1-bilet shayboniylar davlatining tashkil topishi


 Ahmad al-Farg‘oniy hayoti va ijodi



Yüklə 379,19 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/45
tarix04.10.2023
ölçüsü379,19 Kb.
#152269
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   45
11-sinf tarix javoblari

 
3. Ahmad al-Farg‘oniy hayoti va ijodi. 


Abul Abbos Ahmad ibn Muhammad ibn Nosir al-Farg‘oniy 797-865-yillarida 
yashab ijod qilgan buyuk ajdodimizdir. U o‘z asarlari bilan fan tarixida katta iz 
qoldirdi. U matematika, geografiya, astronomiya, tarix sohalarida ijod qildi. Uning 
ijodiy faoliyati Bag‘dodda ulug‘ mutafakkir olim al-Xorazmiy rahbarligidagi «Bayt 
ul-hikma» bilan bog‘liqdir. 
Ahmad al-Farg‘oniy (to‘liq ismi Abul Abbos Ahmad ibi Muhammad ibn Kasir 
al- Farg'oniy) (taxminan 797, Farg‘ona - 865, Misr) – astronomiya, mat., geogr. va 
boshqa ilmiy yo‘nalishlarda faoliyat ko‘rsatgan o‘zbek qomusiy olimi. Sharqda Al-
Farg‘oniy, Yevropada Alfraganus (Alfraganus) taxalluslari bilan mashhur. 
 
7-BILET 
1. Ikkinchi jahon urushi va oqibatlari. 
Ikkinchi jahon urushi 1939-yilning l-sentabridan 1945-yilning 2-sentabrigacha, ya'ni 
6 yil davom etdi. Bu urush dunyoning 61 davlatini o'z donnga tortdi. Ularda dunyo 
aholisining 80 foizi yashar edi. Armiya saflariga jami 110 mln. kishi safarbar etildi. 
Ikkinchi jahon urushi tarixda eng dahshatli, eng ko'p talafot va kaita vayrongarchilik 
keltirgan urush sifatida iz qoldirdi. Chunonchi, maxsus adabiyotlarda qayd 
etilishicha, bu urushda 65—67 mln. kishi halok bo'lgan. Ularning yarmi tinch aholi 
edi. 
Vayrongarchilikdan ko'rilganzararva urush xarajati birgalikda 4 trillion dollarni 
tashkil etdi. Bu urush ayni paytda eng dahshatli qurollar ishlatilgan urush ham edi. 
Urush oxirida hatto raketa quroli hamda atom bombasi yaratildi va ular insoniyatga 
qarshi ishlatildi. Fashizmning dunyoga hukmron bo'lishga intilishi va'insoniyat 
boshiga keltirishi mumkin bo'lgan kuifati antifashistik kuchlarni birlashtirdi. 
Erksevar xalqlar birgalikda fashizmga qarshi kurashdilar. Va, nihoyat, g'alaba ham 
qozondilar. Biroq bu g'alaba-ga osonlikcha erishilmadi. 
Avalgi mavzuda qayd etilgandek, 1939-yilning 1-sentabrida Germaniya Polshaga 
hujum qildi. Bunga javoban Buyuk Britaniya va Fransiya German iyaga qarshi urush 
e'lon qildilar va shu tunda urush boshlanib ketdi. Polsha armiyasi kam sonli va 
yaxshi qurollanmagan edi. Shunday bo'lsa-da, u jasorat bilan qarshilik ko'rsatdi. 
Lekin kuchlar teng bo'lmagani uchun Polsha armiyasi ikki hafta ichida tor-mor 
etildi. I7-sentabr kuni Polsha hukumati Prezident Ridz Smigli boshchiligida 
mamlakatni tashlabf chet elga chiqib ketdi. 
Xuddi shu kuni Germaniya bilan kelishuvga binoan sovetlarning 209 mingdan ortiq 
jangchi va zobitlari Polshaga bostirib kirdi hamda 28-sentabr kuni Moskvada Sovet 
davlati va Germaniya o'rtasida «Do'stlik va chegara to'g'risida* shartnoma 
imzolandi. Unga ko'ra, mustaqil Polsha davlati tugatildi va bo'lib olindi. Ayni paytda 
G'arbiy Ukraina va G'arbiy Belorussiya Sovet davlatiga berildi. Polshaning 
Germaniya bilan chegaradosh bo'lgan yerlari Germaniya-ga o'tdi. U yerda nemis 
general-gubernatorligi tuzildi. 1939-yilning 2S-sentabrida imzolangan sovet-
german shartnomasiga ko'ra, sovet hukumati Boltiqbo'yi respublikalaridan Sovetlar 
armiyasini bu respublikalarda joy-lashtirish va o'zaro yordam to'g'risida shartnoma 
imzolashni talab eidi. Boltiqbo'yi respublikalarining bu talabga bo'ysunmaslikka 
ilojlari y«'^ edi. 


30-noyabr kuni sovet armiyasi Finlandiyaga hujum qildi. Bu qilmishi uchun Sovet 
davlati Millatlar Ligasidan chiqarildi. (Millatlar Ligasiga 1934-vitda qabul qilingan 
edi.) 
Buyuk Britaniya va Fransiya Germaniyaga qarshi urush e'lon qilgan bo'lsalar-da, 
biroq faol harbiy harakatlar boshlamadilar. Germaniya armiyasining asosiy kuchlari 
Polsha bilan band bo'lib qolgan paytda bunday imkoniyat bor edi. Buyuk Britaniya 
va Fransiyaning bu pozitsiyasi 1940-yilnmg bahorigacha davom etdi. Ularning 
faolsizligi urush tarixiga «g'alati urush* nomi bilan kirdi. Buyuk Britaniya va 
Fransiya o'zlarining qudratli harbiy-dengiz flotlari kuchi bilan Germaniyani blokada 
iskanjasiga olishni rejalashtirgan edilar. Ayni paytda ular Fransiya — Germaniya 
chegarasida Fransiya bunyod etgan kuchli mudotaa inshootlari Germaniyaning 
g'arbga hujumga o'tishiga yo'l qo'ymaydi, bordi-yu hujumga o'tganda ham, uni yorib 
o'ta olmaydi, deb ishondilar. 
Bu orada Sovet qo'shinlari Finlandiya armiyasini mag'lubiyatga uchratdi. 1940-yil 
12-martda sovet-fin tinchlik shartnomasi imzolandi. Unga ko'ra, Kareliya bo'g'ozi 
Viborg shahri bilan birgalikda Sovet davlatiga o'tdi. Ap-rel oyida Germaniya 
armiyasi G'arbiy frontda hujumga o'tdi. 9-aprel kuni Daniya va Norvegiya bosib 
olindi. 14-may kuni Gollandiya, 28-may kuni esy Belgiya taslim bo'ldi. Shimoliy 
Fransiyada joylashgan ingliz-fransuz harbiy qismlari qurshovga tushib qoldi. Biroq 
ularning katta qismi ko'p talafotlar bilan Buyuk Britaniyaga o'tib ketishga muvaffaq 
bo'ldi. O'z ittifoqchisi Germaniyaning birin-ketin zafarli g'alabalaridan ruhlangan 
Italiya 10-iyun kuni Fransiya va Buyuk Britaniyaga qarshi urushga kirdi. Qisqa 
muddat ichida Fransiya qo'shinining katta qismi tor-mor etildi. 14-iyunda nemislar 
Parijni egalladi. 22 iyun kuni Kompen o'rmonida Germaniya va Fransiya o'rtasida 
yarash bitimi imzolandi. 25-iyun kuni shunday yarash bitimi Italiya bilan Fransiya 
o'rtasida ham imzolandi. Bu bitimlarga, ko'ra Fransiya harbiy harakatlarni to'xtatdi. 
Armiya va flotni qurolsizlantirdi. Pol Reyno hukumati iste'fo berdi. Germaniya 
Fransiya hududining uchdan ikki qismini okkupatsiya qildi. Parij shahri ham 
okkupatsiya hududi tarkibida edi. Okkupatsiya qilinmagan liududda marshal Peten 
boshchiligida qo'g'irchoq hukumat tuzildi va uncha katta bo'lmagan Vishi shahrida 
joylashdi hamda Peten hukumati Germaniya bilan hamkorlik qilish majburiyatini 
oldi. 
Dastlab Fransiyaning barcha yirik siyosiy arboblari va mustamJakalar-dagi 
ma'muriyatlar Peten hukumatini tan olishdi. Faqat u davrda hali mashhur bo'lmagan 
general de Goll yarash bitimini ham, Peten hukumatini ham tan olmadi. U Buyuk 
Britaniyaga jo'nab ketdi. U yerda «Erkin Fransiya* harakatini tuzdi va barcha 
vatanparvar kuchlarni Germaniyaga qarshi kurashga chaqirdi. 

Yüklə 379,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin