Pirovard natijada iqtisodiyotning ochiqligi bu mamlakatni
jahon iqtisodiyoti bilan erkin raqobatga kira olishini bildiradi.
Ochiq iqtisodiyot tushunchasi o‘zining rivojlanish tarixiga
egadir. Bu tushuncha mamlakat iqtisodiyotining yuqori darajada
rivojlanganligini ifodalaydi.
Ochiq iqtisodiyot milliy iqtisodiy tizimlarni birlashtiradigan
uch yo‘lda, ya’ni mahsulot (tovarlar)
bilan savdo qilish,
kapitalning harakati va o‘zaro milliy valuta almashinishida
o‘z aksini topadi.
10.2. Tashqi iqtisodiy aloqalar va hamkorlikning
asosiy shakllari va yo‘nalishlari
Respublikamizda juda qisqa vaqt mobaynida nafaqat iqtisodiy
rivojlanishni barqarorlashtiradigan va uning o'sishini ta’min-
laydigan, balki tashqi iqtisodiy aloqalami muvoffaqiyat bilan
amalga oshirish imkoniyatini beradigan tadbirlar ishlab chiqildi
va hayotga tatbiq qilindi.
Tashqi iqtisodiy faoliyatni tashkil qilish tizimini qayta qurish:
1) tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish uchun xalqaro
me’yorlarga va standartlarga to‘g‘ri keladigan huquqiy-me’yoriy
bazaning yaratilishiga.
2) tashqi savdoda demonopolizatsiya va detsentralizatsiyaning
amalga oshirilishiga.
3) butun jahonda qabul qilingan ma’muriy jihatdan chega-
ralaniladigan usuldan tariflar orqali boshqariladigan (tartibga
solinadigan) iqtisodiy usulga o‘tilishiga.
4) rivojlangan tashqi savdo infrastrukturasini
tashkil qilish
kabilarga bevosita bog‘liqdir.
Yuqoridagilaming barchasi respublikaning tashqi iqtisodiy
aloqalarining sezilarli darajada faollashishiga hamda eksport
hajmining oshishi va assortimentini kengaytirishga imkon
yaratadi.
0 ‘zbekistonda tashqi iqtisodiy aloqalarning quyidagi shakllari
keng tarqalgan:
1. Tashqi savdo.
246
2. Qo‘shma tadbirkorlik faoliyati.
3. Erkin iqtisodiy zona.
4. Xalqaro turizmning rivojlanishi.
5. Fan-texnika sohasidagi hamkorlik va hokazo.
Tashqi savdo davlatlararo iqtisodiy hamkorlikning birinchi
va ustuvor yo‘nalishi sifatida tan olingan.
Tashqi savdo jahon mehnat taqsimotining zaruriy shart-
sharoiti bo‘lib hisoblanadi. Tashqi savdo jahon
xalqlarini turli
tovarlar bilan ta’minlash imkoniyatini beradi va shu bilan birga
har bir mamlakatning ixtisoslashuvini rivojlantirish, o‘z resursla-
ridan foydalanish samarasini oshirish natijasi bo‘lib xizmat
qiladi.
Tashqi savdoning darajasi, uning harakati va ahamiyati
mamlakat iqtisodining rivojlanish darajasiga, milliy iqtisodning
tarkibiga bog‘liq bo‘ladi.
Xalqaro savdoda millatning didi,
qiziqishi va mamlakat
aholisining xarid qilish qobiliyati muhim rol o'ynaydi. Qadimdan
xalqimiz mentalitetida ilm olish ishtiyoqi kuchli boigan. Shu
sababdan istiqlol yillarida ta’lim davlat siyosatining ustuvor
yo‘nalishiga aylandi. Bunday sharoitda AQSH, Olmoniya,
Yaponiya kabi rivojiangan davlatlardan zamonaviy kompyu-
terlami sotib olishga katta mablag‘lar sarflandi.
Shuni aytib o‘tish kerakki, tashqi savdo, ya’ni
tovarlami
chetga chiqarish (eksport) va chetdan tovar keltirish (import)
bizning mamlakatimizda juda qadim zamonlardan buyon mavjud.
Payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalom «rizqning o‘ndan
to‘qqiz qismi tijoratdir», deb, u bilan shug‘ullanishni buyur-
ganlar. «Buyuk ipak yo‘li»ning anchagina qismi mamlakat
hududidan o'tganligi tufayli tadbirkor ajdodlarimiz xorijiy
daviatlar bilan savdo-sotiq ishlarini yaxshigina rivojlantirganlar
va uni xalqaro savdoda jozibador mamlakatlardan biriga aylan-
tirganlar.
Tashqi savdoning mamlakat iqtisodiyotidagi о‘mini yalpi
milliy mahsulotda eksport va importning
hajmiga qarab aniqlash
mumkin. Umuman olganda, mamlakat iqtisodiy ahvoliga baho
berishda eksport va import o‘rtasidagi nisbatni aniqlash zarurati
247
yuzaga keladi. Ushbu nisbat mamlakatning
Dostları ilə paylaş: