222
Fanning о‘quv rejadagi boshqa fanlar bilan о‘zaro bog‘liqligi
va uslubiy jihatdan uzviyligi
Standartlashtirish, metrologiya va sifatni
boshqarish fani umumkasbiy
fanlar majmuasiga taalluqli bо‘lib, talabalar uni VII-VIII semestrlarda
о‘rganishadi.
Bu dasturni amalda bajarish uchun talabalar «Oliy matematika», «fizika»,
«Umumiy va noorganik kimyo», «Organik kimyo»
va boshqa fanlardan
yetarlicha ma’lumotga ega bо‘lishlari lozim.
Standartlashtirish, metrologiya va sifatni boshqarish fanidan talabalar
yetarli bilim va kо‘nikmalarga ega bо‘lishlari talab etiladi.
Fanning ilm-fan va ishlab chiqarishdagi о‘rni
Standartlashtirish, metrologiya va sifatni boshqarish
fani ishlab chiqarishni
bog‘liq bо‘lib, korxona va tashkilotlarda standartlashtirish, metrologiya va sifatni
boshqarish bо‘yicha ishlarni tashkil etish hamda uni jahon tajribalari asosida
rivojlantirishni istiqbolli rejasini amalga oshirishga qaratilgan.
Ishlab chiqarish
jarayonlarida jumladan, mahsulotni loyhalash,
tayyorlash,
ishlab chiqarish, sotish va foydalanishda
ularni sifatini aniqlash, baholash va
nazorat qilishda standartlashtirish, metrologiya va sifatni boshqarishdaning о‘rni
beqiyosdir. Ishlab chiqarish jarayonlarini о‘lchashlar,
metrologiya, metrologik
ta’minot va sifat nazorati bilan bog‘liq masalalarning maqbul yechimi topiladi.
Dostları ilə paylaş: