Termiz davlat universiteti metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish asoslari



Yüklə 3,07 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə124/206
tarix04.10.2023
ölçüsü3,07 Mb.
#152194
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   206
2. Sertifikatlashtirish omillari 
Sertifikatlashtirish sohasidagi ishlarni amalga oshirishda quyidagi asosiy 
omillar hal qiluvchi o‘rin tutadi: 
– tashqi va ichki bozordagi iste’molchining manfaatlariga mos keladigan 
mahsulot uchun mezonni to‘g‘ri tanlash; 
– sertifikatlashtirish ishlarini o‘tkazishda xolislik (haqqoniyat) bo‘lishi. 
Ta’minlovchining buyumi (mahsuloti) har doim ham belgilangan standart 
talablariga mos keladi degan ko‘rsatmasi hamma vaqt ham qabul qilinavermaydi. 
Chunki u mahsulot sifatini tekshirishda o‘zining shaxsiy tekshirish tizimini 
tuzadi, bu deyarli bozorda ham, sanoatda ham keng yoyilgan yo‘llardan biridir. 
Lekin hozirgi zamon fan, texnika va texnologik jarayonlarning eng qulay 
va samarador tizimi shunday bo‘lishi lozimki, buning natijasida mahsulot ishlab 
chiqaruvchiga nisbatan hech qanday ta‘sir etilmasligi lozim. Tashqi savdo va 
xalqaro iqtisodiy aloqalar nuqtai nazaridan sertifikatlashtirish faoliyati mustaqil 
bo‘lishi alohida ahamiyat kasb etadi. Shunday sertifikatlashtirishni boshqaruvchi 
idora standartlashtirish idoralari hamda tijorat tashkilotlari yoki davlat 
muassasalari 
bo‘lishi 
mumkin. 
Ular 
o‘zlarining 
sinov 
o‘tkazuvchi 
laboratoriyalariga ega bo‘lib, mahsulotni tekshiradigan xodimni ishga 
layoqatliligini tekshiradi hamda korxonalardagi sifat tizimini boshqarishdagi 
ishlarni amalga oshiradi, uslubiy ta’minlash va boshqa quyidagi ishlarni bajaradi: 
– texnologik jarayonlarning turg‘unligini ta’minlash; 
– uchinchi tomon tarafidan bajariladigan sertifikatlashtirish tizimi o‘z 
tarkibiga mahsulot sinovlarini oladi, bu esa o‘z navbatida mahsulotni standart 
talablariga muvofiqligini (mosligini), aniqlashda kerakli vosita hisoblanadi; 
– yakka olinadigan mahsulot uchun amaliy va iqtisodiy talablarga javob 
beruvchi sertifikatlashtirish tizimin aniqlash; 
– sertifikatlashtirish tartib, usullari va ishlashini boshqa sertifikatlashtirish 
tizimlari bilan taqqoslash; 
– buyum (mol) yoki mahsulotlarni sertifikatlashtirish idorasi tomonidan 
haqiqiyligi ko‘rib chiqilganligi yoki ma‘qullanganligini, tegishli markazlarda 


141 
yoki akkreditatsiyalangan laboratoriyalarda tekshirilganligini isbotlovchi belgi 
(tamg‘a) bo‘lishi, maxsus belgi, etiketkalar, ilova qilib yuboriladigan hujjat – 
sertifikatlar yoki sertifikatlashtirilgan buyumlar (mollar) royxatiga kiritilishi 
lozim yoki sertifikatlash huquqiga ega bo‘lgan korxonada mahsulotni chiqarish 
uchun taqdimnomasi bo‘lishi kerak. 
Sertifikatlashtirish turli shakllarda bo‘lib, uni tayyorlash va o‘tkazish 
uchun yarim vazifalarni bajarilishi tartibi o‘z navbatida mahsulot turiga, qonunlar 
majmuining milliy xususiyatlariga va boshqa qator omillarga bog‘liq bo‘ladi. 
Sertifikalashtirishni tayyorlash va uni o‘tkazishda asosiy ishlar qatoriga: 
– sertifikatlashtiruvchi maqsluotni tanlash; 
– mahsulotga sertifikatlashtirishda belgilanadigan talablarni, tavsiflarni 
tanlash; 
– sertifikatlashtiruvchi mahsulotni ishlab chiqarish sharoitlarini 
tekshirish; 
– sinov laboratoriyalarini akkreditlash; 
– sertifikatlashtirish sinovlarini o‘tkazish; 
– muvofiqlik sertifikatini berish va muvofiqlik belgisi bilan mahsulotni 
belgilash (tamg‘alash)lar kiradi. 
Sertifikatlashtirish 
Milliy 
tizimining 
me’yoriy 
hujjatlarida 
sertifikatlashtirishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish tartiblari quyidagicha 
belgilangan (sxemaga qarang): 


142 

Yüklə 3,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   206




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin