Termiz davlat universiteti metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish asoslari



Yüklə 3,07 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/206
tarix04.10.2023
ölçüsü3,07 Mb.
#152194
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   206
O‘rindoshlik usuli - 
o‘lchov bilan taqqoslash usulining turi hisoblanib, 
o‘lchanayotgan kattalikning o‘lchov orqali yaratilgan ma’lum qiymatli kattalik bilan 
o‘rin almashishiga asoslangan. Misol, o‘lchanadigan massa bilan tarozi toshini bir 
pallaga galma-gal qo‘yib o‘lchash yoki qarshiliklar magazini yordamida 
tekshirilayotgan rezistorning qarshiligini topish: 
R
0
K 1




Bunda “K”ni ikkala holatda (1,2) qo‘yganda

1
=

2
shart bajarilishi kerak. 
I

= U / R
0


I
2
= U / R
k

2
Mos kelish usuli - 
o‘lchov bilan taqqoslash usulining turi. O‘lchanayotgan 
kattalik bilan o‘lchov orqali yaratilgan kattalikning ayirmasini shkaladagi belgilar 
yoki davriy signallarni mos keltirish orqali o‘tkaziladigan o‘lchash. Masalan, kalibr 
yordamida val diametrini moslash. 
Har bir tanlangan usul o‘z usuliyatiga, ya’ni o‘lchashni bajarish usuliyatiga 
ega bo‘lishi lozim. O‘lchashni bajarish usuliyati deganda, ma’lum usul bo‘yicha 
o‘lchash natijalarini olish uchun belgilangan tadbir, qoida va sharoitlar tushuniladi. 
O‘lchash vositalari va ularning turlari 
Ma’lumki, o‘lchashni biror bir vositasiz bajarib bo‘lmaydi.
O‘lchash vositasi 
deb o‘lchashlar uchun qo‘llaniladigan va meyorlangan 
metrologik xossalarga ega bo‘lgan texnikaviy vositaga aytiladi. 
O‘lchash vositalarining turlari xilma-xil. Ular sodda yoki murakkab, aniqligi 
katta yoki kichik bo‘lishi mumkin. O‘lchash vositalari meyorlangan metrologik 
xosalarga ega bo‘lishlari lozim va bu metrologik xossalar davriy ravishda tekshirilib 
turiladi. O‘lchash amalida o‘lchanayotgan kattalikning qiymati to‘g‘ri aniqlanishi 
aynan mana shu o‘lchash vositasining to‘g‘ri tanlanishiga va ishlashiga bog‘liq.
O‘lchash vositalarining namoyondalari sifatida quyidagilarni keltirishimiz 
mumkin: 
*
o‘lchovlar; 
*
o‘lchash asboblari; 
*
o‘lchash o‘zgartkichlari; 
*
o‘lchash qurilmalari; 
*
o‘lchash tizimlari. 
O‘lchovlar - keng tarqalgan o‘lchash vositalaridan hisoblanadi. 
O‘lchov
deb, kattalikning aniq bir qiymatini hosil qiladigan, saqlaydigan 
o‘lchash vositasiga aytiladi. Masalan, tarozi toshi, elektr qarshiligi, kondensatori va 
shu kabilarni o‘lchovlarga misol qilib olishimiz mumkin. 
O‘lchovlarning ham turlari va xillari ko‘p. Standart namunalar va namunaviy 
moddalar ham o‘lchovlar turkumiga kiritilgan. 

Yüklə 3,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   206




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin