16-DARS
PYTHONDA TTS (TEXT-TO-SPEECH) DASTURINI TUZISH
PYTHONDA TTS (TEXT-TO-SPEECH) DASTURINI TUZISH
107
PYTHONDA TABIIY TILNI QAYTA ISHLASH TEXNOLOGIYASI
16-dars. PYTHONDA TTS (TEXT-TO-SPEECH)
DASTURINI TUZISH
TTS matn ko‘rinishidagi axborotlarni ovozli axborot ko‘rinishiga o‘tkazuvchi dastur
hisoblanadi. Tasavvur qiling, TTS imkoniyatiga ega dastur qo‘lingizdagi matnli kitobni sizga
o‘qib berishi, siz esa tinglash orqali yangi bilimlarni egallashingiz mumkin. Sun’iy intellekt
qo‘llaniladigan robotlar yoki boshqa ko‘rinishdagi texnologiyalar inson bilan ovozli muloqot
o‘rnatishi uchun bevosita TTS dasturidan foydalanadi. Hozirda siz yashab turgan jamiyatning
turli sohalarida ham kelgusida TTS dasturi imkoniytalaridan foydalanish orqali inson
mehnatini yengillashtirish, yanada qulay sharoit yaratishni ko‘zda tutgan loyihalar amalga
oshirilmoqda. Albatta, bunday loyihalar sun’iy intellekt va robototexnika bilan chambarchas
bog‘liqdir.
Konvertatsiya
(lot.
conversio
– almashtirish – biror ko‘rinishdagi narsa yoki axborotni
mos qiymatlarda almashtirish.
Fayl kengaytmasi
– elektron ma’lumotning turini belgilovchi asosiy vosita. Fayl
kengaytmasi ayrim adabiyotlarda fayl formati deb ham yuritiladi. Fayl kengaytmasi fayl
yaratuvchisi tomonidan o‘rnatiladi. Masalan, musiqa.mp3, rasm.jpg, hujjat.doc. Bunda
nuqtadan keyin fayl kengaytmasi, nuqtadan oldin esa fayl nomi kelmoqda.
Hozirga qadar ko‘plab TTS dasturlari yaratilgan. Bularga NaturalReader, Linguatec Voice
Reader, Capti, Voice Dream Reader, ReadSpeaker, KNFB Reader kabi dasrurlarni misol
keltirishimiz mumkin. Bundan tashqari, siz tanishgan Google Translate dasturi ham mana
shunday imkoniyatlarga ega. TTS dasturlari bir-biridan imkoniyatlarining ko‘pligi (ko‘plab
tillarda ishlay olishi, nutqning tabiiy nutqqa yaqinligi, pullik yoki bepulligi) bilan farq qiladi.
Quyida zamonaviy TTS dasturlari bilan tanishib chiqamiz:
Dostları ilə paylaş: