59
Namunaviy modda
esa, muayyan tayyorlash sharoitida hosil bo‘ladigan va
aniq xossalarga ega bo‘lgan modda sanaladi. Masalan, "toza suv", "toza metall" va
hokazolar. "Toza rux" 420
0
S temperaturani hosil qilishda ishlatiladi.
O‘lchovlar ko‘p qiymatli (o‘zgaruvchan qarshiliklar, millimetrlarga bo‘lingan
chizg‘ich) va bir qiymatli (tarozi toshi, o‘lchash kolbasi, normal element) turlarga
bo‘linadi. Ba’zan o‘lchovlar to‘plamidan ham foydalaniladi.
Kattalikning o‘lchamini hosil qilish va foydalanishda quyidagi qatorni yodda
tutishimiz lozim bo‘ladi:
Ishchi o‘lchash vositalari, namunaviy o‘lchash vositalari, ishchi etalon,
solishtirish etaloni, nusha etalon, ikkilaamchi etalon, maxsus etalon, birlamchi
etalon va davlat etaloni.
Fan va texnikaning eng yuqori saviyasida aniqlik bilan ishlangan namunaviy
o‘lchovlar
etalonlar
deb ataladi. Etalonlar ishlatiladigan va davlat etalonlariga
bo‘linadi. Davlat etalonlari namunaviy o‘lchov va asboblarni tekshirishda
qo‘llaniladi va Davlat standarti idoralarida saqlanadi.
O‘lchash asbobi
deb kuzatish (kuzatuvchi) uchun qulay ko‘rinishli shaklda
o‘lchash ma’lumoti signalini ishlab chiqarishga muo‘ljallangan o‘lchash vositasiga
aytiladi.
Ma’lumotni tavsif etishiga qarab o‘lchash vositalari quyidagilarga bo‘linadi:
Shkalali o‘lchash vositalari;
Raqamli o‘lchash vositalari;
O‘ziyozar o‘lchash vositalari.
4.1
rasm. O‘ziyozar asboblar
a) uzluksiz yozuvli o‘ziyozar asbob; b) nuqtali o‘ziyozar asbob.
Dostları ilə paylaş: