mumkin:
- kam qo’llaniladigan investitsion mablag’lar, ya’ni, qo’рiq (bo’sh yotgan) yeрlarni o’zlashtirish, mehnat resurslaridan vaqtincha foydalanish (mutaxassislar va rahbarlardan) va h.k.;
- ma’lum hajmda talab qilinadigan investitsiya mablag’lari;
- rejalashtirilgan investitsiyadan olinadigan daromadga ta’sir etuvchi boshqa investitsion sharoitlar, ya’ni rejalashtirilgan asosiy investitsiya mablag’lariga qo’shimcha investitsiya mablag’larini jalb etish yo’li bilan investitsiyadan keladigan foydani oshirish;
- faoliyatga qo’yilgan shakliga qarab, investitsiya o’z harakatida daromadlarni oshirish yoki kamaytirish, xavf-xatarni kamaytirish, mehnat jamoasini manfaatdorligini oshirish, ish sharoitini yaxshilash, ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni muvofiqlashtirishga yo’naltirilishini ta’minlash zarur;
- qo’shimcha investitsiyalar harajatlarni kamaytirish, samaradorlikni oshirish, mahsulot ishlab chiqishni va sotishni oshirish, qo’shimcha daromad olishni ta’minlashga yo’naltirilish keрak;
- ma’lum ishlab chiqarishga yo’naltirilgan investitsiyalar tarkibi ishlab chiqarishni ixtisoslashuviga qarab taqsimlanishi darkor;
- investitsiyalar resurslarni tejash, yangi mahsulot ishlab chiqish, korxona imdjini oshirish, tabiatni muhofaza qilish va hokazolarni ta’milashi ham zarur.
Investitsion loyiha bu investitsiyani texnik-iqtisodiy asoslash bo’lib, u investitsion faoliyat ishtirokchilarini (mulkdor, tadbirkor, bankiр, davlat va xalqaro tashkilotlar kabilar) iqtisodiy axborotnomasi, ularni o’zaro aloqalarini bog’laydi hamda tushintiradi. Qisqa qilib aytganda investitsiya loyihasi investitsiyadan foydalanish rejasini anglatadi.
Investitsiya loyihasini samaradorligini hisoblash - bu investitsiyadan keladigan samara ko’rsatkichlarini aniqlashni anglatadi.
Investitsiya loyihasini asosi bu kapital qo’yilmalarga bo’lgan ehtiyojni aniqlashdan iborat. Shu sababli investitsiya loyihasi samaradorligi kapital qo’yilmalar samaradorligi orqali aniqlanadi.