9-BILET 1. O‘zbekistonda - milliy valyutaning qabul qilinishi. Soʻm — Oʻzbekiston Respublikasining pul birligi. 1 So`m 100 tiyin. Xalqaro ifodasi
UZS. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining „Oʻzbekiston Respublikasining
milliy valyutasini muomalaga kiritish toʻgʻrisida“gi 1994-yil 16 iyundagi farmoni
bilan 1994-yilning 1 iyulidan respublika hududida yagona, cheklanmagan va
qonuniy toʻlov vositasi sifatida muomalaga chiqarilgan. Qimmatbaho metallar suvi
yuritilgan turli qiymatdagi yubiley tangalar esa turli sanalar nishonlanishi
munosabati bilan va numizmatik maqsadda chiqarilgan (qarang
Tanga
). Soʻmning
muomalaga kiritilishi Oʻzbekiston pul muomalasi va hisob-kitoblar tizimini tashkil
etish hamda respublika iqtisodiyotini rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega boʻldi.
Milliy valyuta pul belgilarini muomalaga chiqarish va uning barqarorligini
taʼminlashni
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki
amalga oshiradi. 1 soʻm =
100
tiyin
.
Oʻzbekiston
Respublikasi
Konstitutsiyasining
122—moddasi
va
„Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining asoslari toʻgʻrisida“gi
qonunning
11-moddasi,
shuningdek,
Oʻzbekiston
Respublikasi
Oliy
Majlisning
1993
-yil
3-sentabrdagi
952-XII sonli qaroriga muvofiq
1994
-yil
1
iyuldan
boshlab,
Oʻzbekiston Respublikasi
hududida qonuniy toʻlov vositasi
boʻlgan milliy valyuta — „soʻm“ muomalaga kiritildi. 2013-yil iyunida 5000 soʻm
qiymatlik yangi banknota chiqishi haqida xabarlar tarqaldi. 2013-yil 27-
iyunida
Oʻzbekiston respublikasi Markaziy banki
shu yilning 1-iyulidan boshlab
qiymati 5000 soʻm boʻlgan pul chiptalarini muomalaga chiqarishini bildirdi..
2017-
yil
20-fevralda
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati
kengashining
„Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan 10000 soʻmlik
banknotlarning chiqarilishi toʻgʻrisida“gi qarori qabul qilindi.
2021-yil
14-
iyundan
2000 va 20000 soʻmlik banknotlar muomalaga chiqarildi