1-bilet shayboniylar davlatining tashkil topishi


 Ichanqal’a me’moriy yodgorligi



Yüklə 379,19 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/45
tarix04.10.2023
ölçüsü379,19 Kb.
#152269
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   45
11-sinf tarix javoblari

 
2. Ichanqal’a me’moriy yodgorligi. 
— Oʻrta Osiyodagi yirik va noyob meʼmoriy yodgorlik. Xivaning ichki qalʼa 
(Shahriston) qismi. Ichan qalʼa shaharning Dishan qalʼa (tashqi qalʼa) qismidan 
kungurador devor bilan ajratilgan. U Xiva raboti (Dishan qalʼa)dan baland 
qoʻrgʻontepaga oʻxshab koʻrinadi. Ichan qalʼaga 4 darvoza (Bogʻcha dar-voza
Polvon darvoza, Tosh darvoza, Ota darvoza)dan kirilgan. 
Xorazm xalq meʼmorligining ajoyib obidalari: madrasa, masjid, saroy va minoralar, 
asosan, Ichan qalʼada. Undagi meʼmoriy yodgorliklarning yara-tilish tarixi, asosan, 
4 davrga taal-luqli: birinchisi Xorazmning qad. davridan to moʻgʻullar istilosi 
davriga qadar, bu davrdan Koʻqna arkning gʻarbiy devori, qalʼa devorining 
shim.sharqiy burchagidagi qad. davrga mansub burj va qalʼa devori qoddiqlari 
saklanib qolgan. Ikkinchisi Xorazmning 1220 yildagi moʻgʻullar istilosidan keyin 
tiklanish davri. Bu davrda Sayid Alovuddin maqbarasi va b. mahobatli binolar 
qurilgan. Uchinchi davri 16—17-asrlarga toʻgʻri keladi. Shu paytda (Abulgʻozixon 
va Asfandiyorxon hukmronlik davri) Ichan qalʼada Anushaxon hammomi (1657), 
peshayvonli Oq masjid (1675), Xoʻjamberdibek madra-sasi (1688) kabilar bunyod 
etildi, Koʻhna ark istehkomlari mustaqkamlandi, koʻrinishxona (xonning 
qabulxona-si) qurildi (1686—88). Buxoro bilan Eron oʻrtasida Xiva xonligi uchun 
boshlangan urush natijasida (18-asrning 1-yarmi) Ichan qalʼa va, umuman, Xiva sh. 
qattiq shikastlandi (Xiva bir qancha vaqt Eronga tobe viloyat boʻlib turdi). 


 
3. Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy hayoti va faoliyati. 
Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy (783-850 yillarda yashab ijod qilgan) 
Xorazm diyorida tug‘ilib voyaga yetgan. Al-Xorazmiy 20 dan ortiq asarlar yozgn. 
Ulardan faqat 10 tasigina bizgacha yetib kelgan. Matematikaga doir asarlari “Al-
jabr” va “Val-Muqobala”, “Kitob surat ul arz”, “Astranomiyaga” oid “Zij”, 
“Usturlob bilan ishlash haqida kitob”, tarixga oid asarlari “Kitob at-Tarix”, 
“Yahudiylarning taqvimi va bayramlarini aniqlash haqida risola” nomlari bilan 
atalgan. U “Algebra” faniga asos solgan.

Yüklə 379,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin