qo‘mitasi
tashkil etilishi bilan 0 ‘zbekistonda tashqi iqtisodiy
kompleksni boshqarish tizimi yaratildi.
Hozirgi paytda respublikada tashqi iqtisodiy faoliyatni
boshqarish tizimi, asosan, shakllangan va uning tarkibiga kirgan
tashkilotlar faoliyatlari takomillashtirilmoqda.
Tashqi iqtisodiy faoliyatni boshqarish tizimining asosiy
vazifalari quyidagilar hisoblanadi:
1) Respublika milliy manfaatlariga javob beruvchi va uning
jahon hamjamiyatidagi o‘rnini ta’minlovchi tashqi iqtisodiy
siyosatni ishlab
chiqish va amalga oshirish;
2) tashqi iqtisodiy faoliyatni tashkil etishning qonuniy
asoslarini o ‘rganish;
3) mulkchilik ko'rinishining turli shakllaridan qat’i nazar,
tashqi iqtisodiy faoliyatning barcha ishtirokchilari uchun eng
yuqori sam aradorlikni ta ’m inlash,
ularning faoliyati va
manfaatlarini himoya qilish;
4) milliy iqtisodiyotni muvaffaqiyatli isloh etish uchun tashqi
iqtisodiy omildan to ‘liq foydalanish.
Hozirgi kunga kelib,
tashqi iqtisodiy faoliyatni boshqarish
Respublika Prezidenti, Oliy Majlis va Respublika Vazirlar Mah-
kamasi tomonidan amalga oshiriladi. Ular 0 ‘zbekiston tashqi
iqtisodiy faoliyatining rivojlanish strategiyasini aniqlaydi, uning
normativ bazasini ishlab chiqadi
va xalqaro iqtisodiy muno-
sabatlarning barcha ishtirokchilari harakatiga umumiy rahbar-
likni va ular ustidan nazoratni amalga oshiradi.
Dostları ilə paylaş: