III bob. Auditorlik faoliyati milliy standartlarini rivojlantirish istiqbollari
3.1. Professional hizmat ko’rsatish bilan bog’liq standartlarni
takomillashtirish
Hozirgi unda auditorli firmaiari tomonidan o‘rsatiladigan xizmatlami
asosiy ikki guruhga ajratish mumkin: audit xizmati va professional xizmatlar.
Buxgalteriya hisobi, huquqshimoslik, soliqqa tortish kabi sohalarda yuqori
malakali mutaxassislar aynan auditorlik firmalarida faoliyat yuritishlari sabab,
xalqaro va milliy auditorlik firmalari tomonidan ko'rsatiladigan professional
xizmatlar soni, turi va hajmi yil sayin o'sib bormoqda.
Hozirda respublikamizda professional xizmatlarning tashkiliy huquqiy
asoslarini belgilab beruvchi va tartibga soluvchi bir qator me’yoriy hu atlar
ham qabul qilingan. Xususan, O‘zbe iston Respublikasining «Auditorlik
faoliyati tog'risidagi qonun» ning 17-moddasi va O’zbekiston Respublikasi 90-
son auditorlik faoliyatining milliy standartlarga asosan auditorlik tashkilotlari
quyidagi professional xizmatlarni o‘rsatishlari mum in:
buxgalteriya hisobini yo'lga qo'yish, qayta tiklash va yuritish;
boshqaruv hisobini tashkil etish va yuritish;
moliyaviy hisobni tashkil etish, tiklash va yuritish; buxgalteriya hisobini
avtomatlashtirish;
buxgalteriya hisobini yo'lga qo‘yish, ti lash va yuritish bilan bog'liq
boshqa xizmatlar;
moliyaviy hisobotni tuzish;
milliy moliyaviy hisobotni buxgalteriya hisobi xalqaro standartlariga
o'tkazish;
xo'jalik yurituvchi subyektlarning moliya-xo'jalik faoliyatini tahlil qilish;
moliyaviy holat tahlili;
likvidlik tahlili;
to'lov qobiliyati tahlili;
47
moliya-xo‘ ali faolioyali tahlili bilan bog'liq boshqa xizmatlar;
buxgalteriya hisobi, soliqqa tortish, rejalashtirish, menejment va moliya-
xo‘ ali faoliyatining boshqa masalalari yuzasidan onsalting xizmati:
texnik-iqtisodiy asoslanmalar tayyorlash, investitsion loyihalar va biznes
rejalar ishlab chiqish va baholash;
buxgalteriya hisobi va va soliqqa tortish masalalari bo'yicha maslahatlar;
moliyaviy menejment bo'yicha maslahatlar;
marketing tadqiqotlarini o'tkazish;
unumdorlik va samaradorlikni baholash maqsadida xo'jalik yurituvchi
subyekt faoliyat yuritishining tamoyillari va usullarini tahlil qilish;
moliya-xo'jalik faohyatida boshqa konsalting xizmatlari;
soliqlar va boshqa majburiy to'lovlar bo'yicha hisob-kitoblar va
deklaratsiyalami tuzish:
soliq hisobini tashkil etish va yuritish;
soliq organlarining te shiruv dalolatnomalari bo'yicha e’tirozlar
tayyorlash;
soliq va boshqa majburiy to'lovlar bo'yicha hisob-kitoblar va
deklaratsiyalar tuzish;
soliq hisobi va soliqqa tortish bilan bog'liq boshqa xizmatlar;
boshqa xizmatlar:
auditorlik faohyati bilan bog'liq sohada tadqiqotlar, seminarlar,
anjumanlar, ishlanmalar o'tkazish va ulaming natijalarini tarqatish;
buxgalteriya hisobi, audit, moliya-xo'jalik faohyati tahlili va soliqqa
tortish bo'yicha belgilangan tartibda o'quv-qo'llanmalari tayyorlash.
1. Buxgalteriya hisobini yo‘lga qo'yish. O’zbe iston Respublikasi
«Buxgalteriya hisobi to'g'risidagi qonun»ning 7-moddasida korxonada
buxgalteriya hisobi va hisobotini tashkil etish korxona rahbariyatining
zimmasidagi vazifa ekanligi va korxona rahbari buxgalteriya hisobini yuritishni
48
Shartnoma asosida jalb qilingan buxgalter yoki ixtisoslashtirilgan buxgalteriya
markazlari zimmasiga yuklashi mumkinligi bayon etilgan.
Ushbu qonunda eltirilgan « alb etilgan buxgalter va ixtisoslashtirilgan
buxgalteriya mar azlari» vazifasini esa auditor va auditorli tash iloti o'tashi
mumkin.
Ushbu tur xizmatni ko'rsatishning yagona cheklanishi shundaki,
buxgalteriya hisobini yuritgan auditorlik tashkiloti shu korxona moliyaviy
hisobotlari yuzasidan audit tekshiruvini o'tkazishga va auditorlik xulosasini
berishga haqli emas.
Mijoz korxonada buxgalteriya hisobini yuritish uchun auditorlik tashkiloti
mijoz hisob siyosatini tuzadi, ishchi schyotlar rejasini shakllantiradi,
operatsiyalarni hisobga olishda korxonaga mos keluvchi hisob uslublarini
tanlaydi, korxonada ichki hujjatlarni tuzadi va hujjatlar aylanishini tashkil etadi.
Mijoz shartnoma tuzish arayonida buxgalteriya ma’lumotlarini qayta
ishlash uchun zaruriy texnik vositalar (kompyuter, dasturlar)ga ega bo'lmasa,
auditlorlik linnasi xodimlari mijoz buxgalteriyasiga eng mos keluvchi texnik
vositalami va dasturiy ta ’minotni tanlashga o'ma lashishi, texnik vositalami
o'matishi mumkin.
Agar mijoz barcha zaruriy shart-sharoitlarni yaratib bersa va auditorlik
firmasi xodimi (xodimlari) mi oz orxonaning o‘zida buxgalteriya hisobini
yuritishlarini istasa, auditorlik firmasi xodimlari mijoz korxona ofisida ham
ishlashlari mumkin.
Ushbu vaziyatda mijoz korxona majburiyati auditorlik firmasi
xodimlariga zaruriy boshlang'ich hisob hu atlarining o ‘z vaqtida yetkazilishini
ta ’minlashdan iborat. Qolgan barcha vazifalar, ya’ni hujjatlarning butligini ta
’minlash, dasturiy ta ’minot vositasida boshlang'ich hisob ma’lumotlarini qayta
ishlash, hujjatlaming mijozga o'z vaqtida qaytarilishini ta’minlash, hu atlar
asosida moliyaviy hisobotlarni tuzish, mi ozga tegishli bo'lgan dasturiy ta’minot,
kompyuter vositalarining butligini ta ’minlash abi vazifalar to'lig'icha
auditorlik firmasi zimmasiga yuklanadi.
49
Mijoz korxonada auditor tomonidan buxgalteriya hisobi mijoz
korxonaning barcha tarmoqlarini qamrashi yoki alohida sohalar, misol uchun
asosiy vositalar, TMZlar bo'yicha yuritihshi mumkin.
2. Buxgalteriya hisobini tiklash. Buxgalteriya hisobini yuritishdan farqli
ravishda, buxgalteriya hisobini ti lash faqatgina m a’lum davr uchun amalga
oshiriladi va bir marotabalik xususiyatga ega. Buxgalteriya hisobining o'z
vaqtida va sifatli tiklanishi uchun mijoz korxona rahbariyati barcha zaruriy
dastlabki hujjatlarni va boshqa tur ma’lumotlami o'z vaqtida yetkazishi zarur.
Buxgalteriya hisobini tiklash murakkab vazifa bo'lgani sababli, bu ishni
bajarish uchun auditorlik firmasining eng malakali mutaxassislari jalb etiladi.
Kompyuter ma’lumotlari va xotirasini tiklash uchun esa zaruriy hollarda
kompyuter texnologiyalari sohasidagi tashqi ekspertlar ham jalb etilishi
mumkin.
3. Moliyaviy hisobotni tuzish. Ushbu tur xizmat auditorlik firmasi
tomonidan mijoz korxonada yuritihgan buxgalteriya hisobining natijasi sifatida
yoki mijoz tomonidan auditorga taqdim etilgan boshlang'ich hisob hujjatlarining
auditor tomonidan qayta ishlanishi natijasi sifatida ko'rsatiladi.
4. Joriy hisob tizimini takomillashtirish. Bu xizmat mijoz korxonada
buxgalteriya hisobining tashkihy tizimi bilan yaqindan tanishish va uni yanada
takomillashtirsh borasida amaliy takliflarni keltirishni nazarda tutadi. Auditorlar
bu tu r xizmatni ko'rsatganda mijoz korxona hisob tizimi bilan yaqindan
tanishgach, hisobning qanday yangi turlariga o'tish mumkinligini, buxgalteriya
ma’lumotlarining ele tron qayta ishlanishi uchun qanday tur vositalar
zarurligini, xalqaro buxgalteriya hisobida qo'llaniladigan uslubiyatlami korxona
amahyotida joriy etish borasidagi amaliy takliflar, tavsiyalami keltirishi
mumkin.
5. Xo‘ ali yurituvchi subye tlarning moliya-xo'jaiik faoliyatini tahlil
qilish. Oxirgi yillarda bu tur xizmatga talab ortmoqda. Bunga sabab, moliyaviy
tahlil korxonalaming haqiqiy moliyaviy holatini aniq bilish, mavjud yoki kelgusi
moliyaviy muammolarni bartaraf etishning eng samarador yo'llarini izlish, qaysi
50
tur mahsulotlarni ishlab chiqarish yoki xizmatlami ko'rsatish korxona uchun eng
yuqori daromadni keltirishini aniqlashda eng samarali vositalardan biri
hisoblanadi.
6. Konsalting xizmati. Bu xizmat turi keng qamrovh bo'lib, soliqqa tortish,
soliq qonunchihgini buzganlik uchun jarima to'lovlari to'g'ri hisoblanganligini
aniqlash, korxonaning o'ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda
boshlang'ich hisob tizimini takomillashtirsh, ishlab chiqarish va boshqaruvni
takomillashtirish borasida tavsiyalar berish kabi vazifalarni o'z ichiga oladi.
Hozirgi kunda konsalting xizmatlari korxonalar tomonidan eng talab yuqori
bo'lgan xizmat turiga aylanib bormoqda.
Konsalting xizmatlarining korxonalar faohyati bilan bog'liq muammolami
o 'z vaqtida aniqlash va bartaraf etish, faohyatning mavjud qonunchilikka mos
bo'lishini ta ’minlash, samaradorli ning oshishiga zamin yaratishi bilan
korxonalar uchun ahamiyatli hisoblanadi.
Konsalting xizmatlariga talab moliyaviy hisobotlar tayyorlanib,tegishli
tashkilotlarga taqdim etilgandan keyingi davrda yanada ortadi.Sababi yillik
moliyaviy hisobotlami tekshirish jarayonida auditor tomonidan mijoz moliyaviy
hisobotlarida muhim kamchiliklar aniqlanishi mumkin. Bu kamchiliklarni
bartaraf etish uchun mijozga konsalting xizmati esa yangi operatsion yil boshida
ko'rsatiladi.
7. Mijoz korxona buxgalteriya xizmati xodimlarining malakasini oshirish
xizmati. Auditorlik firmasi mutaxassislari mijoz xodimlari malakasini oshirish
maqsadida turli seminarlar, ma’ruzalar, amaliy mashg'ulotlar o'tkazadilar. Bu
xizmat odatda mi oz xodimlari ma’ruza mavzusi bo'yicha ma’lum dara adagi
malakaga, tajribaga ega bo'lishlarini talab etadi. Chun i bu ma’ruzalarda biror
mavzu bosliidan tushuntirilmay, balki shu mavzudagi so'nggi o'zgarishlar
yoritiladi.
Ma’ruza arayonida auditorli firmasi ma’ruzacliilari buxgalteriya
hisobiga aloqador fuqarolik, soliq va boshqa qonunchilikdagi so'nggi
o'zgarishlariga to'xtalib o'tadilar, buxgalteriya hisobini yuritish va moliyaviy
51
hisobotlarni tayyorlash jarayonida yo'l qo'yilishi mumkin bo'lagan xatoliklarni
eltirib o'tadilar va ma’ruza ishtiro chilarining savollariga javob beradilar.
8. Mijoz buxgalteriya xodimlarini o'qitish. Yuqoridagi xizmat turidan
farqli ravishda, bu tur xizmat mijoz xodimlarining buxgalteriya, soliq sohasida
malaka va tajribaga ega bo'lishlarini talab etmaydi. Bu xizmat turiga mijoz
korxonada buxgalteriya hisobini yo'lga qo'yish xizmatining davomi sifatida
qarash mumkin.
Ma’lum muddat davomida auditorli firmasi mi oz buxgalteriya bo'limi
uchun xodimlami jalb etadi va ulami buxgalteriya hisobining turli sohalari
bo'yicha o'qitadi.
Xodimlami o'qitish quyidagi sohalar bo'yicha ko'rsatilishi mumkin:
- buxgalterlarni tayyorlash va o'qitish (boshlang'ich kurs);
-
ma’lumotlami ele tron qayta ishlash tizimiga buxgalteriya
ma’lumotlarini kiritishni o'rgatish;
- korxona xodimlarini auditor malaka sertifikatini olish uchiui
imtihonlarga tayyorlash.
9. Buxgalteriya hisobini kompyuteriashtirish. Hozirgi kunda bu xizmat
turi auditorlik firmaiari tomindan ko'rsatiladigan xizmat turlari ichida keng
tarqalganlaridan hisoblanadi.
Buxgalteriyani avtomatlashtirish:
- amaliy dasturiy ta’minot bozorida mi oz faohyati xususiyatlariga eng
mos keluvchi buxgalteriya dasturlarini tanlash va mijoz buxgalteriyasida
o'matish;
- buxgalteriya ma’lumotlarini qayta ishlash uchun dasturiy ta’minotni
ishlab chiqish jarayonida qatnashish va amaliy tavsiyalar berishni nazarda tutadi.
Dasturiy ta’minotni tanlash, amaliyotga oriy etish, amchili larni bartaraf
etish kabi vazifalar buxgalteriya xodimlarini dasturlarda ishlashga o'rgatish,
malakasini oshirish kabi vazifalami ham amalga oshirishni talab etadi.
Professional xizmatlar auditorlik tashkiloti va bu xizmatlar buyurtmachisi
o'rtasida tuziladigan professional xizmatlar ko'rsatish Shartnomasi asosida
52
ko'rsatiladi. Shartnomani bajarayotganda auditor xo'jalik yurituvchi subyekt
(buyurtmachi) va zarurat bo'lganda istalgan uchinchi tomonlar bilan kelishilgan
amallami bajaradi va ko'rsatilgan professional xizmatlar natijalari to'g'risida
asoslangan xulosalar bilan hisobot taqdim etadilar.
Auditor ko'rsatilgan professional xizmatlar uchun qonun hujjatlarida
belgilangan tartibda avobgar bo‘ladi. Xo' ali yurituvchi subye t (buyurtmachi)
ko'rsatilgan professional xizmatlar natijalari to'g'risida hisobot ma’lumotlari
bo'yicha o'z xulosalarini chiqarishga haqlidir. Hisobot professional xizmatlar
buyurtmachisiga professional xizmatlar ko'rsatish Shartnomasining shartlariga
muvofiq belgilangan hajm va muddatlarda taqdim etiladi. Ko'rsatilgan
professional xizmat natijalari to'g'risidagi hisobot quyidagilarni o'z ichiga
oladi:
- hisobot nomi;
- xo'jalik yurituvchi subyekt nomi va manzili;
- auditorlik tashkiloti nomi va manzili;
- shartnoma raqami va sanasi;
- kelishilgan amallarni bajarishdan maqsad;
- aniq bajarilgan amallar ro'yxati;
- amallar natijalari bayoni;
- hisobot tuzilgan sana;
- hisobot faqat muayyan elementlarga, moliyaviy hisobotlar moddalariga
taalluqli ekanligini va u xo'jalik yurituvchi subyektning umumiy moliyaviy
hisobotlariga tatbiq etilmashgini ko'rsatish;
- professional xizmatlami ko'rsatgan auditor familiyasi, ismi, otasining
ismi, imzo (har bir betda).
Mijozga ko'rsatilgan xizmatlar natijalari to'g'risida axborot taqdim
etilganda qabul qilish-topshirish dalolatnomasi tuziladi, unu auditorlik tashkiloti
rahbari imzolaydi va muhrlaydi. Professional xizmatlami ko'rsatishda auditor
amaldagi qonun hu atlarining talablariga qat’iy amal qilishi kerak. Sifatsiz
ko'rsatilgan professional xizmatlar uchun auditorlik tashkiloti qonun hujjatlariga
53
muvofiq javobgar bo'ladi. Professional xizmatlar natijalari yuzasidan tuzilgan
hisobot maxfiy hisoblanadi va buyurtmachining roziligisiz bu ma’lumotlarni
oshkor qilish qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortilishga asos bo'ladi.
Dostları ilə paylaş: |