139
sifatini vaqti-vaqti bilan tekshirilib nazorat qilib boriladi. Bu sertifikatlashtirish
usuli faqat mahsulotning sifatini nazorat qilibgina qolmay, balki korxonada
chiqaziladigan mahsulotning sifatini kerakli darajada bo‘lishini ham nazorat
qiladi. Tabiiyki, korxonadagi mahsulot sifatini ta’minlashda, tizimni
baholanishida uning mezonini aniqlash muhim ahamiyatga ega. Ushbu usul
sanoati rivojlangan mamlakatlarda hamda xalqaro sertifikatlashtirish tizimlarida
eng ko‘p tarqalgan sxemadir. Birinchi-to‘rtinchi sxemalarga qaraganda bu sxema
eng murakkab va nisbatan qimmatroq turadigan sxema bo‘lib, uning afzalligi
ite’molchi mahsulot sifat darajasini yuqori ekanligiga ishonch hosil qiladi, bu esa
asosiy mezon hisoblanadi.
Oltinchi sxema
faqat korxonadagi mahsulotning sifatini ta’minlash bilan
tizimni baholanishini o‘tkazishga mo‘ljallangan. Bu usul ayrim vaqtda korxona-
tayyorlovchini attestatlash deb ham yuritiladi. Bu xil sertifikatlashtirishda faqat
korxonaning belgilangan sifat darajasidagi mahsulotni chiqarish qobiliyati
baholanadi.
Yettinchi sxema
mahsulotning har bir tayyorlangan to‘dasidan sinovlarga
tanlab olishga asoslangan. Tanlab olish sinovlarining natijalariga qarab to‘dani
ortish uchun qaror qabul qilinishi aniqlanadi. Bu xildagi sertifikatlashtirish uchun
tanlanmaning hajmi aniqlanishi lozim, bu esa tayyorlangan to‘daning katta-
kichikligiga maqbul bo‘ladigan sifat darajasiga bog‘lik. Qabul qilingan qoidaga
asosan tanlanmani to‘plash vakolatlangan sinov tashkilotlari tomonidan amalga
oshiriladi. Bu xil sertifikatlashtirish qo‘llanilishi statistik usulni qo‘llash bilan
bog‘liqdir.
Dostları ilə paylaş: