III .BOB. LOYIHA BO’YICHA INVESTITSIYA STRATEGIYASINI ISHLAB CHIQISH 2.1. Investitsiya strategiyasi tushunchasi va uning ahamiyati Har bir inson biror-bir ishni bajarishdan oldin uni rejalashtiradi, xuddi
shuningdek, har bir korxona yoki tashkilot biror-bir vazifani bajarishdan avval uni
rejalashtiradi. Strategiya ham rejalashtirishga o’xshab ketadi, ammo strategiya kattaroq
tushunchadir.
Strategiya deganda, avvalambor, tanlangan yo’l tushuniladi, ya’ni
korxona o’z faoliyatini, kelajakni o’ylab, kelajakdagi daromadini sarhisob qilib, bundan
so’ng korxonasida qanday risklar borligini va ularning oldini olish yo’llarini ishlab
chiqishi tushuniladi.
Hozirda bizda juda oz korxonalarda bunday rejalashtirishlar, strategiyani tanlash
olib boriladi. Chunki, murakkab bozor sharoitida kelajakni o’ylab aniq bir ishni amalga
oshirish juda qiyinligi sababli korxona rahbarlari bunday strategiyalar tanlashmaydi va
to’g’ridan-to’g’ri faoliyat olib boriladi. Bozorning tez-tez o’zgarib turishi va boshqa
bir qancha omillar ta’sirida, hatto, eng yirik tashkilotlar ham reja tuzmaydilar,
strategiya tanlamaydilar. Ammo, faoliyatni rejalashtirish juda ko’p foyda keltiradi.
Buyuk iqtisodchi Melvil Branch strategiya to’g’risida shunday fikrlar bildiradi:
strategiya korxona rahbarlarining faoliyatlar istiqbolini ko’ra bilishini, korxona
tomonidan tanlangan qarorlar aniqligini, korxona faoliyati yo’nalishini aniq tanlashni
(ham siyosiy, ham iqtisodiy), kelajakdagi risklarni ko’ra bilishni anglatadi.
Loyiha strategiyasini tuzishda quyidagi to’rt elementga ko’proq e’tibor
qaratmoq lozim. Bular:
-
geografik joy;
-
bozor hissasi;
-
«mahsulot-bozor» aloqasi;
-
raqobat va bozor mukammallashuvi.