1-bilet shayboniylar davlatining tashkil topishi



Yüklə 379,19 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/45
tarix04.10.2023
ölçüsü379,19 Kb.
#152269
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   45
11-sinf tarix javoblari

 
25-BILET 
1. Buxoro xonligini tashkil topishi. 
Muhammad Shayboniyxonning o‘limidan so‘ng taxtga bevosita uning 
avlodlari emas, amakisi Ko‘chkunchi Sulton o‘tqazilgan. To‘g‘ri, XVI asrning 40- 
yillaridan so‘ng bu urfodatga rioya etilmay qo‘yilgan. Ko‘chkunchixondan so‘ng esa 
taxtga uning o‘g‘li Abu Said (1530 —1533) o‘tirdi. Undan keyin esa hukmdorlik 
Shayboniyxonning ukasi Mahmud Sultonning o‘g‘li Ubaydullaxon (1533 —1540) 
qo‘liga o‘tdi. Ubaydullaxon poytaxtni Samarqanddan Buxoroga ko‘chirtirdi. 
Ubaydullaxon Buxoroga ota meros mulk deb qarar edi, chunki Shayboniyxon 
hayotligidayoq Buxoro hokimligini ukasi Mahmud Sulton (Ubaydullaxonning 
otasi)ga bergan edi. Shu tariqa, shayboniylarning Movarounnahrda tashkil etgan 
davlati endilikda rasmiy ravishda Buxoro xonligi deb ataladigan bo‘ldi. 
 
2. Go‘ri Amir maqbarasi. 
Samarqanddagi me’moriy yodgorlik. Xalq orasida Go‘ri Amir yoki Go‘ri Mir (Mir 
Sayyid Baraka) deb nomlanib kelinadi. Maqbaraga temuriylar sulolasiga mansub 
kishilar (Amir Temur, uning piri Mir Sayyid Baraka, o‘g‘illari Umar-shayx, 
Mironshoh va Shohrux, nabiralari Muhammad Sulton, Ulugʻbek va b.) dafn etilgan. 
Boburning ta’kidlashicha, dastlab Temurning nabirasi Muhammad Sulton Mirzo 
Samarqand qal’asi jan.da Toshqo‘rg‘on — chaqarda Madrasa qurdirgan. 
Muhammad Sulton halok bo‘lgach (1403), Amir Temur uning xotirasiga maqbara 
qurish haqida farmon berdi. Maqbara Madrasa hovlisining to‘riga bunyod etilgan. 
Bizgacha, asosan, peshtoqli darvozasi bor hovli va maqbara binosi saqlangan. 
Arxeologik tadqiqotlar natijasida maqbara hovlisining ikki yonidan Muhammad 
Sulton qurdirgan Madrasa va xonaqoh qoddiqlari topilgan. Madrasa va xonaqoh 
chorsi hovlining sharqiy va g‘arbiy tomonlarini egalla-gan. Hovlining jan.da 
gumbazli maqbara joylashgan. Maqbaraga jan. dan, Ulug‘bek qurdirgan dalon 
(1424) orqali kiriladi. Maqbaraning chortoq tarhli ziyorat-xonasi baland toqi — 
ravoqli, tepa-si yozuv hoshiyalari va ichki gumbaz bilan qoplangan. Tashki gumbazi 
64 qobirg‘ali, baland poygumbaz (diametri — 15 m, bal. 12,5 m)ga o‘rnatilgan. 

Yüklə 379,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin