Oʻzbekiston XDP faoliyatining asosiy yoʻnalishi parlamentchilik ishidir. Oliy
Majlisning Qonunchilik palatasida uning 27 nafar deputatni birlashtiruvchi
fraksiyasi mavjud. Fraksiya 2005 yil 14 fevraldagi yigʻilishida Oliy Majlis
Qonunchilik palatasida uchta siyosiy partiya fraksiyalaridan iborat koʻpchilikni
tashkil etuvchi „Demokratik blok“ tuzilganligi munosabati bilan oʻzining parlament
quyi palatasidagi faoliyatini muxolifatdagi parlament ozchiligi sifatida amalga
oshirishini eʼlon qildi. Oʻzbekiston XDPning markaziy nashrlari:
„Oʻzbekiston
ovozi“
va „Golos Uzbekistana“ gazlari va
„Muloqot“
jurnali.
Dostları ilə paylaş: