8-mavzu: Frezalash stanoklari (M illing machine) Reja


 Konsolsiz, bo'ylama-frezalash va uzluksiz harakatdagi frezalash



Yüklə 354,72 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/6
tarix05.10.2023
ölçüsü354,72 Kb.
#152433
1   2   3   4   5   6
8 Lecturre

8.3. Konsolsiz, bo'ylama-frezalash va uzluksiz harakatdagi frezalash 
stanoklari
Konsolsiz vertikal-frezalash (yoki krest stolli vertikal-frezalash) stanoklari 
yirik zagotovkalarni katta kesimli qirindi olib ishlov berishda foydalaniladi. Konsolsiz 
stanoklar katta quvvatga, shpindelning yuqori chastotalarda aylanishi va stolning katta 
miqdordagi surishlariga ega. Shpindel babkasi staninaning yo'naltiruvchilari bo'yicha 
vertikal yo'nalishda harakatlantiriladi. Ba'zi stanoklarda shpindelning o'qi burchak 
ostida o'rnatilishi mumkin. Stol gorizontal tekislikda ikki o'zaro perependikular 
yo'nalishda harakatlanadi. Stolning kengligi 630, 800 va 1000 mm. 6A59 modelli 
vertikal-frezalash stanogida (12.2-rasm) har xil frezalash ishlaridan tashqari frezalash 
kallagining vertikal surilishi yordamida oddiy parmalash va teshik kengaytirish 
ishlarini ham bajarish mumkin. 
Stanokning asosiy ko'rsatkichlari: 
Stolning ishchi yuzasi 1000*2500 mm 
Stolning bo'ylama surilishi 
Stolning ko'ndalang surilishi
Shpindeldan stolgacha bo'lgan masofa 
Shpindelning aylanish chastotasi 
Surish (pog’onasiz boshqariladi) 
Bosh harakat elektr dvigateli quwati 
5.2-rasm. Krest stolli konsolsiz vertikal rezelash stanogi: 1-shpindel babkasi; 2-
shpindel; 3-stanina; 4-stol; 5-karetka. 
 
 
2000 
mm; 
950 mm; 
100-1000
25-1250 mm/min; 
20-1500 mm/min; 
22 kW. 


 
Bo’ylama-frezalash stanoklari
yirik gabaritli zagotovkalarga ishlov berish uchun 
mo’ljallangan, ular bir va ikki stoykali bo’lib, frezalash kallaklari soni bir stoykali 
stanoklarda 1 yoki 2, ikki stoykali stanoklarda 2, 3, 4 tadan bo’lishi mumkin. 
Bo’ylama-frezalash stanoklarida (5.3-rasm) zagotovka o’rnatilgan ishchi stoli faqat 
bo’ylama surishga ega. Shpindellarning aylanma harakati bosh harakat bo’lib, ular 
ayrim elektr yuritmaga ega; shpindellar gilzalarining o’q bo’ylab surilish imkoniyati 
bor, bu frezalarning ishlanadigan yuzaga nisbatan aniq o’rnatilishini ta'minlaydi. 
Traversa alohida elektr dvigatelga ega. 
5.3-rasm. Ikki stoykali bo'ylama frezalash stanogi: 1-stanina; 2-sloyka (2 ta); 3-
stol; 4-yon shpindel kallagi; 5-traversa; 6-frezaIash kallagi (2 ta); 7-balka. 
Bo'ylama-frezalash stanoklari stolining kengligi B=320-5000 mm, uzunligi 
L=1000-12500 mm gacha yetadi (12.4-rasm). Stanoklarning modellari 6682, A662B, 
A662. 

Yüklə 354,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin