8-mavzu: Frezalash stanoklari (M illing machine) Reja


 Konsolli-frezalash stanoklari



Yüklə 354,72 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/6
tarix05.10.2023
ölçüsü354,72 Kb.
#152433
1   2   3   4   5   6
8 Lecturre

8.2. Konsolli-frezalash stanoklari 
Bu stanoklarning konsolli deb atalishga sabab, ularda stanokning stoli stanina 
bo'ylab yuqori va pastga harakatlanuvchi qism—konsolga o'rnatilgan. Konsolli-
frezalash stanoklari gorizontal, vertikal, universal va keng universal turlarga bo'linadi. 
Umumiy foydalaniladigan frezalash stanoklarining asosiy parametri stol ish 
yuzasining o'lchamlaridir. Ular quyida keltirilgan (5.2-jadval): 
5.2-jadval 
Stol nomeri 





B*L, mm 
200*800 
250*1000 
320*1250 
400*1600 
500*2000 
Konsolli-frezalash stanoklari shpindel o'qining joylashishi bo'yicha gorizontal va 
vertikal stanoklarga bo'linadi. Shpindelga freza o'rnatilib, u aylanma harakat oladi. Stol 
karetkaga, karetka esa konsolga o'rnatilgan bo'lib, zagotovka stol bilan birga bo'ylama, 
ko'ndalang va vertikal yo'nalishlarda harakatlanadi. Universal konsolli gorizontal-
frezalash stanoklari oddiy gorizontal-frezalash stanoklaridan buriluvchi stoli bilan 
farqlanadiki, u uch o'zaro perependikular yo'nalishlar bo'yicha harakatlanishidan 
tashqari o'zining vertikal o'qi atrofida ±45° ga burila oladi. Bu stanokda vintsimon 
ariqchalami va g’ildiraklarda qiya joylashgan tishlarni shakllantirishga imkon 
beradi.Keng universal stanoklar (modeli oxirida Sh harfi yoziladi) universal 
stanoklardan qo'shimcha, vertikal va gorizontal o'qlar atrofida buriluvchan shpindelning 
mavjudligi bilan farqlanadi. Shuningdek ikki shpindel (gorizontal va vertikal) va 
gorizontal o'q atrofida buriluvchan stolga ega bo'lgan stonoklar ham uchraydi. Keng 
universal stanoklarda shpindel ishlov o'tayotgan zagotovkaga nisbatan istalgan burchak 
os-tida o'rnatilishi mumkin. 
6T80Sh modelli keng universal frezalash stanogi (12.1-rasm) mayda va o'rta 
zagotovkalarda har xil ishlarni, shu jumladan vintsimon ariqchalami frezalashni yakka 
buyurtmali va o'rta seriyali ishlab chiqarish sharoitida bajarish uchun mo'ljallangan. 
1—fundament plitusi; 
2— stanina; 
3— tezliklar qutisi; 
4— gorizontal shpindel; 
5— xobot; 
6— vertikal shpindel kallagi; 
7~ vertikal shpindel; 
8— kronshteyn; 
9- stol; 


10— kо 'ndalang salazkalar; 
11- konsol; 
12- surish qutisi. 
5.1-rasm. 6T80Sh modelli keng universal frezalash stanogi. 
Gorizontal (asosiy) shpindel quwati 3 kW li elektr dvigateldan harakat olib 12 xil 
chastotali (n
shp
= 50...2240 min
-1
) aylanishga ega. Vertikal shpindel buriluvchan snpindel 
kallagida joylashib quvvati 1,1 kW li elektr dvigateldan harakat olib, u ham 12 xil 
chastotali (n
shp
=56...2500 min
1
) aylanishga ega. Shpindel kallagi bo'ylama yo'nalishda 
±45° ga, ko'ndalang yo'nalishda staninaga qarab 30°, stani-nadan esa 45° ga qo'lda 
buriladi va mahkamlab qo'yiladi. 
Surish yuritmasi konsolga joylashtirilgan; harakat 0,75 kWli elektr dvigateldan 
boshlanib surish qutisi orqali qadami t=6 mm li yurgizish vintlariga uzatiladi. Stol 18 ta 
surish qiymatlariga ega (bo'ylama va ko’ndalangiga s
b
=s
k
=20... 1000 mm/min, vertikal 
yo'nalishda esa 10...500 mm/min), bu harakatlar qo’lda va mexanik usulda bajarilishi 
mumkin. 
Frezalash stanoklarining texnologik imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida 
zagotovkani o’rnatish uchun quyidagi turli moslamalar qo’llanilib, ularga qo’shimcha 
ishchi va yordamchi harakatlar uzatiladi: 
1.Buriluvchan stollar, ularning diametri 320, 400, 500 va 630 mm. Zagotovkani 
pnevmatik yoki gidravlik yuritma yordamida mahkamlash; stolning o'zi mexanik tarzda 
burilish imkoniyatiga ega bo’lishi mumkin. 
2. 
Bo’lish kallaklari zagotovkani belgilangan burchak ostida o’rnatib ishlash, 
davriy tarzda zagotovkani uning o’qi atrofida burish (bo’lish) va vintsimon yuzalarga 
ishlov berishda zagotovkani to’xtovsiz aylantirib turish uchun xizmat qiladi. Bo’lish 
kallaklari yordamida tishli g’ildiraklarning tishlarini, bolt va gayka kallagining 
yoqlarini, 
parma,Zenker, 
razvyortkalarning 
spiral 
ariqchalarini 
frezalash 
mumkin.Bo’lish 
kallaklarining 
asosiy 
o’lchami—o’rnatiladigan 
zagotovkaningmaksimal diametri bo’lib , u 160, 200, 250, 320, 400 va 500 mm ga teng 
bo’ladi. Kallaklar to’g’ridan-to’g’ri bo’lish, universal va optik turlariga bo’linadi. 
Ko’proq universal bo'lish kallaklari (UBK) qo’llanilib, ularda bo'lish uch usulda 
bajariladi: to’g’ridan-to’g’ri bo'lish, oddiy bo'lish va differensial bo'lish. 
Optik bo'lish kallaklari juda aniq bo'lish ishlarida va bajarilgan bo'lishni nazorat 
qilishda foydalaniladi. 
Konsolli-vertikal frezalash stanoklari gorizontal stanok asosida qurilib, ularda 
xobot qismi bo'lmaydi, staninaning yuqori qismi biroz o'zgartirilib, unga shpindel 
kallagi o'rnatilgan bo'ladi. Shpindel vertikal o'qli. Ba'zi stanoklarda shpindel kallagi 
gorizontal o'q atrofida burilishi mumkin. 
Shunday qilib, konsolli-frezalash stanoklari quyidagi variantlarda chiqariladi: 
Gorizontal (modellari 6R80G, 6R81G, 6R82G, 6R83G,... 6T82,..); 
Vertikal (modellari 6P10, 6P11, 6P12, 6P13, 6P12B, 6M1 IK,...); 
Universal (modellari 6P80, 6P81, 6P82, 6P83,..); 
Keng universal (modellari 6R80Sh, 6R81Sh, 6R82Sh, 6R83Sh, 6T80Sh,...). 



Yüklə 354,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin