OZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA ORTA
MAXSUS TALIM VAZIRLIGI
ORTA MAXSUS, KASB-HUNAR TALIMI MARKAZI
Cholpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi
Toshkent 2010
HARAKAÒLI OYINLAR
VA UNI
OQIÒISH MEÒODIKASI
Kasb-hunar kollejlari talabalari uchun
oquv qollanma
P. Xojayev, K.D. Rahimqulov,
B.B. Nigmonov
2
© Cholpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2010
4306021900
77
X
2010
360(04)
2010
ISBN 978-9943-05-360-1
Oliy va orta maxsus kasb-hunar talimi oquv metodik
birlashmalar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Kengash
nashrga tavsiya etgan
BBK 74.202.5
X 98
Òaqrizchilar
:
K. Mahkamjonov
pedagogika fanlari nomzodi, professor
R. Salomov
pedagogika fanlari doktori, professor
Harakatli oyinlar oquv qollanmasi jismoniy tarbiya dasturi talablariga
mos ravishda kasb-hunar kollejlari uchun tayyorlangan.
Ushbu oquv qollanmada harkatli oyinlarni kelib chiqishi tarixi, oyin-
larning tavsifi, harkatli oyinlarni orgatish metodikasi, shuningdek, har xil
sport turlaridan berilgan yosh toifalariga mos ravishda qollash metodikasi
keng yoritildi.
Mazkur oquv qollanma kasb-hunar kollejlari uchun moljallangan bolib,
undan maktabgacha talim, umumtalim maktablari, akademik litsey oquvc-
lari va jismoniy tarbiya oqituvchilari ham foydalanishlari mumkin.
3
KIRISH
Bolalarni jamoatchilik, mehnatsevarlik va jamoat oldida oz
burchini his qilish ruhida tarbiyalash hozirgi kunning eng muhim
masalalaridan biri hisoblanadi. Bola maktabga qadam qoygan
birinchi kunidan boshlaboq, unda mehnatga nisbatan muhabbat
uygotish, uyushqoqlik, ishchanlik va boshlagan ishini oxiriga yetkaza
bilish xususiyatini tarbiyalash kerak. Buning uchun tarbiyaning barcha
vositalaridan, jumladan, bolalarning sevimli oyinlaridan foydalanish
ayni muddaodir.
Oyinlar hayotdagi tosiqlarni yengish hamda har xil xislat
va qobiliyatlarni royobga chiqarish bilan bogliq bolgan jismoniy
mashqlarning turli majmuasini oz ichiga oladi. Bundan tashqari,
odatda, bolalar sevib oynaydigan, ularga baxt va quvonch baxsh
etadigan musobaqa elementlari ham harakatli oyinlarga kiradi.
Malumki, kichik maktab yoshidagi bolalarning oyinlari
taqlid qilish tabiatida boladi. Bola tevarak atrofidagi borliqni
kuzatadi, undagi bazi narsalarni oyinga kiritadi va shu oyin
vositasida ozini qurshab turgan olamni bilib oladi, shunday
ekan, unda turmush hodisalariga nisbatan muayyan munosabat
paydo boladi.
Ushbu oquv qollanma tortta bobdan iborat bolib, birinchisi
harakatli oyinlarning kelib chiqishi tarixi, ikkinchisi harakatli
oyinlar haqida asosiy tushuncha va pedagogik ahamiyati, uchinchisi
harakatli oyinlarni tashkil qilish shakllari, jismoniy tarbiya
darslarida harakatli oyinlarni otkazish metodikasi, tortinchisi
sinfdan va maktabdan tashqari vaqtda harakatli oyinlarni otkazish
metodikasi kiritilgan bolib, oyinlarni orgatish va otkazish
metodikalari har tomonlama yoritilgan.
4
Kitobda bayon etiladigan oyinlar, chunonchi, yurish, yugurish,
sakrash, uloqtirish, tirmashib chiqish kabi mashqlar bola harakat-
larini rivojlantirish va takomillashtirishda katta ahamiyatga ega bo-
ladi. Oquvchilarda harakatlarning takomillashishi bilan birga,
jismoniy qobiliyat ham taraqqiy eta boradi, yurak va nafas olish
sistemasining faoliyati yaxshilanadi.
Ushbu oquv qollanma kelajakda jismoniy tarbiya oqituv-
chilariga, talabalarga, tarbiyachilar va kollejlarning oquvchilari uchun
ham foydali boladi.
5
I bob
HARAKAÒLI OYINLARNING KELIB
CHIQISHI ÒARIXI
Òarixiy malumotlarga qaraganda ibtidoiy ovchilar hayotida
ovchilik oyinlari muhim orin tutgan. Bazi manbalarda ular ovdan
oldin otkazilishi yozilgan bolsa, boshqalarida ovdan songgi oyinlar
haqida fikrlar bayon etilgan. Agar bu malumotlarni chuqurroq tahlil
etadigan bolsak, unda ovchilik oyinlari ovdan oldin ham, undan
song ham otkazilgan, deyish mumkin. Ovdan oldingi oyinlar
avvalda mashq (ovga tayyorgarlikni tekshirish, ovga ruhiy va jismoniy
tayyorgarlik) vazifasini otagan hamda jiddiy oziga xos kichik ibtidoiy
odamlar oljani osongina qolga tushirish, unga yaqinlashishni orga-
nishgan, buning uchun niqob kiyib, hayvon qiyofasiga kirish, uning
yurish-turishlari va tovush chiqarishlarini mashq qilishgan. Aynan
ana shunday oyinlar jarayonida yoshlarni ham ov qilishga orga-
tishgan. Shu boisdan ham u oziga xos maktab vazifasini otab, bir
tomondan, ovchilar mahoratini ostirishga yordam bergan bolsa,
ikkinchi tomondan esa, ularda taqlid sanatini shakllantirgan va
rivojlantirgan.
Ovdan songgi oyinlar ov muvaffaqiyatli tugagandagina uyush-
tirilgan deb tahlil qilish mumkin. Chunki olja bilan qaytish, bu
ziyofat, xursandchilik qilishga, butun jamoaning bayram qilishiga
imkon yaratgan.
Orta Osiyo hududida ibtidoiy odamlar hayotida ham ovchilik
oyinlari bolgan. Paleolit davri Boysun togidagi Òeshiktosh goridan
bundan yuz ming burungi pespertol (orta paleolit) odam suyagining
topilishi, Samarqanddagi Omonqoton qishlogidagi gordan topilgan
tosh qurollar, Surxondaryoning Zarkot kamarida alvon rangdagi
suratlar, Xojakent qishlogidagi toshlarga chizilgan kiyik hamda
hokiz tasviri va boshqa kopgina arxeologik topilmalar va ulardagi
tasviriy sanatga oid elementlar, jumladan, bolalar folklor oyin-
larining eng sodda shoxobchalarga ega ekanligidan dalolat beribgina
qolmay, balki uning tugilishi bosqichlarini aniqlashga ham yordam
6
beradi. Mazkur suratlarda ibtidoiy kishilarning qadimgi ovchiligi,
hayvonot olami va tabiat bilan bogliq marosimlari aks etib, ov
vaqtida jonivorlar terisidan niqob kiyib yurishlari, bir tomondan,
ov jarayonida yovvoyi hayvonlarni hurkitib yubormaslikni kozlasa,
ikkinchi jihatdan, ularning tushuncha va etiqodlarini etnografik
hamda urf-odatlari, qadriyatlarini ham ifoda etadi. Fargonaning
Saymalitosh togi gorlariga chizilgan rasmlar (eramizdan oldingi
III asrlar) hayvon terisini yopinib, oyinga tushayotgan shikor
marosimlaridan dalolat beradi. Hayvonlar todasiga yaqinlashish
uchun ibtidoiy odam hayvon yoki qushlarga aynan taqlid qilish,
buning uchun esa ularning oziga xos xususiyatlarini, yurish-
turishlarini, ot-olanlar bilan oziqlanishlarini, bir-birlari bilan oli-
shishlarini, hurkib qochishlarini, hatto tovushlarini ham organishga
togri kelardi. Nihoyat, yovvoyi hayvonlarni ov qilish shart-sharoiti
odamning chaqqon va abjir, jasur va toliqmas bolishini, buning
uchun doim tinimsiz shugullana borishini talab qilardi. Bularning
hammasini oz navbatida ibtidoiy odamda jismoniy-ritmik yoki
tabiat hodisalariga taqlid qiluvchi pantomima harakat va oyinlar,
qahramonlik raqslarining tugilishiga olib kelar edi. Òog qoyalari
va gorlarda chizilgan suratlardagi oyin tasviri mazmun-mano va
shakl-shamoyil jihatdan turli xarakterga ega. Ayrimlari ov va mehnat
jarayonini, bazilari esa tabiat hodisalariga taqlid shaklida, boshqalari
jangovarlikni, afsungarlikni, imo-ishora va pontomima sanatini
eslatadi. Dastlabki paytlarda shovqinli betartib oyinlar bora-bora
musiqaviy ohang pantomima hamda plastik harakatlar orqali amalga
oshirila boshlangan keyingi davrlarda, bunday etnografik talqindagi
oyinlar turli shakllarga kochib «Ayiq oyini», «Dev oyini», «May-
mun oyini», songra «Pishiq oyin», «Ot oyini», «Yumronqoziq
oyini», «Echki oyini», «Bori oyini», «Kaltak oyini», «Burgut
oyini», «It oyini (irillatar oyini)», «Quyon oyini», «Òulki oyini»,
«Jak-jaku oyini» kabi kopgina oyinlar, pantomimalari avloddan-
avlodga otib kelayotgani malum. Ular bevosita yoxud bilvosita
bolalar folklor oyinlariga aloqadordir. Shu tariqa «oyin» sozi turkiy
xalqlarning oynamoq sozi bilan bogliq holda (uy, aql, hikmat
manolarini beradi). Aql fahmni, harakat va imo-ishoralar vositasida
ifoda etmoqlik esa oyinlarning dunyoga kelishida muhimdir.
Ozbek ananaviy bolalar folklor oyinlarining mavzu qamrovi
va ijro uslublari juda keng. Ijtimoiy hayot, kishilar munosabatlarining
7
biron-bir jabhasi yoqki, ular oyinlar nazariga tushmagan bolsin.
Xalqimizning dehqonchilik, chorvachilik, bogdorchilik, polizchilik
madaniyati deysizmi, kasb-hunar va ilm-bilim sohasi deysizmi,
falsafiy, estetik, axloqiy yoxud talim-tarbiya, axloq-odob bobidagi
qarashlari deysizmi barchasi ananaviy oyinlarga mavzudir. Xu-
susan, ozbek bolalar folklor oyinlari boshdan-oyoq manaviy,
marifiy va axloqiy tushunchalar bilan yogrilgan. Xalqimizning
ming-ming yillarda bosib otgan tarixiy yolida, tajriba-sinovlardan
qayta-qayta otib, yaxlit va mukammal holga kelib, bizgacha yetib
kelgan bolalar folklor oyinlarining mazmun yonalishiga qarab
quyidagicha turlarga bolish mumkin:
1. Mavsumiy bolalar folklor oyinlari: ilk bahor, yoz, qish
mavsumlarida oynaladigan folklor oyinlar.
2. Marosim bolalar folklor oyinlari: rasm-rusumlar, odatlar,
marosimlar, ananaviy bayramlarda oynaladigan oyinlar.
3. Mehnat bilan bogliq bolalar folklor oyinlari: «Yerni tobiga
keltirish, haydash», «Ekin ekish», «Qovun-qovun», «Orik qoqish»,
«Qovun sayli», «Yanchiq», «Xosh-xosh», «Churey-churey», «Sigir
sogdi», «Òuya qaytarish», «Ot sugorish» va boshqalar.
4. Oilaviy-maishiy bolalar folklor oyinlari: «Mehmon-mehmon»,
«Kelin tushirish», «Kelin-kuyov», «Ona bola», «Ovqat pishirish»,
«Uy jihozlash», «qogirchoq oyini», «Non yopish», «Er-xotin»,
«Alla-alla», «Beshik bezash», «Beshikka belash» va boshqalar.
5. Jismoniy harakatli bolalar folklor oyinlari: «Quvlashmachoq»,
«Kes-kes», «Korpa yopildi», «Ziyrak», «Goz-goz», «Koptokni
quvib yet», «Oq suyak», «Òop-tosh», «Sinish», «Chiqildo»,
«Chopish», «Zuv-zuv», «Oq terakmi-kok terak», «Eshak mindi»,
«Lanka», «Ot oyini», «Qiz quvdi» va boshqalar.
6. Mantiqiy bolalar folklor oyinlari: tez aytishlar, topishmoqni
topish oyinlari, aytishuvlar, savol-javoblar, oylab top, xotirani
tiklash oyinlari, chamalashlar va boshqalar.
7. Hayvonlar va tabiat hodisalari bilan bogliq bolalar folklor
oyinlari.
8. Ermak bolalar folklor oyinlari.
9. Musiqa oyinlari.
Xalq oyinlari, jumladan, bolalar folklor oyinlari, eng qadim
zamonlardan boshlab xalq hayoti tarzini, manaviy-marifiy, jismoniy
tayyorgarligini, estetik dunyoqarashini mujassamlashtirgan holda shu
8
kungacha rivojlanib, mazmun-maqsadiga kora teranlashib bizga
yetib kelgandir. Boshqa sanat turlaridan farqli olaroq, oyinlarda
xalq ruhiyati, psixologiyasi, koloriti va yosh avlod tarbiyasiga bolgan
munosabatida yorqin aks etadi.
Òarixiy manbalarga qaraganda, kechki paleolit davrida (taxminan
miloddan 4041 ming yil ilgari) yer yuzining shimolida Òotemga
oid «Ayiq bayramlari» bolgan. Òotem ayiqqa bagishlangan afsona-
lardan bu bayram haqida bazi malumotlarni topish mumkin (ular-
ning birida ayiq odamlarni ofatdan saqlab qoladi, buning evaziga
qabilaning eng gozal qizini ayiqqa turmushga berishadi. Ular orta-
sidagi toy tasviridagi «Ayiq bayrami»ga oid bazi elementlarini aniq-
lash mumkin). Shuni eslab otish kerakki, «Ayiq bayramlarining
variantlari va elementlari Sibir xalqlarining bazilarida XX asrning
boshlarida ham saqlangan va bunday bayramlarda ayiq obrazidagi
kishi bosh qahramon bolib, u ayiq xarakterini qilib, raqsga tushib
yurgan. Orta Osiyoda esa «Ayiq oyini» (pantomimik raqs sifatida)
keyingi vaqtlarda yetib kelgan. Hatto hozirgi kunda ham Ozbekiston
Respublikasi hududida va shuningdek, Òurkiya, Hindiston va Kavkaz
kabi joylarning kochalarida ayiq oynatib yurgan odamni, yani
ayiqchini korish mumkin. Ular odamlar gavjum joylarda kichik to-
mosha korsatib yurishadi. Balki bu qadimgi ayiq oyinidan bizgacha
yetib kelgan elementlarning bir korinishi bolishi ham mumkin.
Mehnat taqsimotining vujudga kelishi munosabati bilan qadimgi
odamlarning chorvachilik va dehqonchilikka otishi (bu jarayon orta
Osiyoda miloddan oldingi III ming yillik oxiri II ming yillik boshlariga
togri keladi) ana shu yangi sohaga oid odat, marosim va oyinlarni
vujudga keltira boshladi.
Malumki, dehqonlarning hayotida eng quvonchli voqea bu
hosilni yigish va yangi noz-nematlarni totib korish jarayoni bolgan.
Yil boyi kutilgan bunday jarayon, dehqonlarda bayram kayfiyatini
vujudga keltirgan. Bunday kotarinki kayfiyatni harakatlarda aks
ettirish maqsadida kishilar oyinlar va marosimlarni tashkil qilishgan,
«Mehnat oyinlari» yaxshi kayfiyat bilan keng manoda aytilganda
bayram ruhiyatini vujudga keltirgan. Bronza davrlaridan boshlab
otroq dehqonchilikning vujudga kelishi va uning tez rivojlanishi
natijasida bahorda mehnat mavsumiga kirishish, kuzda hosilning
yigib olish yakuniga bagishlangan bayramlar va oyinlar shu tariqa
yuzaga kelib, ular yillar otishi bilan ananaga aylana boshlagan.
9
Demak, insonning «birinchi kasbi» ovchilik asosida «Ovchilik
oyinlari» vujudga kelgan bolsa, uning dehqonchilikka otishi va u
bilan shugullanishi natijasida «Mehnat oyinlari» shakllanib, yangi
mehnat oyinlari va bayramlari uchun zamin yaratgan.
Abu Rayhon Beruniyning «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgor-
liklar» asari muhim rol oynaydi. Ayniqsa Navroz bayrami kunlarida
har xil musobaqalar va oyinlar «Kopkari», «Kurash», «Ekin ekish»,
«Xorozlar jangi», poyga bayramning korki sanalgan. Shu bilan
birga bedana, xoroz, qochqor urishtirish oyinlari ham otkazilgan.
Shuning uchun xalq oyinlarining dastlabki namunalari insoniyat
ongi va tafakkuri bilan bogliqdir. Uning paydo bolishida osha
davr shart-sharoitlari, odamlarning ov va turmush tajribalari, dunyo-
qarashi, urf-odat va marosimlari asosiy rol oynagan. Avvalo oddiy
ogzaki bayonning dastlabki namunalari paydo bolgan. Ular nihoyat-
da sodda bolib, turli xildagi undov xitoblar va voqealarning bayoni-
dan iborat bolgan. Ov jarayoni hamda tafakkurning rivojlanishi voqea
va hodisalar talqinida oddiy bayondan obrazli tasvirlashga olib keldi.
Eng qadimgi xalq oyinlari namunalari yozuv yuzaga kelmasdan
ancha ilgari paydo bolgan. Ilk xalq oyinlari asl holda, tolaligicha
bizga yetib kelmagan. U otadan-bolaga, avloddan-avlodga otib, har
bir oyin turli xil ijtimoiy-iqtisodiy bosqichlarni bosib otganligi sa-
babli uning shakli va mazmunida yangi-yangi variantlari yuzaga kelgan.
Xalq oyinlarining eng qadimgi namunalari bazi tarixiy yod-
gorliklar, ilmiy asar va yodnomalar orqaligina bizgacha yetib kelgan.
Eng qadimgi oyinlar jangnomalar, miflar, afsona va rivoyatlar,
qahramonlik eposlari, sanoqlar va raqslardan tashkil topgan.
Jahonga mashhur bolgan olim, tibbiyot ilmining buyuk no-
moyandalaridan biri Abu Ali ibn Sino tibbiyotda jismoniy mashq-
larning roli katta ekanligini ilmiy asoslab, osha vaqtlardayoq xalq
milliy oyinlari va milliy kurash haqida qimmatli fikrlarni yozib qol-
dirgan. Masalan, u quyidagi oyinlarni: «Yoydan oq otish», «Kichik
qurollar bilan chovgon oyinlari», «Bir oyoqda sakrash», «Yuqori-
dagi bir narsaga irgib osilish», «Nayza otish», «Òosh kotarish» va
shunga oxshash oyinlarni yozib qoldirgan. Unga tevarak-atrofidagi
shaxslar sen bilimdon va aqlli, ozing bolalarga har xil fanlardan bilim
berasan-u, yana ular bilan oynaysan, deganlar, Ibn Sino bunday
tanqidiy mulohazaga: «Inson hayotining har bir davri ozining gozal-
ligiga ega. Bolalikning xususiyati esa oyin», deb javob bergan edi.
10
XI asrda yashab, ijod etgan Mahmud Koshgariy «Devonu
lugotit turk», yani turkiy sozlar devonini tuzib chiqdi, unda
xalq oyinlarining 150 ga yaqin turlari tilga olinadi va shundan 20
ga yaqin oyinlarga tarif beriladi. Olim oyin turlari, oyinlarning
bola va kattalarning yosh xususiyatlariga nisbatan taqsimoti, mashgu-
lot, musobaqa turlarini bayon qiladi. Mahmud Koshgariy bayonida
oyinlar nafaqat jismoniy, balki aqliy mashgulotlarga ham bolinadiki,
ular diqqat bilan organilishga loyiq.
Hozirda biz «Sport musobaqalari» deb qollab yurgan ibora,
Mahmud Koshgariy devonida «bahs» atamasi bilan berilgan. Bunday
«bahslar»ning turlari kop bolgan. Masalan, merganlikda bahs qil-
moq, oq-yoy otib, qush va hayvonlarni ovlamoq, shuningdek, arqon
taxtali sopqonlarda tosh otmoq bahsi. Buni «Oltin qovoq» oyini
deb ataganlar. Devonda bunday bahslarning qoida va shartlari, xillari,
goliblarga beriladigan sovrinlar, asbob-anjomlarning nomlari bayon
etilgan. Korish bahsi ham turlicha bolgan, chunonchi, bogdodi,
chalish, yeng silkish, boyin qaytarish, baliq ovi, ovchilik bahslari
shular jumlasidandir.
Harakatli oyin haqida asosiy tushuncha
Oyin tarixiy tashkil topgan ijtimoiy voqea, mustaqil faoliyat
turi, insonga xosdir. Oyin faoliyati juda ham turli-tumandir:
oyinchoqlar bilan oynaladigan bolalar oyinlari, stol oyini, doira
bolib oynaladigan oyin, harakatli oyinlar, sport oyinlari.
Oyin oz-ozini bilish vositasi, oyin-kulgi, dam olish, jismoniy
va umumiy ijtimoiy tarbiya vositasi, sport vositasi bolishi mumkin.
Oyin madaniyati elementi sifatida jamiyatning barcha madaniyati
turlariva kishilarning har xil ehtiyojlari bilan rivojlanadi: oyin-kulgi,
dam olishda, manaviy, aqliy va jismoniy kuchni rivojlanishida katta
orin egallaydi.
Oyin faoliyati nafaqat madaniyatning bir elementi, balki
bolalar va osmirlarni tarbiyalashda ham foydali vosita hisoblanadi.
U har doim maqsadga yonaltirilgan va turli-tuman maqsadli yol-
yoriq hamda asoslangan harakat bilan oziga xos xususiyatni kor-
satib turadi. Oyin faoliyati ayniqsa bolalik davrida koproq meh-
nat bilan umumiylikka ega boladi. Biroq oyin jarayonida hayotiy
ehtiyojlarni qondirish uchun kishi moddiy boylikni yarata olmaydi.
11
Oyin juda ham quvnoq joshqin faoliyatdir, shuning uchun u
yoshlar va bolalar bilan tarbiyaviy ish olib borishda katta boylik
kasb etadi. Oyinning turli-tumanligi katta-kichiklar orasida, ayniqsa
osmirlar va bolalar ortasida eng keng tarqalgani bu harakatli oyin-
lardir. Ular esa ushbu oquv qollanma fanining asosi hisoblanadi.
Harakatli oyinlarning oziga xos xususiyati uning mazmuni
harakatning rolini yorqin ifoda qilish hisoblanadi (yugurish, sakrashlar,
uloqtirish, otish, topni uzatish va ilib olish, qarshilik korsatish va
boshqalar). Bu oyinlar harakatlanish va uning mazmunini (mavzu,
goyasi) asoslab beradi. U oyinda qoyilgan maqsadga erishish yolida,
turli-tuman qiyinchiliklarni, tosiqlarni yengib otishiga yonaltiriladi.
Harakatli oyinlarning orasida haqiqatan ham (elementar) hara-
katli oyinlar va sport oyinlari bilan farq qiladi. Haqiqatan ham
harakatli oyinlar oynovchilarning ozlarini ixtiyoriy ravishda or-
natilgan, maqsadga shartli ravishda erishishga yonaltirilgan, ozida
ongli ravishda tashabbuskorlik faoliyatini mujassamlashtirgan boladi.
Oynovchilarning maqsadga erishishida faol harakatlantiruvchi hara-
kat talab qiladi, uni bajarishi oynovchilarni ozlarining ijod qilishiga
va tashabbuskorligiga bogliqdir (nishonga tezda yugurib borish,
nishonga tez otish, «raqibi»ga tez va epchillik bilan yetib olish yoki
undan ozib ketish va hokazo).
Harakatli oyinlar qoidalar bilan belgilanadi. Sport oyinlaridan
farqli olaroq, harakatli oyinlar qoidalariga shart-sharoitdan kelib
chiqib kelishilgan holda ozgartirish kiritish mumkin. Oyin qoidasi
maqsadga erishish yolida oyindagi qiyinchiliklarni va tosiqlarning
xarakterini aniqlaydi.
Haqiqatan ham harakatli oyinlar oyin qatnashchilaridan maxsus
tayyorgarlikni talab qilmaydi. Shuning uchun oyin qoidasi oyin
qatnashchilari va rahbarlarning (oqituvchilar) ozlari otkazilayotgan
oyinning sharoitiga qarab uni ozgartirib boradilar. Chunki unda
oynovchilarning aniq belgilangan soni, maydonning katta- kichikligi
belgilanmagan boladi, shuningdek, asbob-anjomlar ham ozgartirib
turiladi (bulava yoki kegli, voleybol yoki oddiy top, kichik koptoklar
yoki qum solingan xaltachalar, gimnastika yoki oddiy tayoqchalar
va hokazo).
Sport oyinlari bu harakatli oyinlarning eng yuqori bosqichi-
dir. Bunda oyin qoidasi qatiy belgilangan bolib, ularda maxsus
maydon va jihozlar talab qilinadi. Sport oyinining oziga xosligi
12
oyin jarayonida malum taktikada ozini tutishi va murakkab harakat
texnikasi hisoblanadi. Bu esa oyin qatnachilaridan maxsus tayyor-
garlik va mashqni talab qiladi. Har bir sport oyini belgilangan
oyinchilarning soniga, maydon olchamlari va asbob anjomlariga
ega boladi.
Ayrim sport oyinlarida bazi oyinchilarda mutaxassisligi bolishi
zarurdir (hujumga, himoyaga, darvozabon va b.q). Sport oyinlarining
u yoki bu oyinida qatiy qoidaga mos ravishda maxsus hakamlik
qilishni talab qladi. Ayrim sport oyinlarida oyin qatnashchilarining
tarkibiga qarab bir necha marta (oquvchilar yoki kattalar, erkaklar
yoki osmir qizlar) ozgartirilishi mumkin.
Sport oyinlari sport turi hisoblanadi. Bular boyicha har xil
darajadagi musobaqalar otkaziladi. Natijada sport oyinlari boyicha
otkaziladigan musobaqalarda eng yaxshi oyinchilarga sport razryad-
lari va unvonlar beriladi.
Ayrim harakatli oyinlar (masalan, «lapta», «voleybol» va hokazo)
mashgulotning maqsadi, korsatmasi va uni tashkil qilish usullariga
bogliq holda, ayrim holatlarda haqiqatan ham ozining xarakteriga
qarab harakatli (elementlari) oyin deb yuritiladi, boshqalari esa
sport oyinlari sifatida otkaziladi. Masalan, oyin qatnashchilari
tasodifan yigilib qolganda (dam olish oyinlarida, sayllarda) ular
haqiqatan ham harakatli oyin xarakteriga ega boladi.
Harakatli oyinlardan yoshlar va bolalarning umumiy jismoniy
tayyorgarlik vositasi sifatida foydalaniladi, shuningdek, sport oyinla-
riga va boshqa sport turlariga hamda «Alpomish» va «Barchinoy» test
meyorlarini topshirishga tayyorlash vositasi bolib ham hisoblanadi.
Harakatli oyinlar oziga xos bolishi mumkin (yakka tartibda),
u hammadan koproq tez-tez bolalarning ozlari tomonidan (top
oyini, argamchi bilan chambarakni aylantirish va boshqalar) tashkil
etiladi. Ulardan tarbiyachi-pedagog va yetakchilar tomonidan
bolalarning faol dam olishini tashkil qilish maqsadida foydalanish
mumkin (tanaffusda, kuni uzaytirilgan guruhda va boshqa holatlarda).
Jamoa bolib oynaladigan (guruh) harakatli oyinlar alohida
pedagogik ahamiyatga ega boladi, chunki ularda oynovchi guruhlar,
sinflar, zvenolar, bolimlar va sport seksiyasida shugullanuvchilar
qatnashadilar. Jamoa bolib oynaladigan harakatli oyinlarda har
doim musobaqalashish elementi oziga xos bolib (har bir kishi ozi
uchun yoki har bir kishi oz jamoasi uchun), shuningdek, belgilangan
13
maqsadga erishishida, qiziqishni uygotishda bir-biriga yordam berish
va ozaro yordamdan iborat boladi. Jamoa oyinlarining oziga
xosligi shundan iboratki, oyinda hamma vaqt holatni ozgarib
turishi, oyinchilardan tezlik reaksiyasi talab qilinadigan boladi.
Shuning uchun oyin jarayonida ozaro munosabat har doim ozgarib
turadi: har bir kishi ozi uchun yoki ozining jamoasi uchun «raqib-
lari»ga nisbatan eng qulay holatni yaratishga intiladi.
Harakatli oyinlar boyicha musobaqalar otkaziladi. Ular alohida
oyinlar boyicha otkazilishi mumkin, oyinga qoyilgan vazifa
taxminan bir xil sinflar bir xil yoshdagi oquvchilarning jismoniy
imkoniyatlariga mos kelishi kerak. Biroq harakatli oyinlar majmuasi
boyicha musobaqa otkazishning pedagogik ahamiyati shundaki,
bunga har xil jismoniy sifat va malakalarni tarbiyalashga yordam
beradigan turli-tuman oyinlar kiritiladi. Harakatli oyin majmuasi
boyicha otkaziladigan musobaqada har xil yoshdagi bolalar, osmir-
lar, yoshlar va kattalar qatnashishlari mumkin, biroq oyindagi vazifa
har xil bolishi mumkin.
Harakatli oyin boyicha otkaziladigan musobaqadagi bu juziy
ozgarish sport oyinlari boyicha otkaziladigan musobaqalarga nis-
batan bir oz farq qiladi, chunki sport oyinlari qatiy belgilangan
sharoitda va qoida boyicha otkazilishi talab qilinadi.
Har bir harakatli oyin ozining mazmuni shakli (tuzilishi) va
metodik xususiyatiga egadir. Harakatli oyinlarning mazmuni quyida-
gilardan iborat: mavzu yoki mazmun (ifodali yoki shartli oylab
qoyilgan ish, oyin rejasi) maqsadga erishish uchun oyinga kiradigan
harakat va qoidalar.
Harakatli oyinlarning shakli qoyilgan maqsadga erishish usul-
larini keng tanlash imkoniyatiga ega bolishi, oyin qatnashchilarining
harakatini tashkil qilishdan iborat. Oyin qatnashchilari bir xil oyinlar-
da ozining shaxsiy qiziqishlariga erishish uchun yakka yoki guruh
bolib harakat qiladilar, boshqalarida esa ozlarining jamoalari qizi-
qishlarini himoya qiladilar. Shuningdek, oyin uchun oynovchilar
har xil tuzilishda yoki shaklda (sochilib yoki tarqalib, doirada, safda,
qatorda) turadilar.
Oyin shakli mazmuni bilan bogliq ravishda kelib chiqadi.
Oyinning metodik jihatdan oziga xos xususiyati uning maz-
muni va shakliga bogliqdir. Harakatli oyinlar metodik jihatdan
oziga xos boladi:
14
a) jonliligi;
b) chegaralangan qoida boyicha maqsadga erishishda mustaqil
harakat qilish;
d) qoidaga mos ravishda ijodiy tashabbuskorlik bilan harakat
qilish;
e) oyindagi alohida rollarni bajarish, uning mazmunia muvofiq-
ligi, oyin qatnashchilarini jamoadagi malum darajadagi ozaro
munosabati ornatiladi;
f) tosatdan oyinda ozgarib qolish holati, bu esa oyinchi-
lardan tashabbuskorlikni, tez reaksiyani talab qiladi;
g) oyindagi musobaqa elementlari oyinda joshqinlikni (emotsio-
nallik) oshiradi va kuchni toliq sarf qilishni talab qiladi;
h) oyinda kelib chiqadigan «kelishmovchiliklar»ni hal etishda
qarama-qarshi tomonlarning manfaatlarini bir-biriga zid qoymoq
esa yuqori darajadagi joshqinlik tonusini yaratadi.
Harakatli oyinlar nafaqat vosita, balki bolani jismoniy tarbiya
metodi bolib ham hisoblanadi. Òarbiyada oyin metodining tushun-
chasi oyin metodikasining oziga xos xususiyatini inkor qiladi, yani
bu boshqa tarbiya jihozlaridan uning metodi munosabatda bolishida
farqlanadi (musobaqa elementi, syujetning mavjudligi, maqsadga
erishishning turli-tuman usullari, nisbatan mustaqil harakati).
Oyin metodi ayniqsa murakkablashgan va ozgartirilgan sharoitda
harakatni kompleks takomillashtirish uchun foydalaniladi.
Harakatli oyinlar jismoniy tarbiya va oyin metodi vositasi sifatida
jismoniy sifatlarni takomillashtirishga hamda tarbiyalashga yordam
beradi. Bundan tashqari, harakatli oyinlarda gimnastika, yengil
atletika, changi va boshqa sport turlari mashgulotlarida alohida
malaka, konikma hamda tabiiy harakatlarni mustahkamlaydi va
takomillashtiradi.
Pedagogika amaliyotida harakatli oyinlarning ikkita asosiy turidan
foydalaniladi:
1. Erkin, ijodiy yoki erkin oyinlar, bunda oyin qatnashchilari-
ning ozlari oyin rejasini belgilashadi va belgilangan maqsadni ozlari
amalga oshirishadi. Bu bolalarda godaklik, maktabgacha yoshda va
kichik maktab yoshida ular hammadan kora tez-tez mazmunli
boladi, chunki oyinning mazmuniga qarab rol taqsimlanadi, shu-
ning uchun ularni psixologiyada gola shaklida oralgan, deb ataladi.
Ular alohida yoki bir kishilik va guruh shaklida bolishi mumkin.
15
2. Belgilangan qoidaga asosan tashkil qilingan harakatli oyinlar
unga katta yoshdagi bolalar-yetakchilarning ozlari rahbarlik qilishlari
talab qilinadi.
Oyin mazmuni va murakkabligi boyicha juda ham turli tumandir:
A) Oddiy jamoasiz harakatli oyinlar, bunda har bir oyin qat-
nashchisi, oyin qoidalariga rioya qilgan holda, bitta ozi uchun
kurashadi. Oquvchilardagi barcha oyin faoliyati shaxsiy tako-
millashtirishga, boshqalar ustidan epchillik, aniq nishonga tekkizishda,
kuchda, tezkorlikda va boshqa sifatlar boyicha shaxsan ustunlikka
erishishga yonaltirilgan. Bu oyinlarda eng asosiy ahamiyat shaxsiy
tashabbuskorlikni va harakat imkoniyatini, ozining shaxsiy sifatlari-
dan foydalanishini bilish maqsadga muvofiqdir.
B) Koproq murakkab, jamoali oyinlarga otishga oid harakatli
oyinlar, bunda oynovchilar birinchi navbatda ozlarining qiziqish-
larini himoya qilishga, ayrim paytlarda shaxsiy imkoniyatlarini,
ortoqlariga yordam berish, ularni qutqarib qolish boyicha ularni
oyinda hujumchilardan qutqarib qolishga yordam beradilar («Pet-
nachi, qolingni ber», «Yugurib otish»). Bazi vaqtlarda oyinchilar
maqsadlariga erishish uchun boshqa oyinchilar bilan vaqtincha ham-
korlikda ishlashga kirishishlari mumkin. Ayrim oyinlarda bunday
hamkorlik qilish qoida boyicha nazarda tutilgan («Oq ayiqlar» va
«Òovonbaliq va chortanbaliq»).
D) Jamoali harakatli oyinlar bunda oynovchilar alohida-
alohida jamoada-jamoalarni tashkil etadilar. Ular ozlarining shaxsiy
qiziqishlarining jamoani qiziqishiga boysinish, umumiy maqsadga
erishishga yonaltirganligi, jamoaning birgalikdagi foliyati bilan
tariflanadi. Har bir oyinchining harakatidan jamoaning barcha
muvaffaqiyati har bir oyinchining harakatiga bogliq boladi. Jamoa
oyinlarida tez-tez harakatning ozaro mosligi va oyinga umumiy
rahbarlik qilish uchun oynovchilar orasidan jamoaning sardorlarini
ajratishga imkoniyat paydo boladi, barcha oyinchilarning sardorga
boysinishlari majburiy hisoblanadi.
Jamoali oyinlardan ayrimlari yarim sport xarakteriga ega boladi:
ular koproq oyining texnikasi, harakat texnikasi boyicha murakkab
bolib, malum qoida boyicha otkaziladi. Bazi bir oyinlarda
maxsus rollar talab qilinadi. Ayrim toplamlarda bunday oyinlar
yarim sport oyinlari, deb ataladi («Òop kapitaniga», «Lapta»).
16
Harakatli oyinlarni guruhlarga bolish
(oddiy tasnifi)
Pedagog harakatli oyinlarning keng qollanilishini ish sharoitini
hisobga olish bilan har xil pedagogik vazifalarni hal etish uchun
oyinni maxsus tanlab olishi talab qilinadi.Buning uchun malum
belgilar boyicha oxshash bolgan oyinning ishchi guruhi tashkil
etiladi.
Oyinlar quyidagicha taqsimlanadi:
1. Ularni mazmuniga kora murakkablik darajasi boyicha. Oddiy
oyinlardan to murakkab oyinlargacha (yarim sportga).
2. Bolalarning yoshi boyicha oziga xos xususiyatlarini hisobga
olish (79, 1012,1315 yoshli bolalar uchun oyinlar). Bu belgilar
umumiy talim maktablari uchun jismoniy tarbiya dasturida foydala-
nilgan (14, 59-sinflar uchun).
3. Oyinlarda koproq keladigan harakat turlari boyicha (umum-
rivojlantiruvchi mashq elementlari bilan oynaladigan oyinlar,
yugurish, balandlikka sakrash bilan oynash, turgan joyda yugurib
oynash, harakatlanuvchi va harakatlanmaydigan nishonga uloqtirish
bilan oynash, koptokni oshirish va ilib olish bilan oynash).
4. Oyinda koproq namoyon qilinadigan jismoniy sifatlar (kuch,
chidamlilik, epchillik, tezlik, egiluvchanlikni koproq tarbiyalashga
yordam beradigan oyinlar). Hammasi bolib, bu sifatni tez-tez birga
qoshib bajarilganda namoyon boladi. Oyinni harakat turlari va
jismoniy sifatlari boyicha taqsimlashni asosan jismoniy tarbiya
boyicha mashgulotlarning barcha shakllarida foydalaniladi.
5. Alohida sport turlariga tayyorlaydigan oinlar u yoki bu sport
turlariga zarur bolgan jismoniy sifatlarni tarbiyalashda, ayrim texnika
va taktika elementlarini mustahkamlash va takomillashtirishda foyda-
laniladigan harakatli oyinlar.
6. Oynovchilarni ozaro munosabatiga bogliq bolgan oyinlar:
a) oyinchilar togridan-togri «raqibi» bilan bir-biriga tegmasdan
oynaladigan oyinlar; b) «raqibi» bilan bir-biriga tegish chegaralangan
oyinlar; d) «raqib» bilan togridan-togri kurashadigan oyinchilar,
ayrim pedagoglar oynovchilarni ozaro munosabati boyicha oyin-
larni taqsimlab, uni «oddiy»ga boladilar, bunda har bir maqsad
ketidan yurib boshqalarga nisbatan munosabatsiz boladi va «mu-
rakkab» oynovchilarni guruhlarga, jamoalarga, bolimlarga bolinish
17
2 Xojayev, P.
bilan oynaladigan, bunda har bir oyinchi ozlarining jamoalariga
etibor beradi.
Òurli-tuman ish holatida uni koproq togri tanlashga yordam
beradigan boshqa har xil belgilar vaboyicha guruhlarga ajratila-
digan oyinlar:
a) mashgulotni tashkil qilish shakli boyicha (darsda, tanaffusda,
yigilishlarda, bayramlarda otkaziladigan oyinlar); b) motor zichligi
xususiyati boyicha (katta, ortacha harakatchanlik va kam harakatli
oyinlar); d) ish joylarini va mavsumlarni hisobga olish bilan (yozda,
qishda, bino ichida, ochiq havoda) oynaladigan oyinlar.
Har xil ish sharoitida qoyilgan pedagogik vazifani yechish
maqsadida oyinlar koproq batafsil taqsimlash uchun bir vaqtning
ozida toliq bir qator belgilari hisobga olinadi, uning eng asosiylari:
bolalarning tayyorgarligi va yoshi, osmirlar, oyinga kiruvchi, harakat
turlarini ushbu oyinlar u yoki boshqa axloqiy-irodaviy va jismoniy
sifatlarni koproq namoyon qilish, oyinda oynovchilarni ozaro
munosabat prinsiplaridir.
Professor V.G. Yakovlev oyinlarning alohida guruhlarini bir-
lashtirib, oyin qatnashchilarining ozaro harakati va ozaro muno-
sabati prinsiplaridan kelib chiqib, jamoa bolib oynaladigan hara-
katli oyinlarning pedagogik tasnifini taklif qildi.
Ushbu tasnif pedagogni bolalarda jamoaning qiziqishini tarbiya-
lashga yonaltiradi.
Bunday oyin materiallarini taqsimlanishi metodik ketma-ketlikni
yoki izchillik ornatishni yengilashtiradi va oyinni mazmuni va shakli
boyicha murakkablik darajasini aniqlashga yordam beradi.
1.1. HARAKAÒLI OYINLARNING
PEDAGOGIK AHAMIYAÒI
Bizning mamlakatimizda osib kelayotgan yosh avlodni tarbiyalash
amaliyoti shunga guvohlik beradiki, bolalarda va osmirlarda yuqori
axloqiy hamda jismoniy sifatlarni shakllantirishning eng muhim
vositalardan biri bolib hisoblanadi. Ayniqsa, maktabgacha yoshdagi
va maktab yoshidagi bolalarning jismoniy tarbiyasida juda katta
orin egallaydi, chunki ular salomatlikni saqlash va mustahkamlashda,
jismoniy rivojlanishni normal bolishiga, harakat malakalarini
kompleks takomillashtirishga qulaylik tugdiradi.
18
JAMOA
BOLIB
OYNALADIGAN
HARAKAÒLI
OYINLARNING
PEDAGOGIK
ÒASNIFI
Jamoaga
oid
harakatli
oyinlar
Guruhlarga
bolinmaydigan
(guruhlar)
Jamoali
oyinlarga
otish
Guruhlarga
bolinish
bilan
(jamoalar)
Oyinboshisiz
Oyinboshi
bilan
«Raqib»
bilan
bir-biriga
tegib
oyin
qatnashchilarini
kirishishmasligi
«Raqib»
bilan
bir-biriga
tegib
oyin
qatnashchilarini
kirishishi
Jamoa
harakatida umumiy
tartibga
va
oz
orni
uchun
kurashish
Oyinbo-
shiga qarshi
yakkama-
yakka olishuv
Ozaro
yordam
va
ozaro
qollab
quvatlashib oyinboshiga
qarshi
kurashish
Òaqlid
qilish,
ijodiy
ritmik
harakatlarini bajarish
bilan
bogliq
harakat
Oz
jamoasida yakkama-
yakka olishuv
Ozaro
yordam,
ozaro
qollab-
quvvatlashib, oz
jamoasiga qarshi
kurashish
Oz
jamoasida yakkama-
yakka olishuv
Ozaro
yordam
va
ozaro
qollab-
quvvatlashib yakkama-yakka olishuvni
birga
qoshib
oz
jamoasiga
kurashish
Epchillik
va
tezlik
bilan
chopib,
boshqa
joyga
otib
olishga
bogliq
harakat
Òop
tayoqcha
boshqa
buyumlar
bilan
epchil
va
tezlik
bilan
harakatlanish
Kuch
qarshiligi
va
tosiqdan
sakrab
oshib
otish
bilan
bogliq
harakat
Eshitish,
kuzatuvchanlik,
moljal
olish
vazifasi
bilan
bogliq
harakat
malakalarini
qollashni
talab
qiladigan
harakat
19
1.2. HARAKAÒLI OYINLARNING GIGIYENIK VA
SOGLOMLASHÒIRISH AHAMIYAÒI
Harakatli oyinlarning eng asosiy mazmuni oynovchilarning
harakatlanishi va turli-tuman harakati hisoblanadi. Uni togri bosh-
qarib borilganda ular organizmning boshqa sistemalari va nafas olish,
mushak, yurak-qon tomirlariga samarali tasir korsatadi. Harakatli
oyinlarning funksional faoliyatini oshiradi, tanadagi har xil yirik va
mayda mushaklarga xilma-xil dinamik ishlarni jalb qiladi, bogin-
lardagi harakatchanlikni oshiradi.
Ayniqsa oyinchilarning soglomlashtirish nuqtai nazaridan aha-
miyati shundan iboratki, harakatli oyinlarni ochiq havoda barcha
fasllarda otkazilishi maqsadga muvofiqdir.
Oyinda qollaniladigan jismoniy mashqlar tasiri ostida moddalar
almashuvi har tomonlama faollashadi (uglevod, oqsil, yog va mine-
rallar). Mushak ishi ichki sekretsiya bezlarining vazifalarini kuchay-
tiradi. Shugullanuvchilarning jismoniy tayyorgarligi va yosh xu-
susiyatlarini hisobga olish bilan faqatgina mashgulot togri qoyil-
gandagina ana shunday harakatli oyinlar yordam beradigan gigiyenik
va soglomlashtirish ahamiyatiga ega bolish mumkin.
Shuni hisobga olish kerakki, yani harakatli oyinlarda yuklamani
aniq taqsimlash imkoniyati chegaralangan, chunki har bir oyin
qatnashchisining tayyorgarligini oldindan bilish imkoniyati yoq.
Oyinda doimiy ravishda ozgarib turuvchi holat, yuqori joshqin-
likdagi ozaro harakatning ayrim oyin qatnashchilaridan mashqning
mazmunini dasturga kiritilmasa yuklamaning olchami hamda yona-
lishini aniq tartibga solishga imkon bermaydi.
Shuning uchun jismoniy yuklama optimal bolishi uchun uni
kuzatib borish zarur. Oyin bilan muntazam shugullanishda shiddat
bilan yuklamani qollashi mumkin, chunki bolalar organizmi unga
sekin-asta moslashib borishi kerak.
Shugullanuvchilarning asab sistemasiga oyin samarali tasir
korsatib borishi kerak. Bunga optimal yuklama berish yoli orqali
erishiladi, shuningdek, oyinni shunday tashkil qilinishi, oynov-
chilarda ijobiy ruhiy kechinmalarni keltirib chiqaradi, oyinni yomon
tashkil qilinishi, salbiy ruhiy kechinmalariga olib keladi, asab jarayon-
larining normal ishlashi buziladi, stresslar (qattiq hayajonlanish) paydo
boladi, bu esa salomatlikka zarar yetkazadi.
20
Harakatli oyinlarning qoidasi oyin qatnashchilarining ozaro
harakatini tartibga soladi va ortiqcha hayajonlanishlarini yoqotadi.
Oyin qoidasi boyicha aniq xolisona hakamlik qilish oyinchilarda
ijobiy ruhiy kechinmalarni keltirib chiqaradi.
Harakatli oyinlarni muntazam ravishda qollanilishi asab ja-
rayonlarida dinamik stereotipni ishlab chiqishga yordam beradi, bu
esa harakatni bajarishni yengillashtiradi.
Oyinning ayniqsa yoz va qish fasllarida ochiq havoda ot-
kazilishi (ob-havoni hisobga olish bilan) bolalarning chiniqishlariga
yordam beradi.
Hozirgi vaqtda axborot oqimini kuchayib borishi, oquv mash-
gulotlari vaqtining ortishi, harakatni namoyishi, mushakni zor
berishni talab qilinishi, harakatning faolligining pasayishi sababli
osib kelayotgan yosh avlodda gipodinamiya oshib borishi kuzatiladi.
Harakatli oyinni keng miqiyosda foydalanilishi gipodinamiyani
pasaytirishga yordam beradi, chunki bu harakat faoliyatini yetish-
masligi ornini toldiradi.
Harakatli oyinda oyinchilar uzoq davom etgan aqliy faoliya-
tdan keyin faol dam olishlari mumkin. Uni maktabda tanaffus
vaqtida, dars tugagandan keyin maydonchada sayr qilish vaqtida
(kuni uzaytirilgan guruhda), maktabdan qaytib kelgandan keyin uyda
va darsni tayyorlab bolgandan song shunday maqsadda qollaniladi.
Harakatli oyinlar maktabda kichik sinflarda iloji boricha dars
vaqtida vaqtli jismoniy tarbiya (fizkultpauza) korinishida otkazilishi
kerak, chunki 78 yoshli bolalar 45 daqiqa davomida zoriqadi,
ayniqsa oquv kunining oxirgi darslarida juda ham qiyin boladi.
Dostları ilə paylaş: |