‘zbekist0n respublikasi oliy уа ‘rta maxsus ta’lim vazirligi


Tashqi iqtisodiy faoliyatning ana shu va boshqa yo ‘na-



Yüklə 7,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə198/245
tarix03.10.2023
ölçüsü7,36 Mb.
#151611
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   245
Yo\'doshev Z. Milliy va jahon iqtisodiyoti.

Tashqi iqtisodiy faoliyatning ana shu va boshqa yo ‘na-
lishlarini amalga oshirish O ‘zbekiston iqtisodiyotining jahon
iqtisodiy hamjamiyatida munosib o ‘rin egallash imkoniyatini
beradi.
Shunday qilib, mustaqillik tufayli 0 ‘zbekistonda tashqi 
iqtisodiy faoliyatni 
amalga 
oshirish va 
«ochiq iqtisodiyotiga 
o‘tish 
uchun barcha shart-sharoitlar yaratildi.
Ochiq iqtisodiyot 
— bu shunday iqtisodiyotki, unda mamla­
katning barcha fuqarolari xalqaro tovar va kapital bozorida 
old i-b erd ilarn i cheklanm agan holda amalga oshirishlari 
mumkin.
Xalqaro savdoda ishtirok etmaydigan iqtisodiyot 
yopiq iqtiso­
diyot
deb ataladi. Jahon tarixida shunday voqealar ham bo‘lib 
turadi.
Masalan, biror-bir mamlakat u yoki bu sabablar bilan o ‘z 
hududlari chegarasida o ‘ralashib qolgan bo'ladi va xorijiy 
daviatlar bilan juda kam ayriboshlash qiladi.
Masalan, Sobiq SSSRda urushgacha bo‘lgan davrda shunday 
b o ‘lgan. T a’kidlash lozim ki, hozirgi kunda mutlaq yopiq 
iqtisodiyot mavjud emas.
Ochiq iqtisodiyot qurishning 
asosi 
bo‘lib, xalqaro mehnat 
taqsim oti, m am lakatning jah o n x o ‘jalik aloqalarida keng 
qatnashishi hisoblanadi.
Iqtisodiy rivojlanish tajribasi shuni ko'rsatadiki, faqatgina 
mamlakatlararo iqtisodiy aloqalar, kapital va tovar ayriboshlash 
bozor iqtisodiyotiga o ‘tish va uning sur’atlarini ta’minlaydi.
Amaliyot 
ochiq iqtisodiyotning baholash mezonini 
ham 
aniqlab bergan.
1. Tashqi savdo oborotining rivojlanish darajasi mamlakatda 
iqtisodiy o'sishni rag‘batlantiradi. Bunga eksport va import 
aloqalarini kengaytirish yo‘li bilan erishish mumkin.
2. Xalqaro mehnat taqsimotida qatnashish mamlakat ishlab 
chiqarish tarkibini tashkil qiladi va takomillashtiradi. Bu, o ‘z 
navbatida, mamlakat boshqa mamlakatlarga nisbatan samarali 
va arzon tovarlar ishlab chiqarishga e ’tiborni qaratishga 
undaydi.
245


Pirovard natijada iqtisodiyotning ochiqligi bu mamlakatni 
jahon iqtisodiyoti bilan erkin raqobatga kira olishini bildiradi.
Ochiq iqtisodiyot tushunchasi o‘zining rivojlanish tarixiga 
egadir. Bu tushuncha mamlakat iqtisodiyotining yuqori darajada 
rivojlanganligini ifodalaydi.
Ochiq iqtisodiyot milliy iqtisodiy tizimlarni birlashtiradigan 
uch yo‘lda, ya’ni mahsulot (tovarlar) bilan savdo qilish, 
kapitalning harakati va o‘zaro milliy valuta almashinishida 
o‘z aksini topadi.
10.2. Tashqi iqtisodiy aloqalar va hamkorlikning 
asosiy shakllari va yo‘nalishlari
Respublikamizda juda qisqa vaqt mobaynida nafaqat iqtisodiy 
rivojlanishni barqarorlashtiradigan va uning o'sishini ta’min- 
laydigan, balki tashqi iqtisodiy aloqalami muvoffaqiyat bilan 
amalga oshirish imkoniyatini beradigan tadbirlar ishlab chiqildi 
va hayotga tatbiq qilindi.
Tashqi iqtisodiy faoliyatni tashkil qilish tizimini qayta qurish:
1) tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish uchun xalqaro 
me’yorlarga va standartlarga to‘g‘ri keladigan huquqiy-me’yoriy 
bazaning yaratilishiga.
2) tashqi savdoda demonopolizatsiya va detsentralizatsiyaning 
amalga oshirilishiga.
3) butun jahonda qabul qilingan ma’muriy jihatdan chega- 
ralaniladigan usuldan tariflar orqali boshqariladigan (tartibga 
solinadigan) iqtisodiy usulga o‘tilishiga.
4) rivojlangan tashqi savdo infrastrukturasini tashkil qilish 
kabilarga bevosita bog‘liqdir.
Yuqoridagilaming barchasi respublikaning tashqi iqtisodiy 
aloqalarining sezilarli darajada faollashishiga hamda eksport 
hajmining oshishi va assortimentini kengaytirishga imkon 
yaratadi.
0 ‘zbekistonda tashqi iqtisodiy aloqalarning quyidagi shakllari 
keng tarqalgan:
1. Tashqi savdo.
246


2. Qo‘shma tadbirkorlik faoliyati.
3. Erkin iqtisodiy zona.
4. Xalqaro turizmning rivojlanishi.
5. Fan-texnika sohasidagi hamkorlik va hokazo.
Tashqi savdo davlatlararo iqtisodiy hamkorlikning birinchi 
va ustuvor yo‘nalishi sifatida tan olingan.
Tashqi savdo jahon mehnat taqsimotining zaruriy shart- 
sharoiti bo‘lib hisoblanadi. Tashqi savdo jahon xalqlarini turli 
tovarlar bilan ta’minlash imkoniyatini beradi va shu bilan birga 
har bir mamlakatning ixtisoslashuvini rivojlantirish, o‘z resursla- 
ridan foydalanish samarasini oshirish natijasi bo‘lib xizmat 
qiladi.
Tashqi savdoning darajasi, uning harakati va ahamiyati 
mamlakat iqtisodining rivojlanish darajasiga, milliy iqtisodning 
tarkibiga bog‘liq bo‘ladi.
Xalqaro savdoda millatning didi, qiziqishi va mamlakat 
aholisining xarid qilish qobiliyati muhim rol o'ynaydi. Qadimdan 
xalqimiz mentalitetida ilm olish ishtiyoqi kuchli boigan. Shu 
sababdan istiqlol yillarida ta’lim davlat siyosatining ustuvor 
yo‘nalishiga aylandi. Bunday sharoitda AQSH, Olmoniya, 
Yaponiya kabi rivojiangan davlatlardan zamonaviy kompyu- 
terlami sotib olishga katta mablag‘lar sarflandi.
Shuni aytib o‘tish kerakki, tashqi savdo, ya’ni tovarlami 
chetga chiqarish (eksport) va chetdan tovar keltirish (import) 
bizning mamlakatimizda juda qadim zamonlardan buyon mavjud.
Payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalom «rizqning o‘ndan 
to‘qqiz qismi tijoratdir», deb, u bilan shug‘ullanishni buyur- 
ganlar. «Buyuk ipak yo‘li»ning anchagina qismi mamlakat 
hududidan o'tganligi tufayli tadbirkor ajdodlarimiz xorijiy 
daviatlar bilan savdo-sotiq ishlarini yaxshigina rivojlantirganlar 
va uni xalqaro savdoda jozibador mamlakatlardan biriga aylan- 
tirganlar.
Tashqi savdoning mamlakat iqtisodiyotidagi о‘mini yalpi 
milliy mahsulotda eksport va importning hajmiga qarab aniqlash 
mumkin. Umuman olganda, mamlakat iqtisodiy ahvoliga baho 
berishda eksport va import o‘rtasidagi nisbatni aniqlash zarurati
247


yuzaga keladi. Ushbu nisbat mamlakatning 

Yüklə 7,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   245




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin