I BOB.
MA’LUMOTLARNI IMPORT VA EKSPORT QILISH
64
4. “Формат файла” bo‘limidagi ochiladigan ro‘yxatdan Excel Workbook (.*xlsx)
bandi
tanlanadi
(6).
U jadvalni *.xlsx formatda saqlashga xizmat qiladi.
5. So‘ngra Ок tugmachasi
(7)
bosiladi.
6. Ma’lumotlarni eksport qilish jarayonini yakunlash uchun “Закрыть”
tugmachasi bosiladi
(8).
7. Shu ketma-ketlik asosida ma’lumotlar bazasidagi jadvallarni Excel dasturiga eksport qilish
mumkin.
8) Eksport qilingan “Kitoblar” jadvali Excel dasturida ochiladi va ma’lumotlarning
nusxasi
to‘g‘ri ko‘chirilganligiga ishonch hosil qilinadi
(9).
Ma’lumotlar bazasi bilan ishlashda ma’lumotlarni import va eksport qilish foydalanuvchilar
ish samaradorligining oshishiga xizmat qiladi.
10-DARS
BIG DATA VA DATA MINING
65
MA’LUMOTLARNI IMPORT VA EKSPORT QILISH
1. Ma’lumotlarni eksport qilish deganda nimani tushunasiz?
2. Ma’lumotlarni import qilish jarayonida maydon ma’lumot turi qanday o‘rnatiladi?
3. Ma’lumotlarni qaysi dasturlar bilan hamkorlikda eksport va import qilish mumkin?
4. Ma’lumotlarni matnli fayldan import qilish tartibini tushuntiring.
5. Microsoftning SharePoint va Outlook tizimlari qanday vazifa bajaradi?
1. “Kutubxona a’zolari” jadvalidagi ma’lumotlarni *xlsx fayl formatida eksport qiling.
2. “Maktab kutubxonasi” ma’lumotlar bazasidagi “Kitoblar” jadvali uchun so‘rov yarating.
So‘rov “Kitoblar” jadvalining “soni” maydonidagi ma’lumotlar orasidan 6 tadan ko‘p va 12
tadan kam bo‘lgan kitoblarni topishi lozim. So‘rov natijasi tasvirdagidek bo‘lishi lozim.
“soni” maydoniga e’tibor bering. So‘rov natijasini yangi jadval ko‘rinishida
saqlang va
undagi ma’lumotlarni Excel dasturi uchun eksport qiling.
3. Excel dasturida “muallif” nomli jadval yarating. Jadvalda yozuvchilar haqida
ma’lumotlar jam bo‘lsin.
Jumladan, “Muallif_id”, “Ism”, “Familiya”, “Tavallud sanasi”,
“Jinsi”, “Millati”, “Tug‘ilgan joyi” kabi maydonlar bo‘lishi lozim. Yaratilgan “muallif” nomli
jadvalni “Maktab kutubxonasi” ma’lumotlar bazasiga import qiling.
Dostları ilə paylaş: