Firmaning tarmoqda tutgan o`rniga ta`sir qiluvchi boshqa bir muhim omil - bu
firmaning o`z tarmog’i doirasida mo`ljalga oluvchi
raqobat muhiti yoki firma
maqsadining kengligi hisoblanadi. Firma o`zi uchun necha turdagi tovarlarni
chiqarishini, qanday sotish kanallaridan foydalanishini, qanday xaridorlarga xizmat
ko`rsatishini, qaysi joylarida o`z mahsulotini sotishini
va qaysi milliy tarmoqlarda
raqobatlashishini hal qilib olishi kerak.
Xalqaro raqobatning xususiyatlari
. Raqobat va raqobat strategiyasi haqida
yuqorida ta`kidlanganlarning barchasi ichki bozor bilan bir qatorda tashqi bozorga ham
taalluqlidir. Lekin shu bilan birga xalqaro raqobat ba`zi bir o`ziga xos xususiyatlarga
ham ega.
M. Porter mavjud raqobatning o`ziga xosligiga ko`ra
ikki turdagi tarmoqlarni
ajratadi:
1)Quyi milliy tarmoqlar. Ushbu tarmoqlar uchun aloxida mamlakatlarda
raqobatning turlicha kechishi xosdir. Bunday tarmoqlarda yagona strategiyani qo`llash
mumkin emas. Misol uchun, jamg’arma banklari.
2) Global tarmoqlar. Ushbu tarmoqlar duni bo`yicha yagona raqobat maydoniga
ega bo`ladilar. Aynan shunday tarmoqlarda oddiy raqobat usutunligini emas,
balki
global raqobat usutunligini yaratish kerak bo`ladi.
M. Porter global strategiya sharoitida raqobat ustunligiga erishishning va undan
foydalanishning ikki usulini ajratadi:
1) faoliyatni tartibga solish (konfiguratsiya), ya`ni o`ziga xos xususiyatlaridan
foydalanish maqsadida turli mamlakatlarda faoliyatning turli ko`rinishlarini
joylashtirish.
Faoliyat turlarini davlat quyidagi mezonlardan kelib chiqib joylashtiradi:
-omillarning minimal qiymati;
-ITTKIni o`tkazish uchun zarur sharoitlarning mavjudligi;
-maxsus ko`nikmalarning mavjudligi;
-mijozlar bilan munosabatlarning rivojlanganlik darajasi va boshqalar.
2) filiallar faoliyatini muvofiqlashtirish. Bu o`z ichiga
-ma`lumot almashinuvini;
-javobgarlikni taqsimlashni;
-xatti-harakatlarni kelishishni oladi.
Raqobat ustunligining determinantlari
. Har bir
tarmoq doimo yangilanib va
zamonaviylashtirib ko`riladi. Bu jarainni rag’batlantirishda asoslanuvchi mamlakat
muhim o`rin tutadi. Asoslanuvchi mamlakat bu asosiy mahsulot va texnologiya
strategiyasi ishlab chiqariladigan va kerakli tajribaga ega bo`lgan ishchi kuchi mavjud
mamlakatdir. M.Porter mamlakatning atrof-muhitni shakllantiruvchi to`rt xususiyatni
ko`rsatdi, bunda xalqaro muvaffaqiyatga ta`sir
qiladigan mahalliy firmalar
raqobatlashadi.
YA`ni, xulosa qilib, M. Porterga o`z tadqiqotlari natijasida mamlakat tarmoqlari
va firmalarining raqobat ustunligini belgilovchi omillarni ikki guruhga bo`ladi:
1.Asosiy omillar:
-zarur sifatga ega va etarlicha miqdordagi ishlab chiqarish omillarinig mavjud bo`lishi;
-mamlakat ichida mazkur tarmoq mahsulotiga bo`lgan talabning xususiyatlari, uning
sifat va miqdor xarakteristikalari;
-mamlakatda ushbu tarmoqqa yo`ldosh va uni ta`minlab
turuvchi, jahon bozorida
raqobatbardosh bo`lgan tarmoqlarning mavjudligi;
-firmaning strategiyasi, shuningdek ichki bozordagi raqobat xarakteri
2.Qo`shimcha omillar:
-tasodifiy hodisalar;
-tashqi iqtisodiy faoliyat yurituvchi korxonalarni qo`llab-quvvatlash bo`yicha hukumat
faoliyati.
Mahsulot eksport qiluvchi korxonalarni qo`llab-quvvatlash, mamlakat ichida qulay
biznes muhitini yaratish, ishlab chiqarish va bozor infratuzilmasini
rivojlantirish,
bojxona bojlarining pasaytirilishi, subsidiyalar va imtiyozli kreditlar berish, boshqa
xalqaro shartnomalar tuzish orqali milliy korxonalarning chet mamlakatlardagi faoliyati
uchun qulay sharoitlar yaratish kabi tadbirlar ularning raqobat ustunliklarini oshirishga
xizmat qiladi.
Dostları ilə paylaş: