Va axborot texnologiyalari 11-sinf toshkent – 2021



Yüklə 49,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə77/265
tarix02.10.2023
ölçüsü49,29 Mb.
#151515
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   265
Informatika 11-sinf UZ (1)

UYGA VAZIFA
13
14
15
16


16-DARS
PYTHONDA TTS (TEXT-TO-SPEECH) DASTURINI TUZISH
PYTHONDA TTS (TEXT-TO-SPEECH) DASTURINI TUZISH
107
 PYTHONDA TABIIY TILNI QAYTA ISHLASH TEXNOLOGIYASI
16-dars. PYTHONDA TTS (TEXT-TO-SPEECH) 
DASTURINI TUZISH
TTS matn ko‘rinishidagi axborotlarni ovozli axborot ko‘rinishiga o‘tkazuvchi dastur 
hisoblanadi. Tasavvur qiling, TTS imkoniyatiga ega dastur qo‘lingizdagi matnli kitobni sizga 
o‘qib berishi, siz esa tinglash orqali yangi bilimlarni egallashingiz mumkin. Sun’iy intellekt 
qo‘llaniladigan robotlar yoki boshqa ko‘rinishdagi texnologiyalar inson bilan ovozli muloqot 
o‘rnatishi uchun bevosita TTS dasturidan foydalanadi. Hozirda siz yashab turgan jamiyatning 
turli sohalarida ham kelgusida TTS dasturi imkoniytalaridan foydalanish orqali inson 
mehnatini yengillashtirish, yanada qulay sharoit yaratishni ko‘zda tutgan loyihalar amalga 
oshirilmoqda. Albatta, bunday loyihalar sun’iy intellekt va robototexnika bilan chambarchas 
bog‘liqdir.
Konvertatsiya
(lot.
conversio
– almashtirish – biror ko‘rinishdagi narsa yoki axborotni 
mos qiymatlarda almashtirish.
Fayl kengaytmasi
– elektron ma’lumotning turini belgilovchi asosiy vosita. Fayl 
kengaytmasi ayrim adabiyotlarda fayl formati deb ham yuritiladi. Fayl kengaytmasi fayl 
yaratuvchisi tomonidan o‘rnatiladi. Masalan, musiqa.mp3, rasm.jpg, hujjat.doc. Bunda 
nuqtadan keyin fayl kengaytmasi, nuqtadan oldin esa fayl nomi kelmoqda.
Hozirga qadar ko‘plab TTS dasturlari yaratilgan. Bularga NaturalReader, Linguatec Voice 
Reader, Capti, Voice Dream Reader, ReadSpeaker, KNFB Reader kabi dasrurlarni misol 
keltirishimiz mumkin. Bundan tashqari, siz tanishgan Google Translate dasturi ham mana 
shunday imkoniyatlarga ega. TTS dasturlari bir-biridan imkoniyatlarining ko‘pligi (ko‘plab 
tillarda ishlay olishi, nutqning tabiiy nutqqa yaqinligi, pullik yoki bepulligi) bilan farq qiladi. 
Quyida zamonaviy TTS dasturlari bilan tanishib chiqamiz:

Yüklə 49,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   265




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin