2. “Qatag‘on qurbonlari xotirasi” memorial majmuasi haqida ma’lumot bering. Vatan ozodligi yo‘lida halok bo‘lganlarning nomi hech qachon unutilmaydi.
O‘zbekiston mustaqillikka erishgach ularning qutlug‘ nomlari, sha’nlari to‘la
tiklandi. Bu ishga shaxsan Yurtboshimiz Islom Karimov rahbarlik qildi. U kishining
tashabbusi bilan 2000-yilda Toshkentda «Shahidlar xotirasi» yodgorlik majmuyi
bunyod etildi.
2002-yilda esa shu majmuaning tarkibiy qismi sifatida, «Qatag‘on qurbonlari
xotirasi» muzeyi barpo etildi. Shu tariqa Vatan ozodligi yo‘lida halok bo‘lganlar
xotirasi abadiylashtirildi.
3. Abu Rayhon Beruniy hayoti va faoliyati. Abu Rayhon Beruniy Muhammad ibn Ahmad 973-yil 4-sentabrda Katda,
Xorazm, – 11-dekabr, 1048, G‘azna) — XI asr qomusiy olimi. Turkistonlik ulug‘
alloma abu Rayhon Beruniy ota- onasidan juda yosh yetim qolgan va lroqiylar
xonadonida tarbiyalangan. Beruniy juda yoshligidan ilm va fanga qiziqadi. U sevgan
fanlar — astronomiya, matematika, geodeziya, geografiya va mineralogiya edi.
Bag‘dodda tashkil topgan „Donishmandlik uyi nomli o‘sha davrning fanlar
akademiyasida O‘rta Osiyolik olimlardan Xorazmiy, Farg‘oniy, Habash Xasib,
Marvaridiy kabi olimlar turli sohalarda ish olib borganlar. Beruniy ham shu
„Donishmandlik uyining a’zosi bo‘lib. U yerda 7 yil ishlagan.
18-BILET 1. “Anqara jangi” haqida ma’lumot bering. Amir Temur bilan Sulton Boyazid qo‘shinlari o‘rtasidagi hal qiluvchi jang 1402-yil
20-iyulda Anqara yaqinida, Chubuq mavzeyida sodir bo‘ladi. Bu jang tarixda
“Anqara jangi” deb ataladi. Uzoq davom etgan shiddatli jangda Sohibqiron kuchlari
turk qo‘shinini tor-mor etadi. Sulton Boyazid asirga olinadi. Boyazid ustidan
qozonilgan buyuk g‘alaba bilan Amir Temurni Fransiya, Angliya hamda Kastiliya
va Leon qirollari tabriklab, unga o‘z muboraknomalarini yuboradilar. Chunki
Sohibqiron endigina uyg‘onayotgan Yevropaga ulkan xavf solib turgan Usmonli
turklar davlatiga zarba berib, butun Yevropaning xaloskoriga aylangan edi.