Bevosita baholash usuli - bevosita o‘lchash asbobining sanash qurilmasi
yordamida to‘g‘ridan to‘g‘ri o‘lchanayotgan kattalikning qiymatini topish. Masalan,
Prujinali manometr bilan bosimni o‘lchash yoki ampermetr yordamida tok kuchini
topish.
O‘lchov bilan taqqoslash (solishtirish) usuli - o‘lchanayotgan kattalikni
o‘lchov orqali yaratilgan kattalik bilan taqqoslash (solishtirish) usuli. Masalan tarozi
toshi yordamida massani aniqlash. O‘lchov bilan taqqoslash usulining o‘zini bir
nechta turlari mavjud:
Ayirmali o‘lchash (differensial) usuli - o‘lchov bilan taqqoslash usulining
turi hisoblanib, o‘lchanayotgan kattalikning va o‘lchov orqali yaratilgan
kattalikning ayirmasini (farqini) o‘lchash asbobiga ta’sir qilish usuli. Misol qilib
uzunlik o‘lchovini qiyoslashda uni komparatorda namunaviy o‘lchov bilan
taqqoslab o‘tkaziladigan o‘lchash.
Yoki, voltmetr yordamida ikki kuchlanish orasidagi farqni o‘lchash, bunda
kuchlanishlardan biri juda yuqori aniqlikda ma’lum, ikkinchisi esa izlanayotgan
kattalik hisoblanadi.
U = U
0
U
x
; U
x
=U
0
U
U
x
bilan U
0
qanchalik yaqin bo‘lsa, o‘lchash natijasi ham shunchalik aniq
bo‘ladi.
Nolga keltirish usuli - bu ham o‘lchov bilan taqqoslash usulining bir turi
hisoblanadi. Bunda kattalikning taqqoslash asbobiga ta’siri natijasini nolga keltirish
lozim bo‘ladi. Masalan, elektr qarshiligini qarshiliklar ko‘prigi bilan to‘la
muvozanatlashtirib o‘lchash.
X = 0 f (x
y) = 0 U Ўлчаш турлари
билвосита
бевосита
мажмуий
нисбий
мутлақ
биргаликда