Va axborot texnologiyalari 11-sinf toshkent – 2021


–20-darsLAR. KOMPYUTER TARMOQLARI



Yüklə 49,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə94/265
tarix02.10.2023
ölçüsü49,29 Mb.
#151515
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   265
Informatika 11-sinf UZ (1)

19–20-darsLAR. KOMPYUTER TARMOQLARI 
TUSHUNCHASI VA TURLARI
TAYANCH TUSHUNCHALAR
KOMPYUTER TARMOG‘I TUSHUNCHASI


I I I BOB. 
KOMPYUTER TARMOQLARI TUSHUNCHASI VA TURLARI
130
Tarmoqning asosiy maqsadlaridan biri ma’lumot almashishdir. Tarmoqlar ma’lumot 
almashish uchun mo‘ljallangan bo‘lsa-da, ular bundan ham ko‘proq imkoniyatlarga ega. 
Kompyuter tarmog‘i axborotlarni uzatish, alohida foydalanilayotgan kompyuterlarning 
birgalikda ishlashini tashkil etish, bitta masalani bir nechta kompyuter yordamida yechish 
imkoniyatlarini beradi. Ta’kidlash joizki, maktab yoki ofis tarmog‘ining yaratilishi quyidagi 
imkoniyatlarni beradi:
1) tarmoqqa ulangan barcha kompyuterlarning Internetga kira olishi (ayrim mamlakatlarda 
Internet qimmat bo‘lganligi sababli tarmoq tashkil etish hamda foydalanuvchilar o‘rtasida 
undan birgalikda foydalanish natijasida narx arzonroq bo‘lishi va Internetga kirish 
imkoniyatiga ega bo‘lmaganlar endi unga kira olishi mumkin);
2) umumiy fayllarga kirishni ta’minlash (aksariyat ofislarda markaziy kompyuter yoki server 
o‘zida umumiy fayllarni saqlaydi, bu fayllarga kirishni istagan har bir foydalanuvchi server 
orqali ularga kirish imkoniyatiga ega bo‘ladi);
3) printer va skaner kabi qo‘shimcha qurilmalardan birgalikda foydalanish (ko‘plab foydala-
nuvchilarga bitta printer yoki skanerdan foydalanish imkoniyatining yaratilishi).
Bugungi kunda Wi-Fi yoki Bluetooth orqali o‘zaro ulangan qurilmalar (mobil telefon, planshet 
va h. k.) tarmog‘idan tortib dunyo bo‘yicha millionlab kompyuterlarni bog‘lab turuvchi turli xil 
kompyuter tarmoqlari mavjud. Ulardan ayrimlari simsiz, ayrimlari esa simlar orqali ulanadi. 
Kompyuter tarmoqlarini ularning geografik joylashuvi hamda ma’lumotlarni uzatish tezligiga 
ko‘ra, bir necha turga ajratish mumkin:
• HAN (Home Area Network – uy hududi tarmog‘i); 
• PAN/WPAN (Personal Area Network – shaxsiy tarmoq); 
• LAN/WLAN (Local Area Network – mahalliy tarmoq); 
Simli tarmoqda qurilmalar о‘rtasida ma’lumot almashuv kabel (sim) orqali amalga 
oshiriladi.
Simsiz tarmoqda qurilmalar bir-biri bilan kabel (sim) orqali emas, balki radio yoki 
mikroto‘lqinlar orqali bog‘lanadi. 

Yüklə 49,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   265




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin