1-амалий машғулот



Yüklə 1,24 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/86
tarix03.10.2023
ölçüsü1,24 Mb.
#151751
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   86
meva va sabzavotlarga birlamchi ishlov berish saqlash va quritish

Jihoz va materiallar:
adabiyotlar, kalkulyator, qalam, mevalarning quruqlik darajasini aniqlovchi 
asbob, quritish maydoni sxemalari,
 
tabiiy kamayishi keltirilgan jadvallar
 
Nazorat savollari
1. 
Meva-sabzavodlarni quritishda xom ashyo sarfi qanday aniqlanadi? 
2.
Uzumni quritish teexnalogiyasi haqida ma‟lumot bering.


30 
3.
O‟rikni quritish jarayoni haqida ma‟lumot bering.
4.
Suniy quritish usullariga misol keltiring.
5.
Lentali quritish aparatining ishlash jarayoni qanday ? 
6.
Sublimatsiyali quritish jaroni qanday boradi ? 
12
-
 amaliy mashg‟ulot
VAQTINCHA VA DOIMIY OMBORXONALARNI TURLARI, TUZILISHI VA O‟LCHAMLARI 
Ishning maqsadi.
Talabalarni meva-sabzavotlarni saqlashda foydalaniladigan vaqtincha va doimiy 
omborxonalarni turlar, tuzilishi va o‟lchamlarini o‟rgatishdir. 
Tayorlash tartibi:Doimiy (stasionar) omborxonalar.
Kartoshka, sabzavot va mevalarni saqlashga 
mo‟ljallangan omborxonalar ko‟p jihatdan bir-biridan tafovut qiladi, bulardan eng muhimi qanday 
mahsulot saqlashga mo‟ljallangani, rejalashtirilishi va o‟lchamlari va sig‟imi, hajmi, qurilishdagi 
xususiyatlari, saqlash tartibiga rioya qilish, uskunalar tizmasi, mahsulotni joylashtirish usullari va 
yuklash, tushirish ishlarini mexanizasiyalashgan darajasi va nihoyat iqtisodiy ko‟rsatkichlaridir.
 
Omborxonalar ixtisosi va rejalashtirish xususiyatlari.
Ma‟lumki kartoshka, ildizmeva, karam, 
piyoz va mevalarni saqlashga moslashgan omborxonalar bo‟lib, ularning saqlash yoki joylashtirish 
sharoitlari bir xil bo‟lmagani uchun turli xildagi mahsulotlar odatda birgalikda saqlanmaydi. Masalan, 
kartoshkani karam bilan bir joyda saqlash mumkin emas, piyoz va sarimsoqni birga saqlashga yo‟l 
qo‟yiladi. 
Universal omborxonalar mahsulotni aralash saqlashga mo‟ljallangan. Unda asosan idishlarga 
joylangan mahsulotlar, ba‟zi sabzavotlarni birga saqlashga yo‟l qo‟yib bo‟lmasligi hisobga olingan holda 
qisqa vaqt ichida saqlash mumkin. bunday omborxonalarda vaqtincha to‟kib qo‟yish va saralash uchun 
tashqi maydoni ham mavjud bo‟ladi (1-rasm). 
Rejalashtirish xususiyatlaridan eng muhimi transport 
vositalarining kirishi va omborxona nechog‟lik er ostida 
chuqur 
joylashgani 
darajasidir. 
Zamonaviy 
loyixalar 
asosida qurilgan omborxona-larda odatda avtotransport bir 
tomondan 
kirib, 
ikkinchi 
tomondan 
chiqib 
ketishi, 
mahsulotlarni 
bevosita 
joylanadigan 
erigacha 
etkazish 
imkonini 
beradi. 
Bizning 
sharoitimizda 
kirish 
darvozalarini 
issiqlikka 
to‟siq 
bo‟ladigan 
qilib 
(termoizolyasiyali) qurish qiyinroqdir. Shu boisdan ayrim 
kichik 
omborxonalarda 
kirish 
darvozasi 
umuman 
qurilmaydi 
va 
mahsulot 
issiqlikka 
to‟siq 
bo‟ladigan 
tuynuklar orqali yuklanadi (Shirokov Ye., 1989). 
1-rasm. Vaqtincha to‟kib qo‟yish, saralash, 
quritish uchun bostirma va maydonchaga 
ega bo‟lgan zamonaviy sabzavot ombori 
Yerto‟la omborxonaning chuqur joylanishi birinchi galda sizot suvlar sathiga bog‟liq. Sizot suvlari er 
to‟la tubidan kamida 2 m chuqurlikda bo‟lishi shart. Yerto‟la sifatidagi omborxona qancha chuqur 
joylashsa, saqlash harorati va namligi barqaror bo‟ladi. Chuqur sabzavotxonalar qurishda katta hajmda er 
qazish ishlarini bajarishga to‟g‟ri keladi, ularda transport uchun kirish yo‟li ochish ham oson emas. 
Qozirgi vaqtda kafolatli issiqlik o‟tkazmaydigan materiallar yaratilgan. Binobarin, er ustki xonalari 
Ularning devori va tomlarini ham issiqdan ishonchli saqlash mumkin. Ko‟p hollarda bunday 
omborxonalar ikki qavatli bo‟lib, birinchi qavati erto‟la, ikkinchisi er ustki qavatidan iboratdir. Bunday 
omborxonalarda erto‟la va er ustki omborxonalarining hamma afzalliklari uyg‟unlashtirilgan. 
Piyoz saqlovchi omborlar ham er ustiga joylashtiriladigan qilib loyihalashtiriladi, chunki bu toifadagi 
binolarda talab qilinadigan havoning past namlikda bo‟lishini muhayyo etish osondir. 


31 

Yüklə 1,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   86




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin