Mavzu: ong taraqqiyoti va ongsizlik, valeologik ong



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/5
tarix04.10.2023
ölçüsü0,74 Mb.
#151955
1   2   3   4   5
Mavzu ong taraqqiyoti va ongsizlik, valeologik ong

;
to‘rtinchidan
,
qismlarga ajralmovchi yaxlitlik tarkibiga ega 
ekanligi va hokazo.
Ongsizlikning onglilikdan farqi shuki, uning tomonidan 
aks ettiriluvchi
voqelik sub’ektning kechinmalari bilan, uning borliqqa munosabati
bilan 
qo‘shilib, aralashib ketadi
. Shuning uchun ongsizlikda sub’ekt tomonidan amalga 
oshiriluvchi xatti — harakatlar natijasini ixtiyoriy ravishda nazorat qilish va 
baholash imkoniyati mavjud emas. Ongsizlikda voqelik sub’ektning 
o‘xshashlik, ayniyat singari mantiqiy shaqllariga asoslanib aks ettiriladi.
Bu holat bevosita emotsional his qilish, emotsional yuqish va 
identifikatsiyalashga daxldorlik tuyg‘usi orqali turlicha hodisalar o‘zining 
tuzilishi, mohiyati jihatidan o‘ziga xoslikdan qat’i

nazar bir tizimga birlashtiriladi, 
psixologik ob’ektlar o‘rtasidagi u yoki bu xususiyatli alomatlar o‘rtasidagi 
tafovutlar, mantiqiy qarama — qarshiliklar ochilmasdan namoyon bo‘ladi, 
in’ikos etiladi.
Ongsizlikda o‘tmish bilan kelajak ko‘pincha bir davrda hukm surayotganday, 
go‘yoki ular biron —bir psixik aktga bevosita birlashgan tarzda aks ettiriladi, bunga 
tush ko‘rish jarayoni yorqin misoldir. Ongsizlik borliqni bola tomonidan bilishning 
ilk shaqllarida, ibtidoiy tafakkurda, intuitsiyada, affektiv holatlarda, sarosimaga
(paniqaga) tushishda, gipnoz holatida, tush ko‘rishda, odatiy harakatlarda, 
subsensor idrokda, ixtiyorsiz esda olib qolishda, shuningdek, intilishlarda, 
hissiyotda, xulq —atvorda ifodasini topib, ularning sabablari va oqibatlari shaxs 


tomonidan tubdan anglashilmaydi. Odatda ongsizlikning namoyon bo‘lishining to‘rt 
turkumi psixologlar tomonidan tan olinib kelinmokda.
Mazkur hodisalarning psixologik tabiatini psixoanalitik pozitsiyasidan turib 
tushuntirishga harakat qilgan Zigmund Freyd «ongsizlikning dinamik qisilishi» 
terminini fanga olib kiradi. Z.Freyd, ongsizlik deb, ijtimoiy normalar talabi bilan 
nizoli holat, qarama—qarshilik tufayli ongga kira olmagan, amalga oshmay qolgan 
mayllar qisilish mexanizmi yordami bilan begonalashib individ yanglish aytgan 
so‘zida, gapda yanglishib ketishida, tush ko‘rishida va hokazolarda aks etishini 
tushunadi. Ongsizlikning shunga o‘xshash tarzda namoyon bo‘lish xususiyati 
shundan iboratki, sub’ektning amalga oshmay qolgan mayllari psixoterapevtik 
holatlar bilan sababiy bog‘liqligini anglashi 
 
mazkur mayllar bilan shartlangan 
kechinmalarning yo‘qolishiga olib kelmaydi (masalan, qo‘rquvning yo‘qolishiga), 
chunki, anglanish sub’ekt tomonidan qandaydir u bilan yo’z bermayotgan, guyo 
shaxsga aloqasiz, begona hodisa sifatida idrok qilinadi. Xulq—atvordagi ongsizlik 
samaradorligi ularni keltirib chiqaruvchi hodisalar shaxsning boshqa odamlar bilan 
hamkorlikda boshidan kechirishida (masalan, psixologik seans chog‘ida) yoki 
guruhiy psixoterapiya davrida o‘zgalarda kechishida sodir bo‘lsa individni 
qoniqtiradi. Chet el psixologiyasida, eng avvalo Z.Freydning psixoanalizida va 
uning izdoshlari qarashlarida ongsizlikning yo’zaga kelishini tor ma’noda, cheklanib 
tushunish uning dinamik jabhalarini shaqllanishining bir tomonlama tahlil qilish 
bilan shartlanganligidir. Chunki, ongsizlikning ijtimoiy — tarixiy shartlanganligi tan 
olmaslik, ongsizlikning inson bilan borliqning o‘zaro ta’siridan bevosita ajratib 
olmaslik bir qator anglashilmovchiliklarga olib keladi, ularni differensiyalash orqali 
shu kontekstdagina uning asl mohiyati,funksiyalari shaxs xulq — atvorida ochilishi 
mumkin, xolos. Bunday cheklanishlar sobiq sovet psixologiyasida ustanovka 
nazariyasida, psixologik hodisalar o‘rganishda faoliyatli yondashuvda psixikani 
dialektik materialistik tushunishdan kelib chiqqan holda anglashilmagan 
motivlarning funksiyalari, tabiati, ma’no anglatuvchi ustanovkalar inson hayotida 
shaxsiy ma’no kasb etuvchi g‘oyalarida bartaraf qilib borildi.

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin