2. Ulug‘bek rasadxonasi haqida ma’lumot bering. Ulug‘bek rasadxonasi - Samarqanddagi XV asr me’morligining nodir
namunalaridan biri, ko‘hna astronomik kuzatuv muassasasi. Ulug‘bek farmoyishi
bilan 1428 — 29 yilda Ko‘xak (Cho‘ponota) tepaligida ulkan silindr shaklida
bunyod etilgan; ayrim qo‘lyozmalarga ko‘ra, balandligi 30,4 metrdan iborat 3 qavatli
qilib qurilgan. Unda o‘ndan ortiq turli astronomik qurilma va asboblar bulgan.
Ulardan eng asosiysi radiusi 40,2 metrli qo‘shaloq yoydan iborat kvadrant (yoki
sekstantga yaqin) qurilma hisoblanadi. Rasadxona o‘rta asiiarda asbob uskunasi
jihatdan ham beqiyos bo‘lgan. Mirzo Ulug‘bekning eng yirik astronomik asari "Ziji
Ko‘ragoniy" rasadxonada yaratilgan. Uning qurilishi va keyingi ilmiy faoliyati
Ulug‘bek taklifi bilan yig‘ilgan qator mashhur olimlar G‘iyosiddin Koshiy,
Qozizoda Rumiy, Ali Qushchi va boshqa nomi bilan bog‘liq.
Ulug‘bek rasadxonasining arxeologik qoldiqlari 1908 y. V.L. Vyatkin
rahbarligida olib borilgan qazilma ishlari natijasida topilgan.
3. Alisher Navoiy hayoti va ijodi. Alisher Navoiy 1441-yil 9-fevralda Hirotda tavallud topgan. Navoiyning otasi
G‘iyosiddin Bahodir temuriylar xonadoniga yaqin bo‘lgan. She’r zavqi va iste’dodi
erta uyg‘ongan. Bolalikdayoq Farididdin Attorning ,,Mantiqut-tayr“ asarini yod
olgan, Sharafiddin Ali Yazdiy nazariga tushgan, Mavlono Lutfiy yosh shoir
iste’dodiga yuqori baho bergan, Kamol Turbatiy e’tirofmi qozongan. Sayyid Hasan
Ardasher, Pahlavon Muhammad kabi ustozlardan ta’lim olgan, Abdurahmon Jomiy
bilan ijodiy hamkorlikda bo‘lgan. Navoiy 1469 yilgacha temuriylar orasidagi ichki
nizolar sababli Hirotdan yiroqroqda yashagan.
Husayn Boyqaro Xuroson taxtiga o‘tirgach (1469), Navoiy hayoti va ijodida
yangi bosqich boshlanadi, muhrdorlik (1469) mansabiga, vazirlik (1472) va
Astrobod hokimligi (1487)ga tayinlanadi. 1480—1500 yillar mobaynida o‘z
mablag‘lari hisobidan bir necha madrasa, 40 rabot (safardagi yo‘lovchilar to‘xtab
o‘tish joyi), 17 masjid, 10 xonaqoh, 9 hammom, 9 ko‘prik, 20 ta hovuz qurdiradi.
Husayn Boyqaro Alisher Navoiyga „muqarrabi hazrati sultoniy” („sulton
hazratlarining eng yaqin kishisi”) degan unvonni beradi. Unga ko‘ra Navoiy
davlatning barcha ishlariga aralasha olardi.