1-bilet shayboniylar davlatining tashkil topishi



Yüklə 379,19 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/45
tarix04.10.2023
ölçüsü379,19 Kb.
#152269
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   45
11-sinf tarix javoblari

 
2-BILET 
1. Ashtarxoniylar davlatining tashkil topishi. 
1598-yilda Abdullaxon vafot etgach, shayboniylar o'rtasida toju taxt uchun kurash 
boshlanib, bu kurash oxir-oqibat mazkur sulolaning butunlay qirilib ketishiga olib 
keldi. Buxoro xonligi taxtiga vorislikka shayboniy urug'lardan hech kim qolmagan 
edi. Ana shunday bir paytda Buxoroda amirlar kengashib, 1554-yili ruslarning 
Ashtarxonni (Astraxan, ya'ni Hojitarxon xonligini) istilo qilishi davrida Buxoroga 
qochib kelgan Yormuhammadxonning o'g'li Jonibek sultonni (u Abdullaxonning 
singlisiga uylanganligi tufayli shayboniylarga kuyovdosh edi) xon qilib 
ko'tarmoqchi bo'ldilar. Jonibek in'om qilingan taxtdan bosh tortdi. Amirlar uning 
katta o'g'li Dinmuhammadni xon qilib ko'tardilar. Bu vaqtda u Obivardda edi. U 
Buxoroga kelayotib yo'lda halok bo'ldi. Shundan keyin uning ukasi Boqimuhammad 
xon qilib ko'tarildi. Jonibekning uchinchi o'g'li Valimuhammad taxt vorisi (valiahd) 
deb e'lon qilindi va Balxga noib qilib yuborildi. 
Ana shu tariqa, 1599-yilda Movarounnahrda yangi sulola -ashtarxoniylar - 
«joniylar» (joniylar nomi urug' boshlig'i Jonibekning nomidan olingan) sulolasi 
tashkil topdi. Bu davlatda rasman oliy hokimiyat Jonibek Sulton qo'lida bo'lib, uning 
nomidan tangalar zarb etilgan, uning nomi xutbaga qo'shib o'qilgan. 
Boqi Muhammad xonlikdagi ichki siyosiy nizolarga chek qo'yishga harakat qildi, 
xonlikning shimoliy chegaralarini ko'chmanchi qabilalardan himoya qilish 
choralarini ko'rdi. Balx viloyatidan eronliklarni haydab chiqarib, u yerga ukasi Vali 
Muhammadni hokim etib tayinladi. Lekin XVII asr boshlarida Buxoro xonligi 
hududi Abdullaxon Ikkinchi davridagiga qaraganda juda qisqarib ketgan edi. 
Ashtarxoniylar Xorazmni va Xurosonning katta qismini butunlay qo'ldan boy 
berdilar. Toshkent uchun qozoq sultonlari bilan ko'plab urushlar olib borishga to'g'ri 
keldi. Boqi Muhammaddan so'ng taxtga Vali Muhammad o'tirdi. Uning qisqa 
hukmronligi davrida (1606-1611) ichki kurashlar yanada kuchaydi, yirik o'zbek 
qabilalari beklari iqtisodiy-siyosiy jihatdan katta kuchga ega bo'lib, xon 
hokimiyatiga bo'ysunmas edilar. Markaziy hokimiyat mamlakatda vaziyatni nazorat 
qilolmas, hududiy yaxlitligini ta'minlay olmas edi. Yangi xonning markaziy 
hokimiyatni kuchaytirishga bo'lgan intilishi unga qarshi fitna bilan yakunlandi va 
taxtni Boqi Muhammadning o'g'li ImomquJixon egalladi. U o'zining nisbatan uzoq 
davom etgan hukmronligi davrida (1611-1742) xonlikda hukm surayotgan o'zaro 
feodal urushlarga chek qo'yishga va markaziy hokimiyatni mustahkamlashga 
muvaffaq bo'lgan bo'lsa-da, Xuroson va Xorazmni qayta qo'lga kirita olmadi. 
Toshkent va xonlikning shimoliy chegaralari uchun ko'chmanchi qabilalar: 


qozoqlar, qalmiqlar, mo'g'ullarga qarshi muvaffaqiyatli kurash olib bordi va xonlik 
hududini shimoli-sharqqa kengaytirdi. Bu davrda xon hokimiyatining mavqeyi 
oshdi, ichki vaziyat birmuncha yaxshilandi. Lekin undan keyin taxtda o'tirgan Nodir 
Muhammadxon (1642-1645), Abdulazizxon (1645-1681) va Subxonqulixon (1681-
1702) davrida mamlakatda siyosiy vaziyat yana izdan chiqdi. Bu xonlar mahalliy 
feodallarga va tashqi dushmanlarga qarshi to'xtovsiz urushlar olib borishga majbur 
bo'ldilar. Bu kurashlarda hokimiyatning asosiy tayanchi din peshvolari edi. Shu 
sababli bu davrda yer maydonlari ommaviy ravishda diniy mahkamalar va yirik 
ulamolar (Jo'ybor xo'jalari kabilar) ixtiyoriga o'ta boshladi. Ivjamlakatda diniy 
mutaassiblik kuchaydi. Bu o'z navbatida dunyoviy taraqqiyotni bo'g'ar, davlat va 
jamiyat taraqqiyotiga to'sqinlik qilar edi. 
Tinimsiz urushlar, haddan tashqari og'ir soliqlar, mahalliy hokimlarning 
beboshliklari ustiga tez-tez bo'lib turgan tabiiy ofatiar (qurg'oqchilik, hasharot 
bosishi) ham mamlakatning iqtisodiy ahvolini izdan chiqardi, xalqning ahvolini 
yanada nochorlashtirdi. XVIII asr boshlariga kelib ashtarxoniylar davlatidagi 
inqirozli vaziyat yanada kuchaydi. Bu sulola xonlari yirik saroy amaldorlari va 
o'zbek qabilalari boshliqlariga tamomila tobe bo'lib, ular xonlarni taxtga ko'tarishar, 
taxtdan mahrum etishar, mamlakatdan quvg'in etishar yoki o'ldirishardi. 
Ubaydullaxon (1702-1711) markaziy hokimiyatni kuchaytirishga, mamlakatda 
hukm surayotgan siyosiy beboshliklarni tugatishga intilgan so'nggi ashtarxoniy 
hukmdor edi. Ubaydullaxonning bebosh o'zbek amirlarining iqtisodiy kuchini 
susaytirish, davlat xazinasini to'ldirish va mamlakatning moliyaviy ahvolini 
yaxshilashga urinib o'tkazgan pul islohoti (1708-y.) siyosiy-iqtisodiy vaziyatni 
yanada chigallashtirdi. Zarb etilgan past qiymatli mis pullar bozorlarda savdogarlar 
tomonidan olinmasdan, do'konlar yopilib, Buxoro shahrida katta qo'zg'olon 
ko'tarildi. U katta qiyinchilik bilan bostirilgan bo'lsa-da, mamlakatdagi siyosiy-
iqtisodiy vaziyat yaxshilanmadi. Natijada Ubaydullaxon o'ldirilib, taxtni 
ashtarxoniylar sulolasini amaldagi so'nggi xoni Abulfayzxon egalladi. Uning 
hukmronligi davrida (1712-1747) niamlakatda qabila boshliqlari, viloyat 
hokimlarining markaziy hokimiyatga qarshi chiqishlari yanada kuchaydi. 
Amaldorlar fitnasi avj oldi. Abulfayzxon davrida markaziy hokimiyat o'z 
ahamiyatini yana yo'qota bordi. Mamlakat o'zini mustaqil hisoblovchi viloyatlarga 
bo'lina boshladi. l^amlakatni boshqarish mang'it urug'lari tomonidan qo'llab-
quvvatlangan va yirik zodagonlar orasida obro'ga ega boigan Muhammad Hakimbiy 
qo'liga o'ta boshladi. • Abulfayzxon nomigagina xon bo'lib turardi. 
Asosiy hokimiyatni nufuzli amirlar Javshan qalmiq, so'ngra qushbegi Abdullabiy, 
keyin Muhammad Hakimbiy otaliqlar boshqardilar. 
Davlatda siyosiy tarqoqlik kuchaydi. Balx Buxorodan ajralib ketdi, keyinchalik bu 
yerda goh ashtarxoniylardan Normuhammad avlodlari, goh har turli o'zbek 
shahzodalari hokimlik qilib turdilar. Badaxshonda Yorbek sulolasi hukmronligi 
qaror topdi. Xorazm Buxorodan tamomila mustaqil bo'lib oldi. 
Buxoroda mang'it urug'idan boigan qudratli Muhammad Hakimbiy irodasi bo'sh, 
zaif Abulfayzxon zamonida otaliq edi. Shu tariqa, mamlakat bo'laklarga boiinib 
ketdi. Bundan foydalangan qalmiq va qozoqlar yetti yil mobaynida mamlakatning 


juda ko'plab vodiylarini, bog'-rog'larini poymol qildilar. Gullab-yashnab turgan 
joylar choiga aylandi. G'alla, meva, sabzavot mahsulotlari keskin kamayib ketdi.

Yüklə 379,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin