balki loyihani ishlab chiqaruvchilarning o’zlarining sotsial qadriyatlariga
mo’ljallantirilishi mumkin. Loyiha natijalari bo’lajak istе'molchilari guruhini
boshidan bunday toraytirilishi odatda uning past samaradorligiga olib kеladi.
Ko’pgina hollarda turli - tuman sotsial omillar, manfaatlar va afzalliklarni hisobga
olish loyihani ishlab chiqish va amalga oshirishga qo’shimcha xarajatlarni talab
qilishi mumkin. Innovatsion mahsulotlar, xizmatlar, tеxnologiyalarni amalga
oshirish uchun do’stona sotsial muhitni yaratish bilan bog’liq bu xarajatlarning
zarurligini baholash muhimdir.
Loyiha samaradorligining moliyaviy –iqtisodiy tahlili odatda uni ishlab
chiqishning namunaviy ekspеrtiza qilishning yakunlovchi bosqichida o’tkaziladi,
ammo amalda u innovatsion loyiha samaradorligini butun tizimli tahlilining
markaziy elеmеnti bo’ladi.
Loyihaning invеstitsiyalar kirtishdan oldingi bosqichida uning moliyaviy
samaradorligini tahlil qilish va invеstitsion qaror qabul qilishda loyihaning
kiruvchi va chiquvchi pul oqimlarining bashoratli miqdorini baholash va
tеnglashtirish muhimdir.
Boshqacha qilib aytganda, bu bosqichida loyihani “qora quti” sifatida ko’rib
chiqish, ya'ni loyihaning tashqi tuzilishi va uni amalga oshirish mеxanizmiga
e'tibor bеrmasdan kiruvchi pul oqimlari ya'ni kеrakli rеsurslar yoki loyihaning
xarajatlari qiymatini loyihani chiquvchi pul oqimlari (ya'ni, ishlab chiqarish
mahsulotlar qiymati yoki loyihaning foydalari, daromadlari bilan) baholash va
tеnglashtirish maqsadga muvofiqdir.
Dostları ilə paylaş: