‘zbekist0n respublikasi oliy уа ‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 7,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə202/245
tarix03.10.2023
ölçüsü7,36 Mb.
#151611
1   ...   198   199   200   201   202   203   204   205   ...   245
Yo\'doshev Z. Milliy va jahon iqtisodiyoti.

Fan-texnika hamkorligi 
tashqi iqtisodiy faoliyatning muhim 
shakllaridan biridir.
Respublikada hal qilinayotgan strategik vazifalar jahon ham- 
korligida ilmiy-izlanish, laboratoriya va ishlab chiqarishda 
ishtirok etish kabi shakllarda faol olib borilishi kerak.
Jahon tajribasi bunday hamkorlikning turli shakllarini ishlab 
chiqqan:
1) hamkorlikda fundamental va amaliy ishlanmalami olib 
o‘tish va ularning natijalarini almashinish;
2) ilmiy-texnik imkoniyatlarni birlashtirib, hamkorlikda 
ishlab chiqarishni tashkil qilish;
3) muhim umuminsoniy muammolami hal qilishda ilmiy- 
texnika jamoatchiligi vakillarining xalqaro konferensiyalar va 
simpoziumlarda qatnashishi;
4) texnologik yutuqlar, axborotlar va hokazolar bilan ayri- 
boshlash hamkorligida qatnashish;
5) kadrlar, mutaxassislar tayyorlash, qayta tayyorlash va 
malaka oshirishda qatnashish.
Yuqorida qayd etib o‘tilgan hamkorlikni hayotga tatbiq qilish 
respublikaning intellektual va iqtisodiy salohiyatini o‘stirishga 
xizmat qiladi hamda jahon iqtisodiy hamjamiyatida respublika 
reytingini sezilarli oshirishga sharoit yaratib beradi.
Xalqaro turizm. 0 ‘zbekiston Respublikasi 0 ‘rta Osiyo mam- 
lakatlari o‘rtasida eng katta sayyohlik salohiyatiga ega bo‘lgan 
davlatdir. Yurtimiz o‘zining tarixiy maskanlari, Buyuk Ipak 
yo‘lining rivojlanishini o‘ziga aks ettiradigan ko‘p asrlik tarixiy 
va madaniy 4 mingdan ziyod tarixiy-arxitektura yodgorliklari 
bo‘lgan boy merosga egaligi jihatidan dunyoda yetakchi o‘rin- 
lardan birini egallaydi. Samarqand, Buxoro, Xiva, Shahrisabz, 
Qo‘qon kabi qadimiy madaniy yodgorliklarga boy shaharlar
252


butun dunyoga mashhur. Bu azim shaharlar betakror tarixiy 
qiyofasi bilan har qanday odamni maftun etadi.
Hozirgi vaqtda Respublikamizning betakror tarixiy, arxitek- 
turaviy tizimlari va yodgorliklari bilan tanishtirishga yo‘nal- 
tirilgan, 0 ‘zbekistonning barcha hududlari bo‘ylab yuzdan ortiq 
sayyohlik yo‘nalishlari tashkil etilgan bo‘lib, bu tarixiy obyekt- 
laming 140 tasi BMTning YUNESKO tashkiloti tomonidan 
muhofazaga olingan.
Mamlakatimizdagi mavjud rekreatsion imkoniyatlar say­
yohlik yo‘nalishlaming har xil turlarini tashkil etadi va sayyoh- 
lami yil davomida qabui qilish imkonini beradi.
0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yildagi far- 
moniga binoan, turistik tashkilotlar negizida «O'zbekturizm» 
M illiy K om paniyasi tashkil etildi. « 0 ‘zbekturizm » MK 
0 ‘zbekiston Respublikasida sayyohlik rivojlantirish bilan bog‘- 
liq bo‘lgan barcha masalalarni, harakatlami amalga oshiruvchi 
tashkilot hisoblanadi.
Bu tashkilot barcha turlarini rivojlantirish uning moddiy- 
texnik bazasini va infrastrukturasini vujudga keltirish sayyoh- 
larga xizmat ko‘rsatish darajasini jahon andozalariga ko‘tarish, 
chetel valutasi tushumini ko‘paytirish, Respublikadagi tarixiy 
va madaniy yodgorliklar haqidagi m a’lumotlami jahonga yoyish, 
sayyohlik sohasi uchun kadrlar tayyorlash, yangi ish joylarini 
tashkil etish kabi qator masalalar bilan shug‘ullanadi.

Yüklə 7,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   198   199   200   201   202   203   204   205   ...   245




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin