tomonlarning o’zaro kelishuviga ko’ra belgilanadi.
Umumiy sug’urta qilish tarmog’i klasslari bo’yicha tarif stavkasini
aniqlashda netto-stavka hisob-kitobi muhim hisoblanadi. Aynan uning hisobidan
sug’urtalanuvchilar ko’rgan zararning qoplama to’lovlari
amalga oshirilishi
nazarda tutiladi.
Sug’urta tashkiloti mukofot undirilishi hisobiga sug’urta hodisasi yuz berishi
oqibatida sug’urtalanuvchi ko’rgan zararni qoplash uchun etarli miqdordagi
summani jamlab olishi muhimdir. Masalan, har yili sug’urtaga qabul qilingan 1000
xonadondan 6 tasi butunlay yonib ketishi hodisasi ro’y beradi deb faraz qilsak, har
bir xonadonning bahosi 1 mln. so’m bo’lsa, bu holatda sug’urtachi (1 mln. x 6) 6
mln. so’m miqdoridagi pul fondiga ega bo’lishi talab etiladi. Bu sug’urta
qoplamasi summasini sug’urtalangan ob’ektlar soniga bo’lish orqali har bir
sug’urtalanuvchiga to’g’ri keladigan (6 mln. so’m : 1000 = 6 ming so’m) sug’urta
mukofoti aniqlanadi. Aynan shu summa aniq bir sug’urta ob’ekti uchun hisoblab
chiqilgan netto-stavkadir.
O’zbekistonda faoliyat ko’rsatayotgan sug’urta
tashkilotlari tomonidan
netto-stavkani hisoblash amaliyotda birmuncha murakkabroqdir
1
. Negaki,
sug’urtalangan ob’ektning (bir qismi yoki batamom) zarar ko’rganligi darajasi,
sug’urta hodisalari (yong’in, suv toshqini va boshqa) sonining yillar bo’yicha
tafovuti, shuningdek, boshqa qator dalillarni ehtimollikka
asoslanib, bashorat qilish
va hisobga olish kerak bo’ladi. Mol-mulk (bino, uy xayvonlari, qishloq xo’jaligi
ekinlari)ning turli sug’urta hodisalari (yong’in, kasalliklar, sovuq va shu kabilar)
yuz
berishi oqibatida, zarar ko’rishi yoki halokatga uchrashi ehtimoli turlichadir.
Shundan kelib chiqib, ob’ektlarning shartnomada qayd etilishi nazarda
tutilayotgan sug’urta hodisalaridan sug’urtalash bo’yicha
tarif stavkalari ham
turlicha belgilanishi mumkin.
Netto-stavka ikki qismdan - sug’urta summasining zararlilik ko’rsatkichi va
risk «yuki»dan shakllantiriladi. Sug’urta summasining zararlilik ko’rsatkichi - eng
katta ehtimollikka ko’ra, sug’urtalangan ob’ektlar summasining to’langan sug’urta
qoplamasi summasi nisbatidan kelib chiqadi. Masalan, bir avtomobilning narxi 10
mln. so’m, uni ta’mirlash 3 mln. so’m, yo’l halokati hodisasi doimiyligi
koeffitsienti (DAN ma’lumotiga ko’ra) 0,2 bo’lsa, sug’urta summasining zararlilik
ko’rsatkichi (SS3K = 3 mln. so’m : 10 mln. x 0,2 x 100 = 6 so’m yoki 6 %) 6
foizni tashkil etadi.
Risk qoplamasi to’lovining kattaligi sug’urta hodisasi yuz berishi ehtimolligi
darajasiga bog’liq bo’ladi. Risk bo’yicha sug’urta mukofoti uning yuz berish
ehtimolligining vaqt va kenglikdagi holatidan keltirib chiqariladi. Hayot sug’urtasi
tarmog’ida risk ehtimoli mijozlar jinsi va yoshiga ko’p jihatdan aloqador bo’lsa,
umumiy sug’urta tarmog’ida esa, nisbatan doimiy risk mavjuddir. Ammo ma’lum
vaqt oralig’ida risk kattaligi o’zgarishi ham kuzatiladi.
1
Худди Европа мамлакатларидаги каби суғуртачилар иштирокидаги суғурта компаниялари ассоциациялари ва махсус
(масалан, «Assamlee
Pleniere des Socieetes d
,
Assurances Dommages» каби) техник ташкилотлар томонидан суғурта
«маҳсулот»ларини кўрилиши эҳтимол бўлган зарарлар бўйича ишончли даражада тарификациялаш сингари фаолият
Ўзбекистонда йўлга қўйилганича йўқ.
5-mavzu: Sug’urta bozori va uni davlat tomonidan tartibga solish
REJA:
1. Sug’urta bozori tushunchasi va uning ishtirokchilari.
2. Sug’urta bozorining turlari va ularga umumiy tavsifnoma.
3. Sug’urta bozori infratuzilmasining sug’urta bozori rivojlanishidagi ahamiyati.
4. Sug’urta faoliyatini davlat tomonidan tartibga solishning ob’ektiv zarurligi va
shakllari.
5. Davlat sug’urta nazorati: uning funktsiya va vazifalari.
6. Sug’urta faoliyatini litsenziyalash tartibi.
Dostları ilə paylaş: