«moliyaviy tahlil» kafedrasi ergasheva Nargiza Raimjon qizi


  O'zaro bog'liq shaxslar o'rtasidagi bitimlar bo'yicha auditorlik  dalillarini olish tamoyillari  56



Yüklə 0,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/25
tarix05.10.2023
ölçüsü0,88 Mb.
#152494
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
auditorlik faoliyatining milliy standartlarini amaliyotga qollash

55 
O'zaro bog'liq shaxslar o'rtasidagi bitimlar bo'yicha auditorlik 
dalillarini olish tamoyillari 
56 
Moliyaviy hisobot tuzilgan sanadan keyingi hodisalar 
60 
Boshqa auditorning ish natijalaridan foydalanish 
70 
Auditorlik hisoboti va moliyaviy hisobot to'g'risidagi auditorlik 
xulosasi 
80 
Maxsus savollarni tekshirish natijalari bo'yicha auditorning 
Hisoboti 
90 
Auditorlik tashkilotining kasbga doir xizmatlari 


13 
1.2. Auditorlik faoliyati milliy standartlarining mohiyati va zarurligi
Sifatli va muvaffaqiyatli audit tekshiruvini o'tkazish uchun tekshiruv 
jarayonida auditorlik faoliyatiga doir yagona umumqabul qilingan 
standartlarni qo'llash zarurati yuzaga keladi. 
Audilorlik faoliyati standartlari — auditorlik faoliyatining o'ziga xos 
xususiyatlari va asoslarini tartibga soluvchi, shuningdek, auditorlar uchun 
tekshiruv o'tkazish borasidagi o'z majburiyatlarini amalga oshirishlariga 
yordam berish maqsadida qabul qilingan umumiy qonun – qoidalar tizimidir. 
Tekshiruv davomida auditorlik standartlariga amal qilish tekshiruvning yuqori 
sifatli o'tishi va ishonchli bo'lishini ta’minlaydi. 
Standartlar asosida auditorlar faoliyati sifat nuqtayi nazaridan baholanadi. 
Standartlar audit tekshiruviga umumiy yondashuvni, tekshiruv ko'lamini, xulosa 
turini, tekshiruv uslubiyatini va bu soha vakillari amal qilishlari lozim bo‘lgan 
qonuniyatlarni belgilab beradi. 
Iqtisodiy muhitning o'zgarishi asosida umumiy standartlarga tuzatishlar, 
qo'shimchalar kiritilishi mumkin. Agar auditor tekshiruv davomida bu 
standartlardan chetlashsa, buning sabablarini asoslab bera olishi kerak. 
Shuni ta’ idlash lozim i, auditorli standartlari auditor faoliyati 
to'g'riligini umumiy belgilab bersa-da, auditor tomonidan qo'llanilgan barcha 
uslibiyatlar, amaliyotlarning to'g'riligini anglatmaydi. 
Standartlaming ahamiyati quyidagilarda o'z ifodasini topadi: 
- audit tekshiruvining yuqori sifatini ta’minlaydi; 
- tekshiruv jarayonida fan yangiliklalining tatbiq etilishiga asos yaratadi; 
- foydalanuvchilarga audit tekshiruvi jarayonini tushunish imkonini 
beradi; 
- davlat organlari tomonidan tekshiruv ustidan nazorat olib boorish 
zanmyatini bartaraf etadi; 
- auditor uchun mijoz bilan o'zaro ishonchga asoslangan munosabat olib 
borishga imkon yaratadi; 


14 
- audit tekshiruvi jarayonida alohida elementlar o'rtasida aloqa o'matish 
imkonini beradi; 
- auditorning o'z bilim va malakasini doimiy ravishda oshirib borishini 
ta’minlaydi; 
- turli auditorlik firmalari ishini sifat nuqtayi nazaridan taqqoslash 
imkonini beradi; 
- audit tekshiruvini soddalashtiradi va boshqalar. 
Ammo audit standartlari butun tekshuv jarayonining barcha jabhalarini 
qamrab olmaydi. Bu standartlarda audit nazariyasi va amaliyoti qisqa va lo'nda 
ko'rinishda umumlashgan. Ular auditorlik faoliyatining uzoq yillar davomidagi 
amaliyoti jarayonida auditorlik faoliyatiga nisbatan talablarga javob berishini 
isbotlash asosida umumqabul qilingan standartlarga aylandi. 
Auditorlik standartlari huquqiy organlar uchun audit tekshiruvini sifat 
jihatidan tekshirish va baholash jarayonida umumiy yo'riqnoma vazifasini 
bajaradi. 
Amaliyotda auditorlik standartlari (1) xalqaro; (2) milliy auditorlik 
standartlariga bo'linadi. Auditorlik faoliyatining xalqaro standartlari to'rt o'zaro 
bog'langan qismlardan tashkil topgan: 
- asosiy postulatlar — auditorlik faoliyati umumiy standartlarining asosini 
belgilab beruvchi asosiy qonuniyatlar, uslubiyatlar, shart sharoitlarni ifodalaydi. 
Bu standartlar auditorlar uchun moliyaviy hisobotlar yuzasidan umumiy 
tasavvur hosil qilish va shunga mos eladigan xulosa tayyorlashda asos bo‘lib 
xizmat qiladi; 
- umumiy standartlar — auditor o‘z oldida turgan vazifalarni samarali 
bajarishi uchun ega bo'lishi talab etiladigan sifat va malakaviy talablarni ifoda 
etadi (tayyorgarlik, malaka, mustaqillik, xolislik, tekshiruv jarayonida 
e’tiborlili ); 
- ishchi standartlar — audit tekshiruvi jarayonida auditor amal qilishi 
lozim bo‘lgan qonun — qoidalarni aks ettiradi (rejalashtirish, nazorat,yetarli 
miqdordagi dalillarni to'plash va ichki nazorat tizimini baholash); 


15 
- auditorlik hisoboti bo'yicha standartlar - audit tekshiruvi yakunida 
tayyorlanishi lozim bo'lgan auditorlik hisoboti sha li, mohiyati, ma’lumotlarni 
aks ettirish tartibi borasidagi talablarni belgilab beradi. 
Mustaqillik yillarida yurtimizda auditorlik faoliyati asoslari qaror 
topishi bilan audit standartlarini ishlab chiqish zarurati ham yuzaga keldi. 
Shu munosabat bilan O’zbe iston Respublikasi buxgalterlar va auditorlar 
milliy assotsiatsiyasi Moliya vazirligi bilan hamkorlikda “Auditorlik 
faoliyatining milliy standartlari”ni ishlab chiqdi. Bu borada 
Respublikamizdagi mavjud iqtisodiy shart — sharoitlar, milliy xususiyatlarni 
inobatga olish va xalqaro tajribadan keng foydalanish standartlarning zamon 
talablariga yanada mos kelishini taminlaydi. 
Turli mamlakatlar iqtisodiyotida bozor munosabatlarining rivojlanishi, 
integratsiya jarayonining kengayishi, bir qator auditorlik firmalarining xalqaro 
miqyosda faoliyat yurituvchi firmalarga aylanishi abi arayonlaming ro‘y 
berishi auditorlik faoliyatini xalqaro miqyosda birxillashtirish zaruriyatini 
yuzaga keltirdi. Bu zarurat asosida 1977-yilda tashkil etilgan Xalqaro 
buxgalterlar 
federatsiyasi 
qoshida 
xalqaro 
audit 
amaliyoti 
qo'mitasi 
(International auditing practices committee) tashkil etildi. 
Bu qo'mita tomonidan tayyorlangan standartlar audit amaliyotini xalqaro 
miqyosda birxillashtirishga qaratilgan. Ammo bu standartlar turli davlatlarda 
turli darajada qo'llaniladi. Shunga ko'ra ularni to'rt asosiy guruhga ajratish 
mumkin:

birinchi guruh davlatlar xalqaro standartlarni to'lig'icha, dastlabki 
ko'rinishda qabul qiladilar;

ikkinchi guruh davlatlar xalqaro standartlarni faqatgina kichik 
o'zgartirishlar kiritish orqaligina qabul qilishlari mumkin;

uchinchi guruh davlatlar xalqaro standartlarga o'zgartirishlar 
kiritishdan tashqari, bu standartlarni qo'llash uchun ma’lum iqtisodiy, siyosiy 
shart — sharoitlarni yaratish yoki mavjud shart — sharoitlarga o'zgartirish 
kiritishlari talab etiladi;


16 

to'rtinchi guruh davlatlarda xalqaro standartlarni qo'llash shu 
mamlakatning milliy mentaliteti, psixologiyasiga bo'gliq. 
Shu sababli, ko'pgina davlatlar milliy standartlarni ishlab chiqish va 
xalqaro standartlarni qo'llash jarayoniga ehtiyotkorlik bilan yondashadilar. 
Misol uchun, Kanada, Buyuk Britaniya, AQSH kabi davlatlarda milliy 
auditorlik standartlarini ishlab chiqish jarayonida xalqaro standartlaming 
faqatgina ba’zi elementlariga murojaat etiladi Avstialiya, Braziliya, 
Niderlandiya kabi davlatlarda esa milliy auditorlik standartlari to'lig'icha xalqaro 
standartlarga asoslangan holda tuziladi.
Respublikamizda auditorlik faoliyatining milliy standartlarini ishlab 
chiqish jarayonida ham xalqaro standartlarga amal qilinadi. Malayziya, 
Singapur, Nigeriya kabi davlatlarda esa milliy standartlar tuzilmagan va ularda 
auditorlik faoliyatining xalqaro standartlari milliy standart sifatida qabul 
qilinadi. 
Respublikamizda auditorlik faoliyatining milliy standartlarini ishlab 
chiqish
va unda uchraydigan muammolarni bartaraf etish va 
ta omillashtirish yo’llarini topish bo’yicha bir qator qaror va farmonlar 
qabul qilinyapti. Davlatimiz rahbarining shu yil 4 aprelda e'lon qilingan 
"Auditorlik tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish hamda ular 
ko'rsatayotgan xizmatlar sifati uchun javobgarlikni oshirish to'g'risida"gi 
qarori 
ushbu 
vazifalarning 
bajarilishida 
muhim 
omil 
bo'lmoqda. 
O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi audit uslubiyoti va auditorlik 
faoliyatini nazorat qilish bo'limi boshlig'i Hasan Qosimov bilan O'zA 
muxbirining suhbati shu haqida bo'ldi. 
– Auditorlik xizmati ko'magida har qanday moliyaviy xato va 
kamchilikni o'z vaqtida aniqlash va bartaraf etish yo'llarini belgilab olish 
mumkin, – deydi H.Qosimov. – Ushbu xizmat turli mulkchilik shaklidagi 
korxonalar moliya-xo'jalik faoliyatining samarali tashkil etilishida alohida 
ahamiyat kasb etishi bilan birga tadbirkorlik subyektlarining iqtisodiy 


17 
rivojida muhim o'rin tutadi. Chunki ularning manfaatini himoyalashning zarur 
vositalaridan biri auditdir.
O'zbekiston Respublikasining "Auditorlik faoliyati to'g'risida"gi qonuni 
bu jarayonning huquqiy asosi bo'lib, unga ko'ra, auditor – malaka sertifikatiga 
ega bo'lgan jismoniy shaxsdir. U auditorlik faoliyatini amalga oshirish 
litsenziyasiga ega tashkilotda faoliyat yuritadi.
Auditor o'z oldiga qo'ygan maqsadga erishish uchun, avvalo, halollik, 
xolislik, kasbiy layoqat, odob, maxfiylik hamda mustaqillik tamoyillariga qat'iy 
rioya qilishi shart.
Auditorlik tashkiloti tekshiruv o'tkazishga oid shartnoma tuzishdan oldin 
buyurtmachining talabiga binoan litsenziya va malaka sertifikatini taqdim etishi 
lozim. Chunki ayrim soxta auditorlar ham uchrab turadi. Ularning sifatsiz yoki 
g'arazli xizmati korxonaning moliyaviy ahvoliga salbiy ta'sir etishi hech gap 
emas. Auditor tekshiruv yakuni bo'yicha o'z hisobotini tayyorlaydi. Unda 
korxona moliya-xo'jalik faoliyatida uchragan kamchiliklarni batafsil ko'rsatib, 
ularni bartaraf etish yuzasidan takliflarini aks ettiradi. Korxonaga zarar 
yetkazilganligini aniqlasa, bu haqda korxona rahbariyatiga ma'lum qilishi lozim. 
Zarur hollarda auditorlik tekshiruvining natijalarini ma'lum qilish uchun qonun 
hujjatlarida belgilangan tartibda qatnashchilarning (aksiyadorlarning) umumiy 
yig'ilishi chaqirilishini talab qilishi shart.
Davlatimiz rahbarining nomi qayd etilgan qarorida auditorlik faoliyatini 
yanada rivojlantirishga oid vazifalar belgilab berilgani bilan ham ahamiyatlidir.
Auditorlik tashkilotlari ko'rsatayotgan xizmatlar sifati uchun javobgarlik 
yanada oshirilgani soha vakillarining zimmasidagi mas'uliyatni tag'in ham 
mustahkamladi. Mamlakatimizdagi mavjud besh yuzga yaqin auditorlik 
tashkiloti hozirgi kunda Prezidentimizning mazkur qarorida belgilangan ana shu 
talablardan kelib chiqib faoliyat yuritmoqda.
Qaror asosida auditorlik tashkilotlari to'g'risida nizom tasdiqlandi. Chunki 
sohani tartibga solishning qonunchilik bazasida bunday aniq maqsadga 
qaratilgan me'yoriy hujjat ilk bor qabul qilindi. Unda auditorlik tashkilotlarining 


18 
asosiy vazifalari bugungi kun talabidan kelib chiqib, aniq aks ettirilgan. Xo'jalik 
yurituvchi subyektlar moliyaviy hisobotlarining tahlili va ishonchliligini 
tasdiqlash, xo'jalik faoliyati samaradorligini real va haqqoniy baholash, 
mulkdorlar, aksiyadorlar, investorlar, kreditorlar va boshqa moliyaviy 
hisobotdan foydalanuvchilar huquqlarini himoya qilish, xo'jalik yurituvchi 
subyektlar faoliyati samaradorligini oshirish bo'yicha amaliy takliflar ishlab 
chiqish shular jumlasidandir.
Bunda auditorlik tashkilotlari, avvalambor, daromadlilik, kapitaldan 
foydalanish darajasi, moliyaviy barqarorlik, to'lov qobiliyati va o'z-o'zini 
moliyalash darajasi, ishdagi faollik mezonlaridan kelib chiqadi. Bu omillar esa, 
shubhasiz, korxonalar iqtisodiyoti ravnaqini ta'minlaydi.
Xizmat sifati samaradorligini oshirish borasida O'zbekiston Moliya 
vazirligi tomonidan doimiy nazorat tadbirlari o'tkazib kelinayotir. Faoliyatida 
qonunga zid harakatlar sodir etgan tashkilotlarga nisbatan belgilangan tartibda 
choralar ko'rilmoqda. Misol uchun yaqinda "Altay-audit" hamda "VAZ-audit" 
tashkilotlari noqonuniy faoliyat yuritgani uchun sud organlari qaroriga asosan 
ularga berilgan litsenziyalarning amal qilishi to'xtatildi. 
Auditorlik tekshiruvini sifatsiz o'tkazganlik yoki lozim darajada 
o'tkazmaganlik ham tegishli tartibda o'z bahosini olayotir. Bunda xo'jalik 
yurituvchi subyektga yoki auditorlik tekshiruvining buyurtmachisiga yetkazilgan 
zarar, shu jumladan boy berilgan foyda aybdorlardan qonun xujjatlarida 
belgilangan tartibda qoplanmoqda. 
Qonuniy faoliyat yuritayotgan, xo'jalik yurituvchi subyektlarga moliyaviy 
ko'mak ko'rsatib, ularning rivojiga hissa qo'shayotgan auditorlik tashkilotlari 
manfaatlari esa doimiy himoyada. Endilikda sohada davlatimiz rahbari 
tomonidan qo'yilayotgan talablarga javob bera oladigan tashkilotlargina xizmat 
ko'rsatadi va mamlakatimizning iqtisodiy salohiyati yanada yuksalishiga hissa 
qo'shadi. 
 


19 

Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin