iborat qo‘lyozmani topshiradi. Bu tarixda
«Daodetszin» («Ezgulik yo‘li yoki Kuch va
harakat haqidagi kitob»)
nomi bilan mashhur kitob edi. Bu kitobda Dao ta’limotining
mohiyati haqida so‘z boradi. Dao ieroglifi ikki qism: «Shou» — bosh va «Szou» — bormoq
degan so‘zdan iborat. Bu «odamlar yuradigan yo‘l», degan ma’noni bildiradi. Hozirga
kelib «Dao» qonuniyat, qonun degan ko‘chma ma’noni anglatadi.
* * *
Dao zamin va osmonning ildizidir. Dao hamma narsaning onasi, olamning asosidir.
* * *
Daoning na siyrati, na ovozi, na shakli bor. Unga qaraysan, ammo ko‘rmaysan. Quloq tutasan-u,
eshitmaysan. Quvlaysan-u, tutolmaysan.
* * *
Osmon ostidagi hamma narsa omonatdir.
* * *
Mustahkam va kuchli narsalar o‘lim xizmatkorlaridir.
* * *
Oh, baxtsizlik! U baxtning tayanchidir. Oh, baxtiyor-lik! Unda baxtsizlik yashirin.
* * *
Buyuk ishlar, albatta, mayda ishlardan boshlanadi.
* * *
Mo‘rt va ojiz narsalar mustahkam va kuchli narsalar ustidan g‘alaba qozonadi. Yer yuzida suvdan
yumshoqroq va zaifroq hech narsa yo‘q. Ammo u mustahkam va kuchli narsalarga hujum qiladi. Hech
qanday kuch uni yengolmaydi.
* * *
Bilguvchi so‘zlamaydi, so‘zlaguvchi bilmaydi.
* * *
Nafratga yaxshilik bilan javob qaytarmoq kerak.
* * *
G’animni to‘g‘ri baholay bilmaslikdan ko‘ra og‘irroq kulfat yo‘q.
* * *
Haqiqat manzaralari 96 mumtoz faylasuf
www.ziyouz.com
кутубхонаси
11
Meni qancha kam bilsalar, shuncha qadrliman. Shy tufayli donolikda komil odamlar qalin, dag‘al
liboslarga burkanib, qo‘ynida yashma toshni yashirgan odamga o‘xshaydilar.
* * *
Odamlar ortingdan ergashishini istasang, ularning ortidan yur.
* * *
O’z xohish-istaklarining chegarasini bilmaslikdan ortiq baxtsizlik bo‘lmaydi.
* * *
Fikrlaringizga ehtiyot bo‘ling — ular qilmishlaringiz ibtidosidir.
* * *
Buyuk to‘g‘rilik egrilikka, buyuk zakovat ahmoqlikka o‘xshaydi.
* * *
Odamlar go‘zallikni anglagan ondan boshlab xunuklik paydo bo‘ladi.
Bani bashar ezgulik neligini anglagan lahzalarda esa yovuzlik ham mavjudligini tushundi. Demak,
borlik yo‘qlikni, mushkulot yengillikni yuzaga keltiradi. Yuksaklik va tubanlik bir-biriga qayishadi,
uzunlik va qisqalik birini-biri to‘ldiradi. Tovushlar o‘zaro qo‘shilib uyg‘unlikni hosil qiladi. O’tmish va
kelajak o‘zaro o‘rin almashadi. Shu bois dono odam faoliyatsizlikni afzal ko‘rib, sukutda mutolaa bilan
mashg‘ul bo‘ladi.
* * *
Inson ilk bor dunyo yuzini ko‘rganda — nozik va zaif, o‘limi oldidan esa sabotli va kuchlidir. Barcha
tirik mavjudotlar va o‘simliklar mavjudlikning ilk pallasida nozik va zaif, o‘lim lahzalarida esa quruq va
chirkindir. Demak, bardoshlilik va kuchlilik o‘lim nishonasi, noziklik va nimjonlik esa hayot belgisidir.
Shu bois qudratli qo‘shin zafar qucholmaydi va baquvvat daraxt nobud bo‘ladi. Demak, noziklik va
zaiflik doim kuch-quvvatdan ustundir
* * *
Buyuk donishmandlar hukmronlik qilgan yurtda fuqarolar ularning borligini sezishmaydi. Qaerdaki
buyuk bo‘lmagan donishmandlar hokim bo‘lsa, omma ularga qattiq bog‘langan bo‘ladi va ularni
sharaflaydi. Qaerdaki pastroq donishmandlar hukumronlik qilishsa, xalq ulardan qo‘rqadi. Yanada
zaifroq donishlar hokim bo‘lgan joyda esa xalq ulardan hazar qiladi.
Haqiqat manzaralari 96 mumtoz faylasuf
Dostları ilə paylaş: |