Andijon Qishloq xo’jaligi instuti refarat mavzu



Yüklə 338,23 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/8
tarix04.10.2023
ölçüsü338,23 Kb.
#152289
1   2   3   4   5   6   7   8
avesto-tarixiy manba sifatida

Zardushtiylik ta`limoti.
Zardushtiylik ta`limoti Markaziy Osiyoda 
ibtidoiy davrda mavjud bo`lgan tabiat kuchlarini ilohiylashtiruvchi 
e`tiqodlarga (Markaziy Osiyo qadimgi aholisining «yeski dini»ga) nisbatan 
monoteitsik ta`limotdir. U behuda qon to`kuvchi qurbonliklar, harbiy 
to`qnashuvlar, bosqinchilik urushlarini qoralab, o`troq, osoyishta hayot 
kechirishga, mehnatga, dehqonchilik, chorvachilik bilan shug`ullanishga 
da`vat etadi. Moddiy hayotni yaxshilashga urinishni yovuzlikka qarshi 
kurash deb hisoblaydi. Zardushtiylik dinida qo`riq yer ochib, uni bog`u 
rog`ga aylantirgan odam ilohiyot rahmatiga uchraydi. Aksincha, bog`lar, 
ekinzorlarni, sug`orish inshootlarini buzganlar katta gunohga qoladilar. 
Zardusht 
insonlarga 
tinch-totuv 
yashashni, 
halol 
mehnat 
qilishni 
o`rgatmoqchi bo`ladi. Bunga ko`ra insonning bu dunyodagi hayotiga yarasha 
narigi dunyodagi taqdiri ham bo`lajak, har bir inson o`lgandan so`ng o`zining 
bu dunyodagi qilmishiga yarasha abadiy rohat – jannatga, yoki yomon ishlari 


ko`p bo`lsa na xursandlik va na xafalik ko`rmaydigan arosat joy – 
misvongatuga tushadi. Zardushtiylik negizida olamning qarama-qarshiliklar 
kurashi asosiga qurilgani turadi: yaxshilik va yomonlik, yorug`lik va 
qorong`ulik, hayot va o`lim o`rtasida abadiy kurash davom etadi. Barcha 
yaxshiliklarni Axura-Mazda va barcha yomonliklarni Anxramaynyu (yoki 
Axriman) ifodalaydi. Axura-Mazda insonlarga ezgu ishlarni bayon etib 
ularga amal qilishni buyuradi, yomon ishlardan saqlanishga chaqiradi.
Zardushtiylikda imon uchta narsaga asoslanadi: fikrlar sofligi, so`zning 
sobitligi, amallarning insoniyligi. Har bir zardushtiy kuniga besh marta 
yuvinib, poklanib, quyoshga qarab, uni olqishlab, sig`inishi shart. 
Zardushtiylik ibodatxonalarida doimiy ravishda olov yonib turadi. Ularda 
dunyodagi to`rt unsur – suv, olov, yer va havo ulug`lanadi. Zardushtiylik 
dafn marosimi o`ziga xos bo`lib, o`lganlar bir necha pats, baland «sukut 
minoralari» – daxmalarga solinadi, u yerda murdalarning go`shtlarini qushlar 
yeb, suyaklarini tozalaydi. Go`shtdan tozalangan suyaklar maxsus sopol 
idishlarga solinib minora o`rtasidagi quduqqa sochib yuboriladi. Bunda 
poklik 
bilan 
nopoklikning 
bir-biriga 
yaqinlashmasligiga 
erishiladi. 
Zardushtiylik dini dunyodagi eng qadimiy dinlardan biri hisoblanib, mil. av. 
XII-XI asrlarda Markaziy Osiyo, Ozarbayjon, Eron va Kichik Osiyo xalqlari 
unga e`tiqod qilganlar. Eronda Sosoniylar sulolasi hukmronligi davrida uning 
muqaddas kitobi Avesto ruhoniylar tomonidan og`zaki rivoyatdan yig`ilib, 
birinchi marta kitob shakliga keltirilgan. Ayrim qismlariga, ayniqsa 
«Videvdat» bo`limiga o`zgartirishlar kiritilib, qayta ishlangan. VIII asrda 
O`rta Osiyoga islom dini kirib kelib, keng tarqalguniga qadar zardushtiylik 
mahalliy xalqlarning asosiy dini hisoblangan. Buni, jumladan, arxeologik 
tadqiqotlar isbotlaydi. Hozirgi kunda zardushtiylikka e`tiqod qiluvchi diniy 
jamoalar mavjud. Ular Hinditsonning Mumbay (Bombey, G`ujarot 
shtatlarida; 115 ming kishiga yaqin), Pokitson, Shri Lanka, Buyuk Britaniya, 
Kanada, AQSH, Avsraliya va Eronning (Tehronda 19 ming kishidan ortiq) 
ba`zi chekka viloyatlarida saqlanib qolgan. Eron Islom Respublikasida 


zardushtiylik diniga e`tiqod qilish qonun tomonidan ruxsat etilgan. 
Mumbayda zardushtiylarning madaniy markazi Koma nomidagi insitut 
faoliyat olib boradi. Undan tashqari Mumbayda homiy Dxalla raisligida 
dunyo zardushtiylari madaniyati fondi ishlab turibdi. 1960 yilda 
zardushtiylarning I umumjahon kongressi Tehronda o`tkazildi. Keyingi 
kongresslar Boybeyda o`tkazildi. 

Yüklə 338,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin