8.4. Shponka frezalash stanoklari. Kopirli-frezalash stanoklari haqida asosiy tushunchalar Shponka frezalash stanoklari shponka pazlarini frezalash uchun xizmat qiladi. Bir
shpindelli vertikal shponka frezalash stanogi (12.7-rasm)da shpindel freza bilan birga
bosh harakat—aylanma harakat oladi. Bundan tashqari paz o'qi bo'ylab to'g`ri chiziqli
surish harakatiga ega bo'ladi va paz bo'yicha yurishning oxirida vertikal surish harakatini
ham oladi. Ishlov beriladigan zagotovka stolga o'rnatiladi.
6Д92 modelli shponka frezalash stanogi yarim avtomatik sikl bo'yicha ishlay.
5.6-rasm. Vertikal shponka frezalash stanogi:
l-plita; 2-stanina; 3- kallak; 4-karetka; 5-stol; 6-konsol.
Har yurishning oxirida karetkaning vertikal surilishi avtomatik tarzda sodir bo'ladi.
Ishlov berish jarayonida paz kengligi (5)ning farqlanishi 0,02-0,03 mm dan ortmaydi.
Yuza tozaligi 6-7 sinflarga yetadi. Kesuvchi asbob—shponka frezasini 15-20
martagacha qayta charxlash mumkin, ish unumdorligi 2-3 marta ortadi.
Kopirli-frezalash stanoklari kulachok, shablon, press-forma, shtamp, turbina
parraklari, murakkab korpus tipidagi detalarning shakl-dor yuzalariga ishlov berish
uchun mo'ljallangan. Ishlov berish kopir (shablon) bo'yicha bajariladi; kopir ko'pincha
ishlanayotgan detalga nisbatan 1:1 masshtabida tayyorlangan bo'ladi.
Kopirli frezalash stanoklari quyidagi prinsip bo'yicha ishlaydi: stanok bajaruvchi
mexanizmi (freza bilan birga)ning harakati kopirlash qurilmasining sezgir elementi
(shup, nakonechnik)ning harakati bilan bog`langan bo'lishi zarur. Sezgir element (shup)
kopirning pro-filiga tegib turadi. Shu tufayli kopirli frezalash stanoklarining tarkibida
kuzatuvchi yuritma bo'lishi kerak. Ishlash prinsipi bo'yicha kuzatuvchi yuritmalarning
gidravlik, mexanik, elektrik va elektrogidravlik turlari bo'ladi.
Kopirlash ishlari ikki turga ajratiladi: kontur bo'yicha kopirlash (tekislikdagi yassi
egri chiziqlar bo'yicha ishlash (5.8-rasm) va hajmiy kopirlash (yuzalarga ishlov berish).