Mazkur nazariya mualliflarining nuqtai nazariga ko`ra ko`pgina
mamlakatlar
(xususan sanoati rivojlangan) asosiy ishlab chiqarish omillari bilan bir biriga yaqin
bo`lgan nisbatda ta`minlanganlar. Ushbu sharoitda ular uchun miqyos ta`siriga ega
tarmoqlarga ixtisoslashgan holda o`zaro savdo aloqalarini yo`lga qo`yish
manfaatli
hisoblanadi.
Bunday ixtisoslashish ishlab chiqarish xajmining oshishiga, mahsulotni eng kam
xarajatlar bilan ishlab chiqarishga va natijada uning narxi past bo`lishiga imkon beradi.
Ommaviy ishlab chiqarish ta`siri amalga oshishi uchun etarli darajada keng bozor talab
etiladi.
Xalqaro savdo esa bunda xal qiluvchi rolni o`ynaydi. CHunki u mahsulot sotiluvchi
bozorlarni kengayishiga imkon yaratadi. Boshqa so`zlar bilan aytganda, xalqaro savdo
yagona integratsiyalashgan bozorni vujudga keltiradi va bu esa o`z navbatida aloxida
olingan mamlkat bozoridan ko`ra iste`molchilarga ko`proq miqdordagi mahsulotni
arzonroq narxda taklif qilish imkoniyatini tug’diradi. Biroq
shular bilan bir qatorda
miqyos ta`sirining amalga oshirilishi sof raqobat muhitining buzulishiga olib kelishi
mumkin.
3. M. Porter nazariyasi. “Texnologik uzilish” nazariyasi
1991 yilda amerikalik iqtisodchi Maykl Porter o`zining “Mamlakatlarning raqobat
ustunliklari” deb nomlangan tadqiqotini nashr qildi. Ushbu
tadqiqotda xalqaro savdo
muammolariga umuman yangicha yondashuv ishlab chiqilgan. Bu yondashuvning
shartlaridan biri: “Xalqaro
bozorda mamlakatlar emas, firmalar raqobatlashadi. Bu
jarayonda mamlakatning o`rnini aniqlab olish uchun firma raqobat ustunligini qanday
yaratishi va uni qanday ishlab turishini tushunish talab etiladi” degan tezisdir. Tashqi
bozordagi muvaffaqiyat to`g’ri tanlangan raqobat strategiyasiga bog’liq bo`ladi.
Dostları ilə paylaş: