil etish uchun Data Miningdan foydalaniladi.
2. Tezlik
An’anaviy ma’lumotlar bazasidan farqli ravishda Big Datada ma’lumotlar hajmi juda tez
sur’atlarda o‘sadi.
3. Xilma-xillik
Big Datada ma’lumotlar to‘plami turli xil ma’lumotlardan tashkil topadi. Masalan, matn,
rasm, video, veb-sahifalar va boshqalar. Shu bilan birga, ma’lumotlarni olish manbalari ham
turlichadir.
4. Aniqlik
Big Datada ma’lumotlarni yig‘ish va saqlashda e’tibor aniqlikka qaratiladi. Ma’lumotlarning
aniqligi uning to‘g‘ri va haqqoniyligini belgilovchi asosiy omildir. Agar ma’lumotlar aniq
bo‘lmasa, keyinchalik katta muammolar kelib chiqishi mumkin.
5. Qiymat
Big Datadagi ma’lumotlar qiymatli bo‘lishi lozim. Bu keyinchalik ma’lumotlarni qayta ishlash
natijasida kerakli axborotlarning taqdim etilishiga olib keladi. Qiymatli ma’lumotlar jarayonlarni
oldindan bashorat qilish imkoniyatini taqdim etadi. To‘plangan ma’lumotlar qiymatli bo‘lishi
uchun so‘rovlar berish va tahlil qilish jarayonlari oldindan loyihalashtirilishi lozim.
Big Data bilan ishlashga yordam beruvchi ko‘plab dasturiy vositalar yaratilgan. Bularga
Xplenty, Adverity, Apache Hadoop, Cassandra kabilarni misol keltirish mumkin. Bu
dasturlarning umumiy vazifasi katta hajmdagi axborotlarni to‘plash, ularni saralash va
foydalanuvchilarga taqdim etishdan iborat. Big Data dasturiy vositalari, asosan, bulutli
saqlash tizimlaridan foydalanadi.
Big Data ta’lim, iqtisod, qishloq xo‘jaligi va boshqa sohalarning rivojlanishini belgilovchi asosiy
omillardan biri hisoblanadi.
|