Va axborot texnologiyalari 11-sinf toshkent – 2021


-DARS PYTHONDA TTS (TEXT-TO-SPEECH) DASTURINI TUZISH



Yüklə 49,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə79/265
tarix02.10.2023
ölçüsü49,29 Mb.
#151515
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   265
Informatika 11-sinf UZ (1)

16-DARS
PYTHONDA TTS (TEXT-TO-SPEECH) DASTURINI TUZISH
PYTHONDA TTS (TEXT-TO-SPEECH) DASTURINI TUZISH
109
KNFB Reader 
(https://knfbreader.com/) 
dasturi orqali matnni audio ko‘rinishida 
konvertatsiya qilish juda qulay. Dastur 
nogironligi mavjud insonlarga maxsus 
imkoniyatlarni taqdim etadi. ya’ni oddiy 
matnni Brayl yozuviga o‘tkazishi mumkin. 
Shuningdek, dastur PDF, PNG, JPG kabi 
formatlarni qo‘llab-quvvatlaydi. KNFB Reader 
dasturi 10 ga yaqin tillarda oflayn rejimda faoliyat yuritadi. Dastur Windows, Android va IOS 
tizimlarida ishlaydi. 
Endi Python dasturlash tili yordamida nisbatan sodda 
TTS dasturini tuzishni o‘rganamiz. Biz yaratadigan 
dastur yuqoridagi mashhur TTS dasturlarining 
bir qancha imkoniyatlarini o‘zida namoyish etadi. 
Buning uchun kompyuterimizda Python dasturlash 
tili o‘rnatilgan bo‘lishi lozim. Python dasturlash tiliga 
qo‘shimcha kutubxonalarni o‘rnatish jarayoni bilan 
avval tanishganmiz. TTS dasturini yaratish uchun 
bizga gtts kutubxonasi kerak bo‘ladi. Demak, dastur 
tuzishni gtts kutubxonasini o‘rnatishdan boshlaymiz. 
Buni kutubxonaning pip install gtts kodini Windows tizimidagi cmd.exe dasturiga yozish orqali 
amalga oshiramiz.
ESLATMA!
Gtts kutubxonasini Pythonga o‘rnatishdan avval o‘tilgan dars amaliy qismi bilan yana bir 
bor tanishib chiqing.


I I BOB. 
PYTHONDA TTS (TEXT-TO-SPEECH) DASTURINI TUZISH
110
ESLATMA!
gtts kutubxonasi Pythonga o‘rnatilganidan keyin TTS dasturini yaratish mumkin. 
Yaratayotgan dasturimiz *.txt formatidagi matnli faylda joylashgan matnli axborotni o‘qishi va 
audio ko‘rinishiga o‘tkazishi lozim. Yaratayotgan dastur faylimiz va matnli axborot joylashgan 
faylning bitta papkada bo‘lishi dasturning bexato ishlashiga yordam beradi.

Yüklə 49,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   265




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin