Fransiyani yagona davlatga | birlashtirishni tugallash oson vazifaemas edi. Chunki
biriashtirish siyosati nafaqat ichki, ayni paytda, tashqi to'siqlarga ham uchragan. Eng
katta tashqi to'siq - Angliya edi. Fransiyaning Akvitaniya viloyati Angliya qo'l ostida
edi. U bu viloyatni Fransiyaga qaytarib berishni istamagan. Buning ustiga, markaziy
hokimiyatga bo'ysunmaslik uchun kurashayotgan
Flandriya viloyati Angliya
tomonidan qo'llab-quvvatlangan.
Angliya qiroli Eduard III Fransiya qiroli Filipp VI (1328 - 1350) (qizining o'g'li)ning
nabirasi bo'la turib, Fransiyaga qarshi siyosat yurita boshladi. Bu omillar Fransiya -
Angliya munosabatlarini tobora keskinlashtirgan. Endi bu ikki davlat o'rtasida urush
chiqishi muqarrar edi. Urushning boshlanishi uchun bir bahona kerak edi, xolos.
Filipp VI vafotidan so'ng Eduard III Fransiya taxtiga da'vogarlik qilib chiqdi. Biroq
Fransiya qonunshunoslari ayol tomonidan bo'lgan avlod qirollik taxtiga o'tira
olmaydi, degan xulosani berdi. Bu esa urush boshlashga bahona bo'ldi. Urushning
boshlanishi. Urush 1337- yilda Angliyaning hujumi bilan boshlandi. Flandriya
urushda Angliyaning yaqin ittifoqchisiga aylandi.
2. Sitorai Mohi Xosa haqida ma’lumot bering.
Sitorai mohi xosa - Buxorodagi mangʻitlar sulolasining 3
avlodiga mansub
saroy – bogʻ. Buxorodan 4 km shimolda. Dastlabki binolar Nasrullaxon (1826–60)
va Muzaffarxon (1860 — 85) hukmronligi davrida qurilgan. Abdulahadxon
hukmronligi davri (1885—1910)da saroy va xushmanzara bogʻ barpo etilgan. Amir
Olimxon hukmronligi davri (1910—20)da yangi saroy qurilgan. S.M.X.
maydoni
6,7 ga boʻlib, eski saroy, gʻisht toʻshalgan 3 hovli va koʻpgina xonalardan iborat. Bu
yerdagi amir Muzaffarxon mehmonxonasi keng,
baland zali, ikki tomondagi
bolxonali ayvonlari, yevropacha eshik va derazalari bilan ajralib turadi. Uch qismga
boʻlingan murabba tarhli xonani tashkil etuvchi Abdulahadxon
xonasi birbiriga
qaramaqarshi joylashtirilgan va bir xilda bezatilgan 2 zal oʻrtasidagi baland supa
orqali birlashtirilgan. Supaning gʻarb tomoniga shohnishin taxt oʻrnatilgan. Eski
saroy sharqidagi amir Olimxonning bosh qarorgohi –
yangi saroyga ravoqli
muhtasham darvoza oʻrnatilgan.
Dostları ilə paylaş: