1-bilet shayboniylar davlatining tashkil topishi


 Kamoliddin Behzod hayoti va faoliyati



Yüklə 379,19 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/45
tarix04.10.2023
ölçüsü379,19 Kb.
#152269
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   45
11-sinf tarix javoblari

 
3. Kamoliddin Behzod hayoti va faoliyati. 
Behzod Kamoliddin (1455—Hirot— 1536)—buyuk miniatyurachi musavvir, 
Sharq uygʻonish davri yetuk sanʼatkori. Hirot miniatyura maktabi asoschisi
muzahhiblar yetakchisi, ustozi. "Ikkinchi Moniy" degan faxriy unvonga sazovor 
boʻlgan. Tarixchilardan Mirzo Muhammad Haydar, Doʻst Muhammad va Qozi 
Ahmadning maʼlumotlariga koʻra, B.ni Sulton Husaynning kitobdori Mirak 
Naqqosh oʻz tarbiyasiga olgan. B. musavvirlikni Pir Sayd Axmad Tabriziydan 
oʻrgangan, oʻz ijodida musavvir Xalil Mirzo Shohruxiy badiiy uslubini davom 
ettirib, uni rivojlantirgan va kamolga yetkazgan, yosh musavvir isteʼdodi juda tez 
shakllangan. Bunda Alisher Navoiyning murabbiylik faoliyati ham hal qiluvchi 


ahamiyatga ega boʻlgan. Navoiyning shaxsiy kutubxonasida oʻsha davrning yetuk 
sanʼatkorlari Mirak Naqqosh, Hoji Muhammad kabi musavvirlar, Hofiz 
Muhammad, Zayniddin Mahmud, Sulton Muhammad Hyp kabi xattotlar ijod bilan 
band boʻlganlar. B. shu kutubxonada, ayniqsa, xattot Sultonali Mashhadiy va Yoriy 
Muzahhib bilan yaqin ijodiy hamkorlikda boʻlgan. B. ijodining mavzu doirasi
qahramonlari shu yerda—Navoiy va boshqa sanʼatkorlar ijodi taʼsirida kamol 
topgan. 
 
26-BILET 
1. Salib yurishlari. 
Salib yurishlari – 1096-1270 yillarda Gʻarbiy Yevropa zodagonlari va katolik 
cherkovi tomonidan Yaqin Sharqqa (Suriya, Falastin, Shim. Afrika) qilingan 
bosqinchilik urushlari. Salib yurishlarining bosqinchilik mohiyati diniy shiorlar 
[gʻayridin (musulmonlar)larga qarshi kurash va "xudo qabri" hamda "muqaddas yer" 
(Falastin)ni ozod qilish] bilan niqoblangan. Salibchilar, odatda, kiyimlariga salib 
(xoch) belgisini tikib olishgan (yurishlarning nomi shundan). 11-asrning soʻnggi 
choragida saljuqishshr tomonidan Vizantiyaning Kichik Osiyodagi yerlarini hamda 
diniy anʼana boʻyicha "muqaddas shahar" boʻlgan Quddusni egallab olishlari 
salibchilarning Oʻrta dengizning sharqidagi yerlarga bostirib kirishiga sabab 
boʻlgan. Vizantiya saljuqiylarga qarshi kurashish uchun Gʻarbdagi davlatlardan bir 
necha bor harbiy yordam soʻragan. Salib yurishlari ning bevosita tashkilotchisi 
boʻlgan Rim payasi bundan foydalangan. Papalar katolik cherkovining taʼsirini 
kuchaytirish va kengaytirish, pravoslav cherkovini Rimga boʻysundirish maqsadida 
diniy fanatizmni avj oldirganlar. Salibchilarning koʻpchiligini qashshoqlashib 
qolgan ritsarlar, yirik senʼorlar hamda dehqonlar tashkil qilgan. 

Yüklə 379,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin