‘zbekist0n respublikasi oliy уа ‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 7,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə199/245
tarix03.10.2023
ölçüsü7,36 Mb.
#151611
1   ...   195   196   197   198   199   200   201   202   ...   245
Yo\'doshev Z. Milliy va jahon iqtisodiyoti.

to ‘lov balansini
tuzayotganda aniqlanadi. Savdo balansi to ‘lov balansining 
tarkibiy qismi hisoblanadi. 
To‘lov balansini umumlashtiruvchi
ko‘rsatkich uning saldosi hisoblanadi. 
U import va eksport 
orasidagi farqqa teng. Balansda importning eksportdan oshib 
ketishi to‘lov balansini 
salbiy saldoga 
ega ekanligidan dalolat 
beradi. U tashqi savdo 
defitsitiga 
olib keladi.
Tashqi savdoning mamlakat iqtisodiyotidagi o ‘rni va sama- 
radorligiga ta’sir ko‘rsatuvchi 
eng muhim omil eksport va import
mahsulotlarining tarkibi, 
y a’ni m am lakat nim ani chetga 
chiqaradi-yu, nimani chetdan olib kelayotganidir. Chetdan sotib 
olinayotgan tovarlar ichida qayta ishlashga mo‘ljallangan xo- 
mashyoning ulushi qancha katta bo‘lsa, shu mamlakat importdan 
ko‘riladigan naf shuncha yuqori bo‘ladi. Chetga chiqarilayotgan 
tovarlar ichida xomashyoning ulushi qancha ko‘p bo'lsa, shu 
mamlakat eksporti shuncha samarasiz bo'ladi. Shu nuqtayi 
nazardan 0 ‘zbekiston Respublikasining eksportida paxta tolasi 
ulushining yildan-yilga kamayib borayotgani ijobiy tenden- 
siyadan dalolat beradi.
Xorijiy mamlakatlar bilan savdo-sotiq ishlarini rivojlan­
tirish, eksport va importning tarkibini takomillashtirish soha­
sida respublika hukumatining olib borayotgan sa’y-harakatlari 
o‘zining ijobiy natijalarini bera boshladi. Bunda oziq-ovqat 
mahsulotlarining 0 ‘zbekiston importidagi ulushidan ko‘rsa 
bo‘ladi.
Eng muhimi, 0 ‘zbekistonda xorijiy davlatlardan keltiri- 
layotgan tovarlar ichida texnologik asbob-uskuna va jihozlaming 
salmog‘i yildan-yilga ortib bormoqda va endilikda u jami 
importning yarmidan ko‘prog‘ini tashkil etmoqda. Gap shun- 
daki, milliy iqtisodiyotning taraqqiyoti va 0 ‘zbekistonning 
rivojlangan davlatlar qatoriga chiqishi uchun awalambor moddiy 
ishlab chiqarishni yangi texnika va texnologiyalar asosida qayta 
qurish talab qilinar ekan, import tarkibining bunday o'zgarishi 
o‘ta ijobiy holdir.
Tashqi savdoning mamlakat iqtisodiy taraqqiyotiga ta’sirini 
kuchaytirishning muhim omili eksport bilan import orasidagi
248


ijobiy saldoga, ya’ni eksport hajmining import hajmidan ortiq- 
ligiga erishishdir. Shuning uchun 0 ‘zbekiston davlat mus- 
taqilligining ilk davridan boshlab respublika hukumati mam­
lakatning eksport salohiyatini oshirish, eksportni har tomonlama 
rag‘batlantirishga katta ahamiyat berib kelmoqda. Eksportbop, 
raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab chiqaruvchilami rag‘bat- 
lantirishga qaratilgan bir qator chora-tadbirlar belgilangan va 
amalga oshirilayapti.

Yüklə 7,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   195   196   197   198   199   200   201   202   ...   245




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin