Psixologik nuqtai nazardan ong olib qaralganda, u ijtimoiy-tarixiy (filogenetik)
va individual (ontogenetik) taraqqiyotning mahsuli hisoblanmish insongagina xos
bo‘lib, psixik aks ettirishning va o‘zini o‘zi
boshqarishning
yuksak darajasi
sanaladi. Ong kategoriyasi amaliy jihatdan tavsif qilinganda: a) u ham hissiy, ham
aqliy obrazlarning o’zluksiz ravishda o‘zgarib turuvchi majmuasi sifatida, b)
bevosita sub’ektning oldida uning «ichki tajribasi» tariqasida, v) amaliy faoliyatdan
kutiluvchi mahsulni oldindan sezuvchi (payqovchi) psixologik hodisa tarzida hukm
suradi. Ong muammosi bir qancha fanlarning, jumladan, falsafa (uning asosiy
masalasi — bu ongning turmushga nisbatan munosabatidan iboratdir), mantiq,
lingvistika, etnografiya, antropologiya, sotsiologiya, neyrofiziologiya, pedagogika
kabilarning tadqiqot predmetiga aylangandir.
Psixologiya fani individda ongning vujudga kelishi, uning tuzilishi, rivojlanishi
va hukm surishini tadqiq qiladi. Ong predmetga faollik, yo’nalganlik, intensiallik
xususiyatlariga ega:a) ong doimo nimanidir tushunish sifatida; b) refleksiyaga,
nisbatan qobiliyatlilik; v) o‘zini o‘zi
kuzatish, ya’ni o‘zligini anglash; g)
motivatsion — qadriy xususiyat yaqqollikning yoki ravshanlikning turlicha
darajasi yoki bosqichi ekanligi.
Psixologik ma’lumotlarga qaraganda, har qaysi individning ongi noyob,
betakror, ammo u ixtiyoriy emas, chunki birinchi navbatda maxsus tizimda hukm
suruvchi tuzilish bilan unga bog‘liq bo‘lgan tashqi omillar hamda hech qanday
aloqasi bo‘lmagan omillar shartlangandir. Xuddi shu tufayli ongni tadqiq qilishning
ikkita muhim qiyinchiligi mavjud: a) barcha psixologik holatlar individning kuz
o‘ngida shunday namoyon bo‘ladikim, bunda birinchidan, ular qay tariqa
anglashilmoqda (ongsizlikning roli qanchalik), ikkinchidan, anglash darajasiga
yetkazishning maxsus tashqi va ichki mashqi
natijasida inson tomonidan
anglashiniladi, uchinchidan, bevositalikda ong funksiyasida yanglishlik vujudga
keladi.
O‘zini kuzatish natijalariga ko‘ra, ong o‘zining yaqqol psixologik o‘ziga
xosligidan mahrumdir, chunki uning yagona alomati shundan iboratki, bunda
uning sharofati bilan individ oldida (u yoki bu aniqlik, ravshanlik darajasida)
yaqqol psixologik funksiyalar mohiyatini yo’zaga keltiruvchi turli holatlar,
hodisalar namoyon bo‘ladi. Xuddi shu boisdan ong
psixika hukm surishining
sifatga ega bo‘lmagan umumiy sharti (sharoiti) tariqasida talqin qilingan,
buning
natijasida u majoziy belgilangan.
Jahon
psixologiyasi fani konsepsiyalarida bu hodisa aksariyat hollarda
«ongning nuri», «ongning maydoni», hatto «psixik funksiyalarning umumiy
hokimi» kabi tahlil etilgan, goho u qaysidir psixik funksiyalar bilan g‘ayritabiiy
ravishda (qo‘shimcha diqqat, tafakkur bilan) ayniylashtirilgan. Shu
munosabati bilan birinchi galda ongni yaqqol o‘rganish, tekshirish to‘g‘risida
umuman gap bo‘lishi mumkin emas. Ikkinchi holda esa ushbu masala unga
mutanosib funksiya bilan almashtiriladi. Bunday talqinlarning barchasi shunday
fikrni tug‘diradiki, go‘yoki ong ilmiy psixologiya fani uchun shunchaki qayd
qilinish, ya’ni fiksiya, xolos (U.Jeyms
Tadqiqotchilar ongni o‘rganish uchun ommabop, sodda psixologik
metodlarning qo‘llaganliklari tufayli uning ma’lum tavsifini topa olmadilar,
jumladan, vaqtning aniq birliklari yordamida uni o‘lchash, muayyan vaqt oralig‘ida
ongni solishtirish. Adabiyotlar tahlilining ko‘rsatishicha, ongni konstruktiv tarzda
talqin qilishning muhim jabhasi K.I.Kant tomonidan ko‘tarilgan ongning barqaror,
invariant tuzilishi va sxemasi mavjudligi, uzluksiz ravishda o‘rin almashtirib
turuvchi
sensor oqim, axborotlar va uning muayyan darajada tashkil
qiluvchanligi to‘g‘risidagi yuksak g‘oyasi hisoblanadi. Bir necha asrlar davomida
aylanib kelgan va bunda tabiiy-ilmiy materialistik yondashuv diniy nazariyalarga
qarshi kurash olib borgan. Ong muammosining yechimida ilmiy dialektik-
materialistik ta’limot hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ldi, bu borada Gegel g‘oyasiga
e’tiroz muhim ahamiyat kasb etadi.
Mazkur ta’limotga binoan, ongning tuzilishi ijtimoiy-madaniy xususiyat kasb
etib, insoniyatning tarixiy taraqqiyoti davomida filogenetik tarzda, ustuvor
individualistik hamkorlik jarayonida ijtimoiy ustuvor individualistik tuzilishning
ta’sirida, eng avvalo ishlab chiqarish amaliyoti negizida u shaqllangandir.
Ilmiy dialektik ta’limotdan kelib chiqqan holda sobiq sovet psixologiyasida ongning
ontogenezda shaqllanishi to‘g‘risida umumlashgan ilmiy nazariya ishlab
chiqilgan. Umumlashgan nazariyaga binoan,
individ ongining tuzilishi
ontogenezning ilk davrida bolaning kattalar bilan muomala(muloqot) qilish
faoliyatida o‘zlashtirish (egallash, o‘ziniki qilib olish, o‘z ma’naviy dunyosiga
aylantirish jarayoni) ning sharofati bilan shaqllanadi. Bunday tarzdagi
o‘zlashtirishning kat’iyatlik imkoniyati filogenetik, tarixiy taraqqiyotning negizida
ham mavjuddir. Predmetli faoliyatning atributi bo‘lmish muomala, uning tuzilishi
tarkibida aks etuvchi quyidagi asosiy xususiyatlarga, xossalarga egadir:
1)ijtimoiy kelib chiqishi va tuzilishi;
2) uning ijtimoiy reglamentatsiyasi;
3) ruhiy qurollar va alomatlar bilvositaligida ifodalanishi;
4) ikki sub’ektning o‘zaro alohidaligi va betakrorligi;
5) ob’ektga yo’nalganligi kabilar.
Shaxslararo munosabatda hamkorlik faoliyatining
tuzilishi ong strukturasini
vujudga keltirib, uning quyidagi asosiy xususiyatlarini aniqlashga xizmat qiladi:
a) ijtimoiy xususiyati, hatto simvolik va verbal tuzilishga ega bo‘lgan
belgilar bilvositalanganligini qamrab olinganligi;
b) refleksiyaga, ya’ni o‘zini o‘zi tushunishga nisbatan qobiliyatlilik;
v) ichki dialogizm, ya’ni ichki nutqqa, fikrlash mexanizmi negiziga qurilishi;
g)predmetlilik, ya’ni har qanday psixologik holat muayyan yaqqol tasvirlarga
va alomatlarga ega bo‘lishligi va hokazo.
Endi ongning psixologik tavsifidan kelib chiqqan holda uning shaqllari
yo’zasidan qisqacha mulohaza yuritamiz. Ongning genetik jihatdan talqini ongsizlik
birlamchiligini bildirib, u o‘ziga xos xususiyatga ega ekanligini, inson faoliyati va
xatti — harakatida muayyan darajada rol o‘ynashini tan olishni taqozo etadi.
Chunki inson ongining yuksakroq shaqllari o’zoq ijtimoiy — tarixiy
taraqqiyotning keyingi davrida vujudga kelgandir. Xuddi shu boisdan ongning
paydo bo‘lishi to‘g‘risida mulohaza yuritilganda ijtimoiy borliq, ijtimoiy
taraqqiyot, ularga nisbatan munosabat uslubi asosiy mezonlar vazifasini bajarib
kelgan va hozir ham xuddi shunday bo‘lib qolaveradi.
Psixologik talqinga ko‘ra,
ongsizlik,
birinchidan
, voqelikning hodisalari bilan
shartlangan ruhiy jarayonlar,
aktlar va holatlarning majmuasi;
ikkinchidan
, tashqi va ichki ta’sirlarga nisbatan
sub’ektning o‘ziga hech qanday hisobot bermasligi;
uchinchidan
, psixik aks
ettirishning shakli, ya’ni voqelikning obrazi: tasviri, timsoli va unga nisbatan
sub’ektning munosabati refleksiyaning maxsus predmeti sifatida vujudga
kelmaganligi
Dostları ilə paylaş: