Kasabalar shoʻrosining sarkotibi (1920), „Mushtum“ jurnalining tashkilotchilaridan
va tahrir hayʼati aʼzosi (1923–26).
4-BILET
1. Buxoro amirligining tashkil topishi.
Buxoroda 1711-1747 yillarda Abdulfayzxon nomigagina xon edi. Mamlakatni
boshqarish Muhammad Xakimbiy otaliq qo`lida bo`ldi. 1747 yilda Abdulfayzxon
bir guruh fitnachilar tomonidan o`ldirildi. Muhammad
Xakimbiy ham tez orada
vafot etdi. Davlat ishlari Muhammad Xakimbiyning o`g’li Muhammad Rahimbiy
qo`liga o`tdi. Muhammad Rahg’imbiy 1573 yilda Buxoro taxtini egalladi. U o`ziga
qarshi isyon ko`targan Shahrisabz, Urgut, Jizzax, O`rtepa, Xo`jand,
Toshkent va
boshqa bekliklarda
mavqeini mustahkamlab olgach
, o`zini amir deb e`lon qildi. Shu
tariqa, Buxoroda mang’itlar sulolasi xukmronligi (1753-1920) qaror topdi. Shundan
e`tiboran poytaxti Buxoro bo`lgan davlat Buxoro amirligi deb atala boshlandi.
Muhammad Rahim hukmronligini beklik-viloyatlardagi boshqa qavmlardan bo'lgan
hokimlar tan olmadilar. Amir mang'itlarga tayanib hokimiyatni markazlashtirishga
intildi. Barcha qabilalarning hukmdorlarini Buxoroga yig'ib, ulardan markaziy
hokimiyatga bo'ysunishni
talab qildi
, aks holda qattiq jazolanishi haqida
ogohlantirdi. Viloyatlardagi ko'pgina
hokimlar, bebosh amaldorlar
hokimiyatdan
chetlashtirilib
, yer-mulki tortib olinib, boshqa joylarga ko'chirildi. Ular o'rniga amir
qabiladoshlaridan tayinlandi. Muhammad Rahim Buxoro minorasi yonidagi o'z
qarorgohini mahsus qurilgan Arkka ko'chirdi, o'zboshimcha beklarni Arkka chaqirib
qattiq jazoladi. Tarqoqlikni bartaraf etish maqsadida ko'pgina
bekliklarga-
Samarqand
, Jizzax, O'ratepa, Hisor, Boysun, Shahrisabzga qarshi qonli urushlar
qildi, ko'pgina viloyatlar vayron bo'ldi. Muhammad
Rahim Nurotada istiqomat
qiluvchi burgut qabilasi mang'itini
bostirib
, ularning harbiy istehkomlarini buzib
tashlab, o'zlarini Buxoro tumaniga ko'chirdi.
Dostları ilə paylaş: