tarkibiy elementlarini yoritib beradi: 1) strategik rejalashtirish davrida subyektning maqsadini
aniqlash va shakllantirish;
2) strategik rejalashtirishning erishilgan darajasi va tarkibini
aniqlash, uni tahlil qilish;
3) rejalashtirish davrida jamiyat talabining hajmi va tarkibini
aniqlash;
4) rejalashtirish davrining boshlanishiga mavjud b o ‘lgan
resurslar hajmi va tarkibini aniqlash;
5) sotsial-iqtisodiy tarmoqlar talab va resurslarini muvoza-
natlashtirish, bir-biri bilan bog‘lash.
Strategik rejalashtirishning muhim tarkibiy qismi bo‘lib,
uning metodikasi hisoblanadi.
Metodika — bu prognozlar, strategik dasturlar va rejalaming
reja k o ‘rsatkichlarini tah lil qilish, asoslash va tu zish d a
qo'llanilgan barcha metodlar, usullar yig'indisidir.
Strategik rejalashtirishning
metodi bu prognozlar, dastur va
rejalaming
ayrim ko‘rsatkichlarini hisoblash, rejalashtirishda
muammolarini hal qilishda foydalaniladigan
aniq uslub, texnik yondashuvdir. Rejalashtirishda normativ metod, balanslash
metodi, iqtisodiy matematika metodi va modeli, ekspert (ba-
holash) metodi, sotsial-iqtisodiy tahlil qilish metodi, tizimli tahlil
va sintez hamda ko'pgina boshqa metodlardan foydalanadi.
Strategik rejalashtirish metodologiyasini aniqlash uning quyi
dagi xususiyatlarini hisobga olishni taqozo etadi:
— tarkibiy birlik;
— strategik prognozlar, dasturlar va rejalar ishlab chiqarish
ning mantiqi (logikasi);
— maxsus uslubiy prinsip va yondashuvlar;
— strategik rejalashtirish jarayonida, prognozlashtirish va
rejalashtirish ko‘rsatkichlarini tuzish va asoslashda foydala
niladigan usullar tizimi.
Strategik rejalashtirishning metodologiyasining tizimi prog
nozlar, dastur va rejalar ishlab chiqishning ilmiy asosi hisob
lanadi.
235
Strategik rejalashtirish metodologiyasining prinsiplari. Stra
tegik rejalashtirish jamiyatning boshqaruv tizimida markaziy
element bo‘lib hisoblanadi va uning mantiqiy rejalashtirish
prinsiplariga suyanadi.
Rejalashtirishning