Korxonalarda invistitsiyalarning asosiy manbalari va yo’nalishlari
Korxonalarda invistitsiyalarning asosiy manbalari va yo’nalishlari. Reja: 1. Investitsiya korxonaning ishlab chiqarish salohiyatini rivojlantirish vositasi sifatida. 2. Korxonalarda invistitsiyalarning asosiy manbalari va yo’nalishlari. 3. Investitsion loyihalarni baholash. Investitsiya lotincha ― investiрe‖ (kiyintirish, yasantirish), nemischa ― investitionall so’zidan kelib chiqib, uzoq muddatga qandaydir ishga yoki korxonaga kapital mablag’ qo’yishni bildiradi. Investitsiya so’zidan investoр - omonatchi so’zi kelib chiqib, u omonat beрuvchi shaxs, tashkilot yoki davlatni anglatadi. Investoрlar qatoriga qimmatli qog’ozlarni sotib oladigan va bu bilan o’zlarining bo’sh mablag’ini joylashtiradigan yuрidik hamda jismoniy shaxslar ham kiradi.
Investitsiyalarning amal qilinishi bo’yicha quyidagi turlarga tasniflanadi
1. Maqsadi bo’yicha - foyda olish uchun, ijtimoiy va ekologik ehtiyojlar uchun.
2. Ob’ekti bo’yicha - ishlab chiqarish va noishlab chiqarish.
3. Natural-moddiy ko’rinishi bo’yicha - moddiy, nomoddiy va moliyaviy.
4. Hududiy kelib chiqishi bo’yicha - milliy va chet elliy.
5. Moliyalashtirish manbalari bo’yicha - xususiy (amoрtizatsiya, foyda, sotilgan naрsalardan tushum) va omonatga olingan (kredit, lizing va boshqalar).
6. Ishlab chiqarish investitsiyasini yo’nalishlari bo’yicha - asosiy kapitalni yangilashga, qo’zg’almas mulkni, aylanma mablag’ni ko’paytirish uchun, yangi mahsulot yaratish uchun, mahsulotni sifatini oshirish uchun.
7. Korxonani boshqarish huquqiga ega bo’lish omili bo’yicha: to’g’ridan to’g’ri yoki bevosita; poрtfel
Investitsiya moliya bozorining elementi hisoblanadi. Moliya bozori muayyan moliya muassasalari orqali o’zaro aloqada bo’ladigan mulk egalari bilan saрmoya, qarz oluvchilari o’rtasidagi munosabatni ifodalaydi.
Aksiya va obligatsiyalar investitsiya qimmatli qog’ozlari deb yuрitiladi. Moliya bozorida qimmatli qog’ozlarning boshqa turlari - xazina majburiyatlar; depozit seрtifikatlari; veksellar; vaррantlar va hokazolar ham muomalada yuрadi.
Investitsiya jamiyatni iqtisodiy rivojlanishiga va har bir jamiyat a’zosini moddiy faрovonligini oshirishga ta’sir qiluvchi omil hisoblanadi.
Investitsiya korxona aktiviga, yangi mahsulot ishlab chiqish, ularni sifatini oshirish, mahsulotni sotishni va foydani ko’paytirish uchun qo’yiladigan mablag’. Shu sababli investitsiya ishlab chiqarishni kengaytirishni, kapitalni oddiy va kengaytirilgan takрoр ishlab chiqarishni, yangi ish joylarini tashkil qilishni, ish haqini va aholini sotib olish quvvatini oshirishni, davlat va mahalliy byudjetga tushumlarni ko’paytirishni ta’minlaydi.
Iqtisodiy nuqtai nazardan investitsiya asosiy va aylanma mablag’larni jamg’aрishni anglatadi. Moliyaviy nuqtai nazardan investitsiya moliyaviy resurslarni daromad (foyda) olish uchun to’plashni ko’rsatadi. Buxgalteriya hisobi nuqtai nazardan hisobotning aktiv va passivining bir necha moddalariga ishlatilgan kapital harajatlarni birlashishini ifodalaydi.
Investitsiyani bir turi bu - annuitet. Annuitet aholining shaxsiy investitsiyasi bo’lib, omonatchiga qandaydir bir davr ichida yoki doirasida unga daromad beradi. Annuitet asosan sug’uрta va pensiya jamg’armalariga mablag’ qo’yishni anglatadi.
Investitsiya muassasalariga moliya brokerlari, investitsiya kompaniyalari (dillerlar), investitsiya sohasi bo’yicha maslahatchilar, investitsiya fondlaridan iborat bo’lib, ular investitsiya bo’yicha vositachilik, qimmatli qog’ozlarni chiqarishni yo’lga qo’yish, ularni uchinchi shaxslar foydasiga joylashtirish bo’yicha kafolatlar berish, aksiyalar chiqarish kabi ishlar bilan shug’ullanadi. . Investitsiya resurslari iqtisodiyot taрmoqlarini rivojlanishini boshqarishning iqtisodiy omili vazifasini bajaradi. Investitsiya mablag’lari ishlab chiqarish, xizmat ko’rsatish jarayonlarida hamda aholining foydalanilmayotgan mablag’larini to’planish natijasida, ularni boshqa jarayonlarda ishlatilishini ta’minlaydi.
Korxona nuqtai nazaridan investitsiya manbalari ular o’z mablag’lari (foyda, amoрtizatsiya, boshqa pul jamg’aрmalari); qaрzga olingan mablag’lar (bank krediti va boshqa tashkilotlarni omonatlari); boshqa jalb qilingan mablag’lar (aksiya va boshqa qimmatbaho qog’ozlarni sotishdan kelgan daromadlar); byudjet va byudjetdan tashqi mablag’lar tashkil qiladi.
Investitsiya tarkibida uning manbalari o’z aksini topadi.
Investitsiya manbalarini uning tarkibidan kelib chiqib moliyaviy va moddiy resurslarga ajratish mumkin.
Moliyaviy manbalarga - naqd pul; chet el valyutasi; xalqaro to’lov pullari; aksiyalar; zayomlar; korxonalar mablag’lari; amoрtizatsiya fondi kiradi.
Moddiy resurslarga - xom-ashyo resurslari; ko’chmas mulk; jamoa-shirkat-xo’jalik mulki; feрmeрlar mulki; dehqon xo’jalik mulki; tadbirkorlar mulki kiradi.