Va axborot texnologiyalari 11-sinf toshkent – 2021



Yüklə 49,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə78/265
tarix02.10.2023
ölçüsü49,29 Mb.
#151515
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   265
Informatika 11-sinf UZ (1)

TAYANCH TUSHUNCHALAR


I I BOB. 
PYTHONDA TTS (TEXT-TO-SPEECH) DASTURINI TUZISH
108
NaturalReader
(https://www. 
naturalreaders.com/) turli matnli fayllarni 
audiofayl ko‘rinishiga o‘tkazuvchi TTS 
dasturiy ta’minoti hisoblanadi. U matnli 
fayllarni 10 dan ziyod tilga konvertatsiya 
qilish imkoniyatiga ega. Dastur matnli 
fayllarni kompyuter yoki telefon xotirasidan 
tashqari Dropbox, Google Drive, OneDrive 
kabi bulutli saqlash platformalaridan ham yuklab olishi mumkin. NaturalReader dasturi PDF, 
TXT, DOCX, PPTX, ODS, ODT va DRM bo‘lmagan EPUB kabi ko‘plab matn fayllarini *.mp3, 
ya’ni audiofayl ko‘rinishiga o‘tkazishi yoki o‘qib berishi mumkin. Dasturning pullik va bepul 
versiyalari mavjud. Dastur Windows, MacOS va Android operatsion tizimlarida ishlaydi.
Linguatec Voice Reader
(https://www.
linguatec.de/en/) dasturi TTS dasturlari 
orasida aniqligi bilan ajralib turadi. Dastur 
matnni 60 ga yaqin turli odamlar ovozida 
o‘qib berishi yoki uni audiofayl ko‘rinishiga 
o‘tkazishi mumkin. Shuningdek, dastur 
45 ta tilni qo‘llab-quvvatlagan holda 
konvertatsiya qilish orqali TXT, RTF, DOCX, 
DOC, HTM, HTML, MHT, EPUB, PDF, 
ODT kabi matnli fayllarni *.mp3 formatda 
saqlashi mumkin. Dasturning bepul 
versiyasi mavjud emas. Dastur faqat Windows operatsion tizimida ishlaydi.
Capti
(https://www.captivoice.com/) – 
20 dan ortiq tillarni qo‘llab-quvvatlovchi 
hamda bulutli platformalar bilan ishlay 
oluvchi yana bitta TTS dasturi. Dastur 
imloviy va uslubiy xatolarni sifatli 
tekshiradi va matnni audio ko‘rinishga 
o‘tkazish jarayonida xatolarni bartaraf eta oladi. Capti PDF, DOCX, PPTX, EPUB, ODT, FODT, 
TXT, RTF, JPEG, PNG va Google Docs, Slides va Sheets kabi ko‘plab matn formatlarini 
qo‘llab-quvvatlaydi. Dastur Windows, MacOS, IOS operatsion tizimlarida hamda veb-shaklda 
ishlash imkoniyatiga ega.



Yüklə 49,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   265




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin