Andijon Qishloq xo’jaligi instuti refarat mavzu


 AVESTONING MUQADDAS YOZUVI



Yüklə 338,23 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/8
tarix04.10.2023
ölçüsü338,23 Kb.
#152289
1   2   3   4   5   6   7   8
avesto-tarixiy manba sifatida

2. AVESTONING MUQADDAS YOZUVI. 
Avesto dingina emas, dunyoviy bilimlar, tarixiy voqealar, o`zi 
tarqalgan o`lkalar, elatlarning ijtimoiy-iqtisodiy hayoti, madaniy va ma`naviy 
qarashlari, diniy e`tiqodlari, urf-odatlari haqidagi manbalardandir. Unda 
bayon etilgan asosiy g`oya diniy e`tiqodning ilk sodda bilimlari Zardusht 
nomli payg`ambar nomi bilan bog`langan. U Avestoning eng qadimiy qismi 
«Gat» (xat – noma)ni ijod etgan. Avesto tarkibiga kirgan bilim, ma`lumotlar 
qariyib 2000 yil miloddan avval 3000 yillik ohirlari 2000 yillik boshlaridan to 
milodning boshlarigacha o`tgan davrda yuzaga kelib, avloddan-avlodga 
og`zaki ko`chirib olingan, uning ko`p qismi yo`qolgan, yettidan bir qismi 
saqlangan. Miloddan avvalgi 3 asrda Arshakiylar sulolasi davrida to`plangan.
Dinshunoslikda Avesto uch tarixiy qatlamga ajratilgan: 1. Eng qadimiy 
qismi miloddan avvalgi 3 ming yillikda vujudga kelgan Yashtlardir; ularda 
urug`chilik tuzumidagi e`tiqodlar, ko`p xudolik tasavvurlari tasvirlangan; 2. 
Gatlar deb atalgan qismidir. Bunda Ahuramazda nomli xudo haqida 
uydirmalar yozilgan. Uni zardusht yozgan deb tahmin qilinadi. 3. Qadimiy 
ko`pxudolik va keyingi yakkaxudolik g`oyalari orasidagi kurash sharoitlarida 
eramizdan avvalgi V-asrda har ikkisini kelishtirgan Mazdakiylik dini 
shakllangan. Avesto bu dinning oxirgi va asosiy qismini tashkil etdi. 
Hozirgi dinshunoslikka xos bo`lgan Avestoning 6 asrlarda Eronda 
hukmronlik qilgan Sosoniylar sulolasi shohi Xisrav I hukmronligi davrida 
yozib tugatilgan, keyinchalik pahlaviy tiliga tarjima qilinib asosiy tekstiga 
ko`plab sharhlar berilgan. Bular «Zend» nomi bilan ma`lum. 


Avesto oldin 12 ming mol terisiga yozilib, xajmi g`oyat katta bo`lgani 
uchun undan foydalanish osonlashtirish niyatida «kichik avesto» yaratildi. 
(Beruniy). 
7 asrda Sosoniylar davlati parchalanib, arab bosqinchilari, Eron va 
O`rta Osiyoni bosib olgach, Zardushtiylik ham zarbalarga uchrab, unga 
ishonuvchilar quvg`in va ta`qib ostiga olingach Avestoning aksariyat beshdan 
uch qismi yo`qolgan va unitilgan. Avestoda bu dinning diniy- falsafiy 
tizimining qoida dasturlari bayon etilgan. U qadimiy ajdodlarimizni 
dunyoqarash, huquqiy, axloqiy, tamoyil qoidalarini o`z doirasiga olgan. Unda 
tabiat falsafasi, kosmogoniya, tarix, etika, mediöinaga doir materiallar, 
bilimlar yozilgan. Yana unda shoh, oliy tabaqa, quldor, qul, dindorlar va 
diniy urf-odatlar katta o`rin olgan. Hokim va zolimlar ulug`langan; 
ruhoniylar muqaddas odamlarni hamma hurmat qilishi kerak deb da`vo 
qilingan.
Xulosa shuki, Avesto Zardushtiylikning muqaddas yozuvi hisoblangan, 
2000 yil davomida yaratilgan 5 dan 3 qismi yo`qolib ketgan u yakka 
hudolikni targ`ib etgan, olovga sig`inmaslik, faqat uni asrash va e`zozlashni 
tavsiya etgan. 
Avesto zardushtiylikning asosiy manbasi va muqaddas kitobi 
hisoblanadi. U Apatsak, Ovitso, Ovutso, Avesto, Avatso kabi shakllarda ham 
ishlatib kelingan. Avesto O`rta Osiyo, Eron, Ozarbayjon xalqlarining 
islomgacha davrdagi ijtimoiy-iqtisodiy hayoti, diniy qarashlari, olam 
to`g`risidagi tasavvurlari, urf-odatlari, ma`naviy madaniyatini o`rganishda 
muhim va yagona manbadir. Uning tarkibidagi materiallar qariyb ikki ming 
yil davomida vujudga kelib, avloddan-avlodga og`zaki tarzda uzatilib 
kelingan. Zardushtiylik dini rasmiy tus olguniga qadar Avestoning bo`laklari 
Turon va Eron zamini xalqlari orasida tarqalgan. Ushbu – Axura-Mazdaning 
Zardusht orqali yuborilgan ilohiy xabarlari deb hisoblangan bo`laklar turli 
diniy duolar, madhiyalar sifatida yig`ila boshlangan. Bular Zardushtning 
o`limidan keyin kitob holida jamlangan va «Avesto» – «O`rnatilgan, qat`iy 


qilib belgilangan qonun-qoidalar» deb nom olgan. Bu qadimiy yozma manba 
bizgacha to`liq holda yetib kelmagan. Avesto haqida Abu Rayhon Beruniy 
(v. 1048 y.) shunday yozadi: «Yilnoma kitoblarida bunday deyilgan: podshoh 
Doro ibn Doro xazinasida [Avestoning] 12 ming qoramol terisiga tillo bilan 
bitilgan bir nusxasi bor edi. Iskandar otashxonalarni vayron qilib, ularda 
xizmat etuvchilarni o`ldirgan vaqtda uni kuydirib yubordi. Shuning uchun 
o`sha vaqtda Avestoning beshdan uchi yo`qolib ketdi». Avestoning 
Aleksandr Makedonskiy tomonidan Gretsiyaga olib ketilgani, zarur joylarini 
tarjima ettirib, qolganini kuydirtirib yuborgani, 12 ming qoramol terisidagi 
tillo matn haqida (at-Tabariyda – 12000 pergament) keyingi davrlarda 
yaratilgan zardushtiylik adabiyotida («Bundahishn», «Shahrihoi Eron», 
«Dinkard»; IX asr, «Arda Viraf-namak»; IX asr, «Tansar xatlari», al-
Mas`udiyning «Muruj az-zahab», «Fors-noma» va boshqalarda) ma`lumotlar 
bor. Bu asarlarda yunonlar otashxonalarni vayron qilganlari, ibodatxonalar 
boyliklarini talon-taroj etganlari, din arboblarini o`ldirib, asir olib 
ketganliklari haqida yoziladi. Hozir bizgacha yetib kelgan Avesto, 
Beruniyning yozishicha, aslining beshdan ikki qismi xolos. U «Avesto 30 
«nask» edi, majusiylar (zardushtiylar) qo`lida 12 nask chamasi qoldi» deb 
yozgan. Yozma manbalarga ko`ra, haqiqatan ham Avestoni mo`badlar 
avloddan-avlodga, og`izdan-og`izga olib o`tib, asrlar osha saqlaganlar. 
Buning sababi mo`badlar mag`lub xalqlar (Yaqin va Sharq xalqlari) yozuvini 
harom hisoblab, muqaddasxabarni unda ifodalashga uzoq vaqt jur`at 
etmaganlar. Dastavval (mil. II yoki III asrlarida), Arshakiylar davrida Avesto 
qismlarini to`plash boshlangan. Keyinchalik, Sosoniy Ardasher Popakon 
(227-243) davrida, ayniqsa, Shopur (243-273) davrida atsrologiya, tabobat, 
riyoziyot va falsafaga oid qismlari yozib olinib, hamma qismlari tartibga 
keltirilgan, so`ng bu asosiy matn to`ldirib borilgan. Avestoning ana shu 
to`ldirilgan nusxasining ikki to`liq qo`lyozmasi Hinditsonda saqlanadi – biri 
Mumbayda, zardushtiylarning madaniy markazi bo`lmish Koma nomidagi 
insitutda, ikkinchisi – Kalkuttadagi davlat kutubxonasida. Avestoning eng 


qadimiy qismlarida Zardusht tug`ilgan va o`z faoliyatini boshlagan yurt 
haqida ma`lumot berilgan. Unda aytilishicha, «bu mamlakatning ko`p sonli 
lashkarlarini botir sarkardalar boshqaradilar, baland tog`lari bor, yaylov va 
suvlari bilan go`zal, chorvachilik uchun barcha narsa muhayyo, suvga mo`l, 
chuqur ko`llari, keng qirg`oqli va kema yurar daryolari o`z to`lqinlarini Iskata 
(Skifiya), Pauruta, Mouru (Marv), Xarayva (Areya), Gava (so`g`dlar 
yashaydigan yurt), Xvarazm (Xorazm) mamlakatlari tomon eltuvchi daryolari 
bor». Shubhasiz, «keng qirg`oqli, kema yurar daryolar» bu Amudaryo va 
Sirdaryo bo`lib, Avesto tasvirlagan mazkur shaharlar O`rta Osiyo 
shaharlarining bu ikki daryo qirg`oqlarida joylashganlaridir. Shunga 
asoslanib, biz Zardushtning vatani, zardushtiylikning ilk makoni va 
Avestoning kelib chiqish joyi deb – Xorazm, tarqalish yo`nalishi deb – 
Xorazm-Marg`iyona-Baqtriyani ayta olamiz. Avestoning «Yasna» kitobida 
bayon etilishicha, Zardushtning vatandoshlari unga ishonmay, uning 
ta`limotini qabul qilmaganlar. Zardusht vatanni tark etib, qo`shni davlatga 
ketadi, u yerning malikasi Xutaosa va shoh Kavi Vishtaspaning 
xayrixohligiga erishadi. Ular Zardusht ta`limotini qabul qiladilar. Natijada 
qo`shni davlat bilan urush boshlanib, Vishtaspa g`alaba qozonadi. Shundan 
so`ng bu ta`limot xalqlar o`rtasida keng tarqala boshlagan. Keyingi davr 
rivoyatiga ko`ra, Shoh Kavi Vishtaspa farmoniga bilan Avesto kitobi o`n ikki 
ming mol terisiga yozib olinib, otashkadaga topshirilgan. 

Yüklə 338,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin